Bibliografik qo‘llanmalar — minglab bibliografik yozuvlarning ma’lum bir tartibda bir joyga to‘plangan shakli, fikrlarning umu- miyligi, kitobxonlik maqsadi aks etayotgan hujjatlarning mazmuniga ko‘ra turli xil usulda amalga oshiriladi. Hozirgi paytda an’anaviy
bibliografik qo‘llanmalardan tashqari elektron ko‘rinishdagi biblio- grafik qo‘llanmalar ham yaratilmoqda.
Òafsivboshi — bibliografik yozuv elementi bo‘lib, biblio- grafik tavsif boshida joylashadi va bibliografik qidirishning asosini tashkil etadi. Qo‘llaniladigan tavsif boshi hujjat yoki uning qismi haqidagi ma’lumot xarakteriga ko‘ra har xil bo‘ladi:
Shaxs nomini ko‘rsatuvchi;
Òashkilot nomini ko‘rsatuvchi;
Qisqartirilgan sarlavhani ko‘rsatuvchi;
Hujjat turini anglatuvchi;
Geografik nomini anglatuvchi.
Yakka muallif haqidagi tavsif boshi alohida muallif yoki hammuallif nomini aks ettiradi. Mualliflar jamoasi haqidagi tavsif boshida doimiy yoki vaqtinchalik xarakterga ega bo‘lgan nashr uchun mas’ul tashkilot nomi beriladi. Òavsif boshida mamlakat nomi, alohida qayd etish lozim bo‘lgan hujjat turi, (masalan, rasmiy nashrlar — hukumat qarorlari, buyruqlari, farmonlari) ko‘rsatiladi.