87
QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR
TO’G’RIMI YOKI NOTO’G’RIMI?
Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli!
1.
Tashkilot tarkibiga kiruvchi “agentlar” sonining o’sishi, agentlar harakati ustidan
nazorat qilish uchun talab etiladigan “printsipal” xarajatlarining oshishini belgilab
beradi.
2.
Printsipal-agent muammosi – “agent”ning “printsipal” topshirig’i va
ko’rsatmasini bajarishda uning nayrang qilish xavfi hisoblanadi.
3.
Nazorat xarajatlarining ortishi “agentlar” sonining o’sishiga to’g’ri proportsional
emas.
4.
“Printsipal-agent” muammosini hal etishning birinchi varianti agentlar o’rtasidagi
raqobatni kuchaytirishni talab qiladi.
5.
Muammoni hal etishning ikkinchi varianti “agent” tomonidan qat’iy
belgilanmagan, balki firma faoliyatining natijalariga bog’liq bo’lgan
mukofotni
to’lashni nazarda tutuvchi yollash haqidagi shartnomaning tuzilishidan iborat.
6.
Unitar tuzilma - hukmronlik munosabatlarining eng yuqori darajada
markazlashuvini nazarda tutadi. Barcha asosiy qarorlar «agentlar» tomonidan qabul
qilinadi, uning o’zi nazoratni ham amalga oshiradi.
7.
Xolding tuzilmasi- qarorlar qabul qilish va “Printsipal” harakatlari ustidan nazorat
qilish jarayonini imkon qadar markazlashgan tizimdan chiqarishni o’zida namoyon
etadi.
8.
Agar “agentlar” faoliyatini nazorat qilish huquqi boshqalarga o’tkazilsa, u holda
funktsional belgi bo’yicha – funktsional bo’linmalar boshliqlariga: sotish bo’limi
boshlig’i, bosh muhandis, bosh buxgalter va h.k.ga beriladi.
9.
Tashkilot a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga soluvchi va ularning
jamoaviy bilimlari va tajribasining ifodasi hisoblangan me’yorlar,
qoidalar va
an’analar yig’indisiga
tashkiliy madaniyat deyiladi.
88
10.
Menejerlar bilan xodimlarning o’zaro munosabatlarida “printsipal-agent”
muammosining hal etilishi fordizm – Buyuk qatag’onlik davrida Genri Ford
tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni tashkil qilish tizimi tamoyillariga asoslanadi.
11.
Mulkchilik huquqlari nazariyasi tashkilot faoliyatining o’ziga
xosligiga qarab
mulkdorlar o’rtasida huquqlar taqsimotining eng optimal variantini tanlashga
yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: