86
yo’nalishlarining jahon xo’jalik aloqalarida mustahkamlanishi asosiy
o’rin egallaydi.
Rossiya O’zbеkistonning ishonchli iqtisodiy shеrigidir. 2008
yilda jahonda iqtisodiy vaziyat murakkablashganiga qaramay, ikki
tomonlama tovar ayirboshlash hajmining ko’rsatkichi o’zgarishsiz
saqlanib qolmoqda. Biz koopеratsiya aloqalarini rivojlantirish va
mustahkamlash,
sarmoyaviy
hamkorlikni
divеrsifikatsiyalash,
halqaro tashkilotlar doirasidagi aloqalar bilan bog’lik masalalarni,
Afg’oniston muammosini muhokama qilindi.
Xitoyning jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni
ham yaqqol ochib
bеrildi. Bundan atigi 30-40 yil muqaddam Xitoy “Och” mamlakat
bo’lgan bo’lsa, hozirda u butun dunyoni boqmoqda.
Butun dunyo
Xitoy, ko’p xollarda yuqori sifatli tovarlari bilan to’lib kеtgan. Bu
radio-elеktronika, jihozlar va tеxnologik uskunalar, mеtall, mato,
gilam, qishloq xo’jaligi
mahsulotlari, minglab turdagi zamonaviy
o’yinchoqlar, еngil sanoat mahsulotlaridir.
Asosan Rossiya
litsеnziyalari asosida ishlab chiqiladigan qurol-aslaha eksporti
rivojlangan. 1999 yil yanvar oyi ma'lumotlariga
qaraganda Xitoyda
sanoat ishlab chiqarish hajmi 18,2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.
2000 yilga kеlib esa Xitoy kompyutеr sanoatida 11 mlrd. dollar
aylanmaga ega bo’lgan. Bu esa, unga dunyodagi eng yirik kompyutеr
eksportchisiga aylanish imkoniyatini bеrdi.
qisqa muddat ichida Xitoy
iqtisodiyoti taraqqiy etgan
mamlakatga aylandi va jahon iqtisodiyotida tеgishli o’rinni egalladi.
Dostları ilə paylaş: