Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti matematika fakulteti


II-Bob. Topologik fazodagi amallar. Fazolarning topologik ko‘paytmalari



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə5/9
tarix05.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#174274
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Fazolarning topologik ko\'paytmalari

II-Bob. Topologik fazodagi amallar. Fazolarning topologik ko‘paytmalari

2.1-§. Uzluksiz akslantirishlar


Uzluksiz akslantirishlar topologiyaning eng asosiy va ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalaridan biri hisoblanadi. X va Y lar har xil topologik fazolar deylik.
2.1.1-ta’rif. Agar akslantirishda, obrazning ixtiyoriy V atrofi uchun nuqtaning shunday U atrofi topilsa va u ni qanoatlantirsa, u holda akslantirish X topologik fazoning nuqtasida uzluksiz deyiladi.
Bu ta’rifdan ko‘rinadiki, nuqta atrofining proobrazi nuqta uchun atrof bo‘la oladi.
Agar akslantirish X fazoning har bir nuqtasida uzluksiz bo‘lsa, akslantirish X fazoda uzluksiz deyiladi.
Uzluksiz akslantirishga trivial misol sifatida ayniy akslantirishni olish mumkin. Bu akslantirish X ning har bir x nuqtasiga yana shu nuqtasini mos qo‘yadi. Bundan ko‘rinadiki, u har bir nuqtada uzluksizdir.
2.1.2-misol. Agar ni olsak, ya’ni har bir ga ni mos qo‘ysak, bu akslantirish uzluksizdir.
2.1.3-misol. Agar akslantirishni olsak, bu akslantirish uzluksiz va biektiv akslantirishdir. Bunga teskari akslantirish ham uzluksizdir.
Uzluksiz akslantirishlar quyidagi asosiy xossaga ega bo‘lib, bu xossa ularni to‘la tavsiflaydi.
2.1.4-teorema. akslantirish uzluksiz bo‘lishi uchun Y dagi ixtiyoriy ochiq to'plamning proobrazi (asli) X fazoda ochiq to‘plam bo‘lishi zarur va yetarlidir.
Bizga ma’lumki, ochiq to‘plamlarning to‘ldiruvchisi yopiq bo‘lganligidan va uzluksiz akslantirishlar ta’rifidan quyidagini tasdiqlash mumkin.
2.1.5-teorema. akslantirish uzluksiz bo‘lishi uchun Y fazodagi ixtiyoriy yopiq to'plamning proobrazi X fazoda yopiq bo‘lishi zarur va yetarlidir.
Uzluksiz akslantirishga misol sifatida quyidagini aytishimiz mumkin: ixtiyoriy akslantirishda X fazo diskret fazo bo‘lsa, yoki Y antidiskret fazo bo‘lsa, bu akslantirish doimo uzluksiz boiadi.
Bulardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, ning uzluksiz bo‘lishi bu fazolardagi topologiyalarga bog‘liq ekan. Masalan, bir X to‘plamda ikki xil topologiyani olsak, u holda ayniy akslantirish doimo uzluksiz bo‘lavermaydi. Uzluksiz akslantirishlaming oddiy, biroq muhim xossalaridan biri shuki, bir necha uzluksiz akslantirishlaming kompozitsiyasi yana uzluksiz akslantirishdan iborat bo‘ladi.
2.1.6-teorema. Agar va uzluksiz akslantirishlar bo‘lsa, u holda ularning kompozitsiyasi uzluksiz bo‘ladi.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin