Bashirov sanjarning shaharlar geografiyasi fanidan mustaqil ishi


O‘zbekistonning tarixiy shaharlari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə9/18
tarix24.09.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#147917
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
1-Mustaqil ta’lim 1.1- javob

10.O‘zbekistonning tarixiy shaharlari.

O‘zbekistonning tarixiy shaharlari juda ko’p. Ularga Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Toshkent, Qo’qon va boshqalar kiradi. Hozzir ularni ayrimlarini ko’rib chiqamiz.


Samarqand — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qadimiy shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938-yildan). 1925-1930-yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon vodiysining markaziy qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Tarixiy yozma manbalarda Samarqand yoshi qadimiyligi haqida maʼlumotlar bor. Muhammad an-Nasafiy „al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand“, Haydar as-Samarqandiy (XII asr) „Qandiyai Xurd“, Abu Tohirxoja Samarqandiy „Samariya“, Xitoy tarixchisi Chjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar Arrian, Kursiy Ruf va boshqa koʻplab mualliflarning asarlarida bu haqda yozib oʻtilgan. Samarqand va Rim insoniyat taqdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib „Boqiy shaharlar“ nomini olganlar. Xalq iborasi „Samarqand sayqali roʻyi zamin ast“ — Samarqand yer yuzining sayqali (jilosi) deb behuda aytilmagan. Amir Temur Samarqandni mehr bilan qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi.
Samarqand - Madaniyatlar chorrahasi Samarqandni chinakam noyob shahar, deb atash mumkin! Dunyoning eng buyuk shoir va faylasuflari uni - qalb bog‘i, sharq durdonasi, dunyoning ko‘zgusi va hatto yer yuzi deb atashganlarida ham, ular bu go‘zal shaharning barcha go‘zalligi va boyliklarini tasvirlab berolmagan bo‘lardilar. Samarqandning madaniy merosi juda katta. Аsrlar davomida bu shahar Buyuk Ipak yo'lining asosiy markazi bo'lib kelgan. XXI asr boshlarida shahar YuNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga "Samarqand - madaniyatlar chorrahasi" nomi bilan kiritildi! Shaharni ziyorat qilsangiz, siz bu yerda joylashgan tarixiy obidalarning sonidan hayratda qolasiz, ammo biz sizga albatta ko'rishga arziydigan eng mashhur diqqatga sazovor joylarni ko'rsatishga harakat qilamiz!
Samarqand sayyoramizdagi eng qadimiy shaharlardan biri bo‘lib, Rim va Afina bilan tengdoshdir. U 2750 yoshdan oshgan. Shahar har doim haqiqiy sharqona mehmondo‘stlikning chinakam namunasi bo‘lgani bilan ajralib turgan. Bu yerda bir necha millat vakillari doimo muammosiz yashab kelgan. Samarqandni odatda "Sharqiy Bobil" deb atashadi. Unda go‘yo ulkan oynadagidek yo‘l aks etadi. Ko‘p avlodlar bosib o‘tgan yo‘l. Shaharning boy voqealari, yuksalishlar va pasayishlar, qimmatbaho topilmalar va eksponatlar, qadimiy obidalar dastlabki odamlar bu hududda ming yillar oldin yashay boshlaganliklarini tasdiqlashga imkon beradi. Qadimgi afsonaga ko‘ra, Samarqand shahri tashkil etilganida (miloddan avvalgi VIII asrda) Zarafshon tog‘laridan qoplon kelib, shahar qurilishini ma’qullagan ekan. O‘shandan beri Samarqandda odamlar o‘zlarini qoplon bilan bog‘lashadi – ular xuddi o‘shanday mag‘rur, xuddi o‘shanday qat’iyatli va xuddi o‘shanday saxiydirlar. Samarqand nomi so‘g‘d tilidagi Smr’kand so’zidan kelib chiqib, "tosh qal’a" yoki "tosh shahar" degan ma’noni anglatadi. Qadimgi davrlarda Samarqand eng qadimiy So‘g‘diyona davlatining poytaxti bo‘lgan va Afrosiyob deb nomlangan. Qadimgi yunonlar orasida va Rimda shahar Marakanda nomi bilan tanilgan. Iskandar Maqduniy davrida ham Samarqand obodonlashtirilib, ancha rivojlangan shahar bo‘lgan. Ilk o‘rta asrlarda Samarqand Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. 712-yilda shahar Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arablar tomonidan bosib olinib, Movarounnahr va Katta Xurosonning markaziga aylangan. IX asrda Samarqand Somoniylar davlatining tarkibiga, X asr oxirida esa Qoraxoniylar davlatining tarkibiga kirgan. Bu davrda Samarqandda ulkan me’moriy inshootlar qurilgan bo‘lib, ularning ko‘p qismi, afsuski, Chingizxon tomonidan vayron qilingan. Keyin Samarqand mo‘g‘ullar istilosi natijasida vayron bo‘lgan Xorazmshohlar davlatining tarkibiga kirdi. Amir Temur hokimiyat tepasiga kelganida Samarqandda juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Shahar yana poytaxtga aylandi, vayron bo‘lgan binolarni tiklash ishlari boshlandi va Samarqand yana o‘zining avvalgi ulug‘vor holatiga qaytdi. Temuriylar davrida Samarqand faol rivojlanib bordi, dunyoning turli mamlakatlaridan olimlar va san’atkorlar bu yerga kelishga harakat qilishdi. Shaharda ilm-fan, ta’lim va madaniyatni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Buxoro - Islom madaniyati poytaxti. Muqaddas Buxoro O‘zbekistonning sayyohlik durdonalaridan biridir. Tarixiy shahar markazi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shaharning yoshi 2500 yildan oshgan.
Buxoro — Oʻzbekiston Respublikasining qadimiy shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. O'zbekistonning ilk poytaxti. Buyuk ipаk yoʻlida yirik tijorat markazlaridan boʻlgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida, Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan.  Muqaddas Buxoro O‘zbekistonning sayyohlik durdonalaridan biridir. Tarixiy shahar markazi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shaharning yoshi 2500 yildan oshgan.
Qadimiy sharqona ertakning muhitiga tushib qolishni istasangiz, Buxoroning eng diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiling:
Poi-Kalon meʼmoriy yodgorlik, (Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tomonidan "sakkizinchi mo''jiza" sifatida tan olingan); Ark qalʼasi; Somoniylar maqbarasi; Chashmai Ayub maqbarasi; Magaki-Attari masjidi. Mirzo Ulug‘bek madrasasi, Miri-Arab madrasasi, Lyabi-Xauz ansambli va boshqalar. Xiva — Oʻzbekistonning qadim shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shahar miloddan avval 5-asrda barpo etilgan. Uning nomi shaharning qadimiy qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudugi bilan bogʻliq. Baʼzi tadqiqotchilar shahar nomini xorazmiy tiliga yaqin boʻlgan qadimgi osetin tilidagi „Xiauv“ — qalʼa soʻzidan, boshqalari bu atamani antik davrdan Xiva hududidan okib oʻtgan Xeykaniq (hozirgi Polvonyop) kanalining oʻzgartirilgan (Xeykaniq-Xeyvaniq-Xeyvaq-Xeva-Xiva) nomidan kelib chiqqan deydilar. Xorazmlik tarixchi solnomachi Xudoyberdi Qoʻshmuhammad oʻzining 1831-yilda yozgan „Dili Gʻaroyib“ asarida Xorazmning qadimiy shaharlarini nomma-nom sanar ekan, „Bu mamlakatning yana bir qalʼasi — Qalʼai Ramldir. Bu qalʼaga Som ibn Nuh asos solgan boʻlib, u hozirgi Xivaq nomi ila mashhurdir“ deydi. Xiva - Turk dunyosining poytaxti. Xiva - qadimiy devorlar, minoralar va loydan qurilgan betakror binolar shahri. Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) Bokuda boʻlib oʻtgan XI sessiyasi doirasida Xiva 2024-yilda islom olamining turistik poytaxti deb eʼlon qilindi !

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin