Barqaror iqtisodiy rivojlanish ta’minlashda xalqaro tashkilotlarning faoliyati


yil 2 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi BMTga yangi suveren, jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida kirdi



Yüklə 18,91 Kb.
səhifə2/2
tarix25.12.2023
ölçüsü18,91 Kb.
#196559
1   2
Barqaror iqtisodiy rivojlanish ta

1992 yil 2 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi BMTga yangi suveren, jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida kirdi.


O‘zbekiston jahonning ko‘plab mamlakatlari va yirik xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda hamkorlik qilishi asnosida uning faoliyati doirasidagi geografik hududi, ko‘lami yanada kengayib bormoqda. Prezidentimiz 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy kengash va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni jadallashtirishni davom ettirishimiz zarur. Orol muammosini hal etishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Orol dengizi mintaqasida inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha BMT bilan tuzilgan Trast fondiga katta ishonch bilan qaraymiz. Biz O‘zbekistonning 2021-2023 yillar mobaynida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo bo‘lishi masalasini izchil ilgari surish niyatidamiz”, deb alohida ko‘rsatib o‘tganligi O‘zbekistonning BMT doirasidagi xalqaro tashabbuslarida yangi tendensiyalarni namoyon qildi.

BMT haqidagi “faoliyati doirasida o‘z qobiliyatini, legitimligini yo‘qotdi”, deganga o‘xshash barcha fikr-mulohazalar asossiz. bugungi kunda BMT xalqlar va millatlar o‘rtasida tinchlik va hamkorlik munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlash vositasi sifatida tanilmoqda. Hozirgi kunda BMT zamonaviy xalqaro munosabatlarning butun tizimidagi markaziy institutsional bo‘g‘in hisoblanadigan universal tashkilotdir. Tashkilotning muqobili yo‘q, shundan kelib chiqib, uning bugungi maqomini, hozirgi holatining mustahkamligini kafolatlaydigan huquq va imtiyozlari yanada kengaytirilishi maqsadga muvofiq. Bejizga BMT Nizomida “Tashkilot o‘z a’zolaridan har birining hududida o‘z funksiyalarini bajarishi uchun zarur bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqiy layoqatdan foydalanadi”, deb belgilanmagan. bugungi kunda BMTga a’zo bo‘lgan deyarli barcha davlatlar – 193 ta davlat BMTda o‘z vakolatxonalariga ega.

Ma’lumki, 1992 yil 2 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi BMTga yangi suveren, jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida kirdi. O‘zbekistonni tashkilotga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror BMT Bosh Assambleyasining 46-sessiyasida ovozga qo‘yilmagan holda qabul qilindi. AQSHning Nyu-York shahridagi BMT shtab-kvartirasi oldida mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilgan ushbu kun davlatimiz tarixida katta ahamiyatga ega bo‘lgan bosqich bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining qarorida bu xususda shunday deyilgan edi: “1992 yil 2 mart bahor kunini avlodlarimiz buyuk tarixiy kun deb ataydilar. O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi va BMT binosi oldida mustaqil, suveren respublikamizning davlat bayrog‘i ko‘tarildi” deb ta’kidlagan. Shundan so‘ng, 1993 yil 24 oktyabrda Toshkentda Xolid Malik boshchiligida BMTning vakolatxonasi o‘z ishini boshladi.

BMTning Toshkentdagi doimiy vakolatxonasida ushbu tashkilot amaliyotida birinchi marta barcha fondlar, dasturlar, bo‘limlar (YUNISEF, YUNESKO, YUNISTAR va boshqalar) faoliyat ko‘rsatishi unga xos xususiyat edi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda BMTning o‘ndan ortiq dasturlari, jamg‘armalari va agentliklari, jumladan, BMT Taraqqiyot dasturi (BMT TD), Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA), Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO), Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT NJB), OIV/OITS bo‘yicha birlashgan dasturi (YUNEYDS), Gender tengligi hamda ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish masalalari bo‘yicha tuzilmasi (BMT — ayollar), Markaziy Osiyoda Preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, hamda BMT TD rahbarligi ostida BMT ko‘ngillilar dasturi singari bir qator ixtisoslashgan muassasalari faoliyat olib bormoqda.

Tashkilot faoliyatiga, shuningdek, mamlakatda vakolatxonalari bo‘lmagan agentliklar, jumladan BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YeIK), BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti, Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi ko‘mak bermoqda. Jahon banki ham mustaqil ixtisoslashgan muassasa sifatida BMTning O‘zbekistondagi faoliyatiga muhim hissa qo‘shib kelmoqda. O‘z navbatida Nyu-York va Jeneva shaharlaridagi BMT qarorgohida O‘zbekiston Respublikasining doimiy vakolatxonalari faoliyat olib bormoqda.

O‘zbekiston BMT bilan xalqaro munosabatlarini yanada rivojlantirish yo‘lini tanladi. Dunyoda kechayotgan hozirgi globallashuv jarayoni insoniyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga, o‘zida turli tahdid va xavf-xatarlarni ham namoyon etmoqda. Ana shunday sharoitda davrimizning eng obro‘li xalqaro tuzilmasi – BMT bilan tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash yo‘lida samarali hamkorlik qilish xalqimizning tub milliy manfaatlariga to‘liq mos keladi. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida, “Biz qat’iy ishonamiz, BMT bundan keyin ham xalqaro munosabatlarda hal qiluvchi o‘rin tutadi” degan fikri respublikamizning tashqi siyosiy pozitsiyasini izohlab berdi.

O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosati BMTning 2015-2030 yillarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda to‘liq hamohang bo‘lib, respublikamizda aholining kam ta’minlanganlik darajasini pasaytirish, kambag‘allikni kamaytirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, odamlar salomatligini muhofazalash, iqtisodiyotni rivojlantirish, umumqamrovli va adolatli sifatli ta’limni ta’minlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini va faolligini oshirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Keyingi yillarda O‘zbekistonning tashabbuslari BMT darajasida qo‘llab-quvvatlanmoqda. Mamlakatimizga BMT Bosh kotibi, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar, BMTning Diniy e’tiqod bo‘yicha maxsus ma’ruzachisining amalga oshirgan tashriflari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 2018 yil noyabrda Samarqand shahrida BMT tashkil etilganidan keyingi 70 yil davomida Osiyo mintaqasida birinchi marta Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasi hujjati sifatida tasdiqlangan Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. O‘zbekiston parlamenti inson huquqlarining “Samarqandcha ruhi”ni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqladi.


Bosh Assambleyaning 72-sessiyasida O‘zbekiston BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surganligi va xalqaro hujjat barcha manfaatdor tomonlarga muhokama uchun jo‘natilganligi O‘zbekistonning BMT doirasidagi muhim xalqaro tashabbuslar ijodkoriga aylanib borayotganidan dalolat. Bundan keyin ham O‘zbekistonning jahondagi yirik xalqaro tashkilot BMT bilan munosabatlari tenglik va manfaatli sheriklik asosida rivojlanib boraveradi
Yüklə 18,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin