Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua


Tanishuv amaliyoti. Ishlab chiqarish amaliyoti



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə37/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95
Fakulteti

1. Tanishuv amaliyoti. Ishlab chiqarish amaliyoti.

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni va 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-son Qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash asosiy maqsad hisoblanadi.


Ushbu amaliyot dasturi 1-kurs “Bank ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun tayyorlangan bo‘lib, mutaxassislik fanlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabridagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida” Nizom talablari asosida ishlab chiqilgan.
Tanishuv amaliyotining maqsadi 5230700- “Bank ishi” ta’lim yo’nalishi talabalarining Bank va kasbiy faoliyat asoslari fani bo’yicha o’zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliyot bilan mustahkamlash, kasb layoqati va ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
5230700- “Bank ishi” ta’lim yo’nalishining DTS, o’quv va ishchi o’quv rejasiga muvofiq tanishuv amaliyoti muddati 1-kursning II semestri yakunlangandan so’ng 2 hafta qilib belgilangan.
Ushbu muddat ichida talabalar tanishuv amaliyotini O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari bilan tuzilgan uzoq muddatli o’zaro hamkorlik to’g’risidagi shartnomaga muvofiq O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari filiallarida o’taydilar.
Tanishuv amaliyoti maqsadini amalga oshirish asosida talabalar tomonidan quyidagi vazifalarni hal etish belgilanadi:

  • amaliyot o’tayotgan tijorat bankining tashkiliy tuzilmasi, funksiya va vazifalari bilan tanishish;

  • jumladan, bank tizimi, tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish;

  • bank faoliyatida qo’llaniladigan hujjatlarni yuritish va rasmiylashtirish tartibini o’rganish;

  • bank faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari tarkibi hamda miqdori bilan tanishish;

  • bankning chakana xizmatlar bo‘limi faoliyati va ularning ishlash mexanizmini o’rganish;

  • amaliyot o’tayotgan tijorat banki, uning faoliyati, faoliyatining ijobiy va salbiy jihatlari, mavqei bo’yicha o’z xulosa va takliflarinin shakllantirish;

  • amaliyot natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlash va unda aks etgan materiallarning mazmun-mohiyatini tushunib yetish.

Tanishuv amaliyoti kafedrada belgilangan amaliyot rahbari tomonidan mazkur dasturga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Amaliyot rahbari har bir amaliyotga chiquvchi talabaga va u borayotgan amaliyot ob’yektiga individual tarzda yondoshgan holda ishni tashkil etadi. Shuningdek, talabaning tanishuv amaliyoti aniq, maqsadli va natijaga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Tanishuv amaliyotining dastlabki kuni talabaga amaliyot joyidan rahbar biriktiriladi. Amaliyot joyidan biriktirilgan rahbar talabalarga ichki intizom to’g’risida qisqacha ma’lumot beradi.
Amaliyot davomida talaba dekanat tomonidan berilgan kundalikni yuritib, unda har kuni bajargan ishlarining qisqacha mazmunini yoritib borishi lozim. Har bir ish kunining oxirida amaliyot joyidagi rahbar talabaning kundalik daftariga o’z imzosini qo’yish orqali tasdiqlaydi.
Bundan tashqari, talabalar amaliyot yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan masalalar bo’yicha institutdan tayinlangan ilmiy rahbari yoki kafedraning boshqa o’qituvchilaridan imkoniyatdan kelib chiqib, haftaning shanba kunlari kafedraga tashrif buyurish yoki aloqa vositalari (telefon, ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta) orqali murojaat qilib, qo’shimcha maslahatlar olishlari mumkin.
“Bank ishi” bakalavriat ta’lim yo’nalishida amaliyot o’tash uchun ajratilgan vaqtning mavzular bo’yicha taqsimlanishi quyidagi tartibda bo’lishi tavsiya etiladi:



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin