Bank tizimida elektron axborot texnologiyalari



Yüklə 43,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix24.12.2023
ölçüsü43,56 Kb.
#192053
1   2   3   4
Nasimova Y 245-250 JUSR

ASOSIY QISM 
Bankda axborotlashtirish to’g’ri olib borilayotganligini baholashga imkon 
beruvchi tamoyillar mavjud. Muvofiqlik tamoyili. Bu tamoyilga rioya etish
axborotlashtirishni shunday tarzda bajaralishini ta’minlaydiki, tizimni qisman bilish
qolganlarini oldindan aytib berishga imkon beradi, ya’ni butun tizim bir asosga 
qurilishi zarur. Moslik va ortogonallik tamoyili tizimga qo’yilgan talablarga mos 
funktsiyalargina o`nga kiritilishini talab qiladi.Kiritilgan funktsiyalar mustaqil bo’lishi 
lozim.
Tejamkorlik va to’liqlik tamoyil tizimda funktsiyalar ikkilantirilishi mumkin 
emas. lekin texnologik va iqtisodiy cheklanishlarni hisobga olgan holda kiritilgan 
funktsiyalar foydalanuvchining istak va extiyolariga to’liq javob berishi lozimligini 
anglatadi. 


247 
Ochiq oshkoralik tamoyili. Dasturiy majmualar ishlab chiqish va ekspluatatsiyasi 
jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, tizimlarni yaratishda qator kelishuvlarga erishish 
lozim.Bunday kelishuvlar ishlab chiqilgan va ular bajarilayotgan tizimlarni ochiq 
oshkora deb atash qabul qilingan. Oshkora(ochiq) tizimlar standartiga rioya qilish 
tizimlar eksplulatatsiyasi va modernizatsiyasiga harajatlarni qisqartirishga,
ishlanmalar sifatini oshirishga imkon beradi.
Kompyuter tizimiga talablarni ifodalashdan avval tizimdan kim foydalanishi,
bundan kim foyda olishi, tizimda qanday axborot ishlanishini aniqlab olish zarur. Agar 
komp’yuter tizimi kutubxona kitobxonlariga xizmat ko’rsatishni avtomatlashtirish
uchun tashkil etilsa, aviachiptalar sotishni avtomatlashtiruvchi tizimga qaraganda
boshqaroq talablar qo’yiladi. Shu nuqtai nazardan bank elektron taxlil qilamiz.
Tizim foydalanuvchilari bank xodimlari bo’lib, ular hisoblash texnikasi va
informatika bo’yicha mahsus kasbiy ta’limga ega emas. Ular uchun komp’yuter 
asosiy ishi uchun qo’shimcha yordamchi instrument. 
Axborot texnologiyalardan foydalanish strategiyasini metodlar belgilaydi, ular 
yordamida zamonaviy biznes va bu o’zgarishlarni boshqarish yo’llari o’zgartiriladi.
Zamonaviy bank faoliyatining foydaliligi ko’p jihatdan yuqori boshqaruvning o’z
vaqtida va to’liq axborot bilan ta’minlanishiga bog’liq. Axborot boshqaruvi tizimi 
bankning o’z faoliyatidagi haqiqiy yordamchilari bo’lib, bozordagi holat bank 
operatsiyalari foydaliligi, mijozlar hisobi holati va boshqalarga oid axborotlarni 
ta’minlaydi. Ular yordamida olingan axborotlar bank tomonidan mijozlarga xizmat 
ko’rsatishni yaxshilash va shaxsiy maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin. 

Yüklə 43,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin