for YORDAMIDA SONLI RO'YXATLAR BILAN ISHLASH Keling quyidagi misolni ko'ramiz:
for yordamida yangi ro'yxat ham shakllantirish mumkin:
for va input()
for operatori va input() funktsiyasini jamlab, ro'yxatni foydalanuvchidan olingan qiymatlar bilan to'ldirish mumkin:
Kodni tahlil qilamiz:
1-qatorda bo'sh dostlar ro'yxatini yaratdik
2-qatorda ekranga "5 ta eng yaqin do'stingiz kim?" degan xabarni chiqardik
3-qatorda tsiklni boshladik. range(5) funktsiyasi 0 dan 5 gacha sonlar ketma-ketligini yaratadi (0,1,2,3,4) tsikl esa n shularning har biriga teng bo'lib chiqquncha davom etadi.
4-qatorda tsikl badani kelgan. Bu yerda biz foydalanuvchidan n+1 do'stingizni kiriting deb so'radik. Nima uchun n+1 (n emas)? Sababi n 0 dan 4 gacha qiymatlarni oladi, foydalanuvchiga tushunarli bo'lishi uchun esa biz "0-do'stingizni ismini kiriting:" deb emas, balki n+1 ya'ni 1-ismni kiriting deb murojat qilyapmiz.
5-qatorda shakllangan ro'yxatni konsolga chiqardik.
for tsikli har qanday dasturlash tilining eng muhim qismlaridan hisoblanadi va biz bu operatoraga hali takror-takror qaytamiz.