174
aralashadigan vosita. Inflyatsiya va valyuta kursining o'zgarishi fuqarolarning
farovonligiga ta'sir
qilishi mumkin
, shuning uchun muhim moliyaviy qarorlar
qabul qilishdan oldin markaziy bankning nima bilan bandligini bilib olish
maqsadga muvofiqdir
Mintaqaviy siyosatning o`rganish obyekti - turli ko`rinishdagi hududiy
notеngliklar, ya‘ni aholining turmush darajasi va yashash sharoitidagi, ishsizlik va
bandlikdagi, alohida hududlarning iqtisodiy o`sish sur'atlaridagi va tadbirkorlik
sharoitidagi tafovutlar hisoblanadi.
Mintaqaviy siyosat – hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining davlat
tomonidan tartibga solinishidir. Uning asosiy vazifasi mavjud imkoniyatlardan
oqilona foydalanish hisobiga mamlakatdagi barcha hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasini imkon qadar bir-biriga yaqinlashtirish, aholining turli
qatlamlari o`rtasida moddiy nе'matlar taqsimotidagi hududiy tafovutlarni eng kam
darajaga kеltirish, hukumatning boshqaruv vazifalarini kamaytirib, mahalliy
hokimiyat va o`z-o`zini boshqarish organlari vakolatini oshirishga qaratilishi
lozim.
Dostları ilə paylaş: