B olalar infeksiyasi. B o ’ G



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix02.01.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#50921
1   2
13-patanmavzu

Q

IZAMIQ

 



Qizamiq, gul – o‘tkir yuqumli kasallik; tana haroratining 

ko‘tarilishi,  umumiy  intosikatsiya,  yuqori  nafas  yo‘llari 

va ko‘z shilliq pardasining yallig‘lanishi hamda badanga 

qizil,  yirik  dog‘li  toshmalar  toshishi  bilan  kechadi. 

Qizamiq  yer  yuzida  eng  keng  tarqalgan  infeksilardan, 

unga  barcha  yoshdagi  kishilar,  asosan,  yosh  bolalar 

beriluvchan bo‘ladi. Kasallik mavsumiy bo‘lib, kuz-qish 

va  bahorda  ko‘proq  uchraydi.  Infeksiya  manbai  faqat 

kasallangan 

odam 


hisoblanadi, 

sog‘lom 


kishi 

organizmiga  virus  nafas  yo‘llari  orqali  tushadi. 

Kasallikdan  keyin  umr  bo‘yi  saqlanadigan  immunitet 

qoladi.  Chaqaloqlar  (passiv  immunitet  tufayli)  qizamiq 

bilan og‘rimaydi. 

 



Organizmga  yuqori  nafas  yo‘llari  shilliq  pardalari,  ko‘z  kon’yunktivasi  va 

boshqa(lar)  orqali  kirgan  qizamiq  virusi  u  yerda  ko‘payib,  keyin  qonga 

tushadi.  Kasallik  bosqichma-bosqich  kechadi,  inkubatsion  (yashirin)  davri 

9-11  kun;  undan  so‘ng  Prodromal  (boshlang‘ich,  kataral)  davr  3—4  kun 

davom  etadi.  Kasallik  boshlanishida  tana  harorati  39°  gacha  ko‘tariladi, 

yuqori  nafas  yo‘llari  va  ko‘z  kon’yunktivasi  qizaradi,  bemor  quruq 

yo‘taladi,  tumov  bo‘ladi,  ko‘zi  qizarib  yoshlanadi,  yorug‘likka  qaray 

olmaydi,  tovushi  bo‘g‘ilib  qoladi,  yuzi  kerikadi.  Bola  bezovta  bo‘ladi, 

uyqusi buziladi, ishtahasi yo‘qoladi, holsizlanadi, ba’zan ich ketishi, qornida 

og‘riq,  og‘irroq  hollarda  umumiy  intoksiksiya,  talvasalar,  es-hushni 

yo‘qotish alomatlari ro‘y berishi mumkin. 

 



Yumshoq  va  qattiq  tanglayning  shilliq  pardasida  mayda  qizil  dog‘lar  – 

enantema  paydo  bo‘ladi.  Toshma  tashish  davrida  (bu  davr  3-4  kun  davom 

etadi)  bemor  qattiq  isitmalashi,  tomog‘i  qizaradi,  keyin  o‘ziga  xos  qizil, 

yirik  toshmalar  toshadi;  u  dastlab  quloq  orkasi,  lunj,  peshona  va  burunga 

toshadi,  keyin  yuz,  badanga,  qo‘l-oyoqqa  tarqaladi.  Toshmalarning 

bosqichma-bosqich  toshishi  qizamiqda  muhim  diagnostik  ahamiyatga  ega. 

Yuzdagi  toshmalar  koral  boshlaydi  va  jigarrang  dog‘larga  aylanadi,  ular  7-

10  kun  saqlanadi.  Teri,  ayniqsa,  yuz,  qo‘l  kafti  va  oyoq  tagi  quruqshay 

boshlaydi;  toshma  o‘rni  qovjirab,  mayda  po‘st  tashlashi  mumkin,  tana 

harorati pasayib, bola asta-sekin tetiklanadi. Kasallik bilinar-bilinmas yengil 

kechishi  zotiljam,  ichki  kasalliklar,  o‘rta  quloqning  yallig‘lanishi  (otit)  va 

boshqa(lar) asoratlar yuzaga kelishi ham mumkin, bunda darhol shifokorga 

murojaat qilish kerak. 



 

Qizamiq 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin