B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi


II BOB PEDAGOGIKA KOLLEJLARIDA



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

II BOB
PEDAGOGIKA KOLLEJLARIDA
RASM CHIZISH
Pedagogika kollejlarining boshlang'ich sinf mashg‘ulotlari va 
m ehnat ta ’limi o‘qituvchisini tayyorlaydigan bo‘limlarida o ‘rga- 
niladigan tasviriy san’at fani b o ‘limning asosiy o ‘quv predmeti 
hisoblanadi. U bolajak o ‘qituvchi-pedagoglami tasviriy san’atning 
nazariy va amaliy asoslari bilan qurollantiradi.
Mazkur kurs rasm chizish, narsalami badiiy bezash, predmetlar 
shaklini loy va plastilindan yasash, shuningdek, realistik rasm ish- 
laslming ilmiy asoslari bilan tanishtirish mashg‘ulotlaridan tuzilgan.
Tasviriy san’at kursi o ‘zining maqsadi va vazifasidan kelib 
chiqqan holda o ‘z m azm uniga k o ‘ra: narsaning o ‘ziga qarab 
qalam da rasm ishlash; narsalaming yakka va guruh holatidagi 
rasmini rang va bo ‘yoqlarda tasvirlash; tem atik kompozitsiyalar 
tuzish, ularning rasmini akvarel va boshqa bo‘yoqlarda tasvirlash; 
buyumlarni badiiy bezatish; loy va plastilindan turli hayvonlar 
ham da odam tasvirini yaratish kabilardan tashkil topadi.
Mashg‘ulotlarda tevarak-atrofdagi narsa va voqealarning o ‘ziga 
qarab xotira va tasavvurda realistik tasvirlar yaratiladi. Narsalar, 
buyumlar va obyektlami badiiy jihatdan bezatish hozirgi zam on 
estetik talablaridan kelib chiqqan holda bajariladi.
N arsalar va predm etlarni (qush, hayvonlarni) natural va 
badiiy tasvirlarini loy va plastilindan ishlash malakalari o ‘quv~ 
chilarga singdirib boriladi.
Shuningdek, darslarda rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik 
va amaliy san’atning ijodiy asarlari ham o ‘rganib boriladi.
M ashg‘ulo tlar jarayonida b o ‘lajak pedagog-o‘qituvchilar 
tasvirlashning qalam, qog‘oz, akvarel, guash bo ‘yoqlari, pastel, 
rangli bo‘rlar, tush, o ‘chirg‘ich, flomaster, turli xil m o ‘yqalam- 
lar, plakat perolari, plastilin, loy, rangli qog‘ozlar bilan ishlash 
malakalarini egallaydilar.
Pedagogika kollejlarida o ‘rganiladigan tasviriy san’at kursi 
faoliyatining samaradorligi va bo ‘lajak tarbiyachilarga beriladigan 
nazariy ham da amaliy bilimlaming sistemali, izchil, ilmiy, puxta, 
asosli b o ‘lishi uchun tasviriy san’at fanini o'qitish klassik, an ’a-


naviy uslublarga asoslangan holda hozirgi zam on rassom-pedagog 
olimlarining nazariy ham da amaliy tavsiyalari bo ‘yicha narsaning 
o‘ziga qarab rasm chizishdan boshlanadi.1
Narsaning o ‘ziga qarab rasm chizish rasm chizishning genial 
asosi bo‘lib, u o ‘quvchilarga, eng aw alo, rasmi chiziladigan narsa- 
larning shakli, tuzilishi, rangi, m azm uni va m ohiyatini m ate- 
rialistik nuqtayi nazardan ko‘rishni, bilishni, idrok etishni o ‘r- 
gatadi. Ikkinchidan, narsalarning tuzilishidagi asosiy va ikkinchi 
darajali elem entlarini topa bilishni, ular tasvirini yaratishda 
detallar konstruksiyasi ham da kompozitsiyasining mutanosibligini 
ta ’minlashda muhim uslub b o ‘lib hisoblanadi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin