63
Strategik rejalar boshqaruv subyektlarining siyosatini amalga
oshirish vositasi sifatida qo’llanilishi; ularni rivojlantirish maqsadlari va
yo’nalishlarini ochib berishi; umuman jamiyatni va uning alohida kichik
tizimlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bosqichlarini belgilab berishi;
jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining o’lchovi, mezoni sifatida
ishtirok etishi ushbu rejalarning muhim o’ziga xos xusuiyati hisoblanadi.
Loyihalashtirish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish uchun
tegishli boshqaruv obyektlarini rivojlantirishning turli variantlari ishlab
chiqilishi kerak: a) ushbu xo’jalik vaziyatida optimal hisoblangan indikativ
reja loyihasini tanlash; b) bozor kon’yunkturasi sharoitlariga mos keluvchi
indikativ reja loyihasini ishlab chiqish.
Iqtisodiyotning o’tish davri sharoitida rejalarning ijtimoiy-iqtisodiy
yo’naltirilishi o’zgarishi kerak:
– rejalar ma’muriy bo’ysundirish qurolidan muvazanatlashgan
rejalashtirish vositasiga aylanadi;
– rejalarni loyihalashtirishning strategik xususiyati kuchayadi
(makroiqtisodiy rejalashtirishda bozor xo’jaligi sharoitida asosiy e’tibor
iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirishga qaratiladi);
– strategik rejalar loyihalarining ilmiy jihatdan asoslanganlik darajasi
ortadi.
Dostları ilə paylaş: