380
SHuning uchun matematik ta’minotning komponentlari ba’zi bir masalalarni hal
qilish uchun sifatli bo‘lsa, boshqa masala uchun kam sifatli bo‘lishi mumkin.
SHuning uchun ALT larda model va metodlarning har xillarini o‘zida
mujassamlashtirilgan kutubxonalar tashkil qilish kerak.
Mashina vaqtini tejash talabidan keyingi talab, xotira hajmini tejash talabidir.
Bu talab matematik ta’minotning qanchalik iqtisodlashtirilganligii ko‘rsatadi va
tuzilgan dastur uzunligi bilan harakterlanadi. Hozirgi davrdagi operativ xotira
hajmini sezilarli darajada katta bo‘lishligiga qaramay, uni tejash aktual masala
bo‘lib qolmoqda. EHM larning mulьtidasturli ishlash rejimida, katta xotira hajmini
talab qiluvchi masalalar pastroq ustunlikka ega bo‘lishi va natijada bu masalalarni
qayta ishlash vaqti oshib ketishi kuzatiladi. Bunday murakkablikni echish uchun
tashqi xotiralardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa operativ va
tashqi xotiralarning o‘zaro ma’lumotlarni almashlashlari uchun, T- vaqtni oshib
ketishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: