B a L i q L a r b I o L o g I y a s I


-rasm. Qon aylanish sistemasi



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/99
tarix05.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152443
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   99
BALIQLAR BIOLOGIYASI

 
2.4-rasm. Qon aylanish sistemasi 
Nazorat savollari: 
1. Baliqlarning qon aylanish tizimi deganda nimani tushunasiz?. 
2. Baliqlarning qon aylanish tizimining tuzilishi to‘g‘risida ma’lumot byering? 
3. Baliqlarda yurak va qon tomirlarining tuzilishi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
4. Arteriya, venalar va kapilyarlarning tuzilishini tushuntirib byering? . 
5. Baliqlarda nechta qon aylanish doirasi bor va nimalar?


5- LABORATORIYA MASHG’ULOTI
 
Mavzu: 
Baliqlar nerv tizimi va sezgi organlari (ko‘rish, hid bilish, ta’m bilish, yon 
chiziqlari).
 
 
Kerakli materiallarva jihozlar: 
spirtda yoki formalinda fiksirlangan akula; vannachalar, 
pinset, skalpel, qaychi, doka ro’molcha, preparoval va oddiy to’g’nog’ich ninalar, lupa (4x6), 
paxta; akula va skatlarning tashqi, ichki tuzilishi aks ettirilgan rangli jadvallar. 
Mashg’ulotning maqsadi: 
tikanli akula misolida tog’ayli baliqlar sinfi vakillarining 
xaraktyerli belgilari bilan tanishish. Tikanli akulaning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish. 
Asosiy matn. 
Markaziy nerv sistemasi.Baliqlarning markaziy nerv sistemasi bosh miya va 
orqa miyadan tashkil topgan. 
Bosh miya. 
Baliqlar va umurtqali boshqa hayvonlar nerv naychasining oldingi qismi 
kalla qutisi suyaklari bilan himoyalangan, shakli o‘zgargan boshmiyadir. Umurtqali hayvonlar 
bosh miyasida beshta bo‘lim: oldingi miya, orqa miya, o‘rta miya, miyacha va uzunchoq miya 
farq qilinadi. Bosh miyaning hamma bo‘limlari baliqning hayot faoliyatida katta ahamiyatga ega. 
Masalan, miyacha hayvon harakatlarining koordinatsiyasini va muvozanatini boshqaradi. 
Uzunchoq miya asta-sekin orqa miyaga o‘tadi. U nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish va 
organizmning boshqa muhim funksiyalarining ishini boshqarib turadi. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin