Xordalilar tipi 3 ta kenja tipga bo‘linadi.
1.
Bosh suyaksizlar kenja tipi (Acrania)
2.
Lichinka xordalilar yoki qobiqlilar kenja tipi (Tunicata)
3.
Umurtqalilar, ya’ni bosh suyaklilar kenja tipi (Vertebrata)
Bosh suyaksizlar kenja tipiga eng tuban tuzilgan xordali hayvonlar kiradi. Tipga xos
bo‘lgan barcha belgilar ularda bir umr saqlanadi. Nerv nayi bosh miya va orqa miyaga
bo‘linmagan. Sezgi organlari rivojlanmagan. Bosh suyagi yo‘q. Qon aylanish sistemasi
yopiq, yurak yo‘q. Sleti faqat xorda. Juft harakat organlari yo‘q.
Bosh suyaksizlarning sodda tuzilganligi ularning yashash tarziga bog‘liq. Ular
dengiz qirg‘og‘i va sayoz joylarda yashaydi. Bosh suyaksizlarning vakili lansetnik.
Lichinka xordalilar yoki qobiqlilar ancha keng tarqalgan hayvonlar (1500 tur).
Voyaga etganlarining juda ko‘pchiligida nerv naycha va xorda blmasligi bilan farq qiladi.
Lichinkalik davrida ularda tipga xos bo‘lgan belgilar aniq ko‘rinadi. Tanasi xaltaga
o‘xshash yoki bochkasimon, tanasi tashqi tomonda dildiroq modda yoki tog‘ay modda
iborat alohida qalin qobiq - tunika bilan qoplangan.
Lichinka xordalilar yoki qobiqlilar kenja tip 3 ta sinfga bo‘linadi.
1.
Assidiyalar
2.
Salplar
Dostları ilə paylaş: