Axborot texnologiyalarining qo’llanish soxalari Reja



Yüklə 21.51 Kb.
tarix20.06.2017
ölçüsü21.51 Kb.

Aim.uz

Axborot texnologiyalarining qo’llanish soxalari
Reja:

1.Axborot texnologiyalarining biznes sohasida қo’llanilishi

2.Axborot texnologiyalarining bank va robototexnikada қo’llanilishi

3.Axborot texnologyalarining san’at, fan va texnikada қo’llanilishi

4.Axborot texnologiyalarining marketing va ishlab chiқarishda қo’llanilishi

5.Axborot texnologiyalarining tibbiyot soҳasida қo’llanilishi


Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika xodisasi bo’lmasdan, iktisodiy rivojlanishning muhim omiliga aylanmokda. Axborot bilan kamrab olinmagan biror muhim xujalik sektorini (ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya soxasi, savdo) misol keltirish qiyin. Ayni paytda komp`yuterlar va aloqa vositalari asosida axborotni tuplash, Saqlash va taqdim etishning zamonaviy usullari, yangi axborot texnologiyalari va xizmatlarni sotish (tarkatish) maqsadlarida ishlab chiqarish mustaqil tarmoq sifatida shakllandi va ajralib chiqdi. Shunday qilib, xalk xujaligini axborotlashtirish kelgusiga yorib o’tish demakdir.

Axborot texnologiyalari, shu jumladan, komp`yuterlar keng kullanilib kelayotgan ayrim soxalarni ko’rib chiqamiz.


Biznes soxasi
Axborot texnologiyalari yangi korxona yoki firmaning muvaffakiyat bilan faoliyat ko’rsatishida katta rol` uynashi mumkin.

Masalan:


— biznes reja tuzishda va kutilayotgan daromad va chiqimlarni xisoblashda;

— kompaniya yoki firmaning emblemasini va tegishli xujjatlarini tartibga keltirishda;

— kompaniya yoki firmaning Taqdimot marosimini utkazishda;

— reklamalarning loyixasini tuzish va reklama materiallarini tayinlash, xisobotlar, shartnomalarni tayyorlashda;

— mijozlar xakidagi ma`lumotlar ro’yxatini Saqlash va u bilan ishlashda;

— boshqa firmalar, potensial ta`minotchi, ulgurji xaridorlar bilan bog’lanishda;

— mijozlar va ta`minotchilar bilan muzokara olib borish va xokazolarda.

Bank soxasi


Bank tizimi o’zining ish faoliyatida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatiga ega. Masalan:

— yil davomida sutkasiga 24 soat mijozlarga aloqa uchun va tegishli ma`lumotlarni olish, balansni tekshirish, xisobni tulash imkoniyatini yaratish;

— mijozlarga xizmat ko’rsatish madaniyatini oshirish;

— kredit kartochkalari yordamida telefon yoki Internet orqali xizmatni yulga qo’yish va boshqalar.

Robototexnika soxasi
Ma`lumki, «robot» so’zi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan. Birinchi bor bu suzni oltmish yil oldin taniqli chex fantast yozuvchisi Karel Chepek ishlatgan. Ammo «mexaniq odamlar» undan oldinrok xam ma`lum edi. O’rta asrlarda inson iste`dodlariga ega bo’lgan musiqachi-qo’g’irchoq yoki rassom-qo’g’irchoqlar paydo bo’lganligi ma`lum.

Komp`yuter asri boshlanishi bilan insonni og’ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo’ldi.

Ular garchi odam kiyofasida bo’lmasa-da, ko’plab funksiyalarni (ishlarni) bajara oladilar. Masalan, UzDAEWOOavto O’zbekiston — Koreya qo’shma avtomobil` korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng qo’llanilmoqda.

Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po’lat quyish sexlarida, ximiyaviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qo’llanilmoqda. Robotlarni yaratish bilan shug’ullanadigan texnikaning maxsus shoxobchasi — robototexnika paydo bo’ldi.

Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar — o’ta sezgir va kuchli mexaniq quldir.

Robotlarni komp`yuter boshqarib turadi, ya`ni komp`yuter robotning «miyasi»dir, ular telekameralar orqali «ko’rib», mikrofonlar yordamida «eshitadilar», ya`ni axborot qabul qiladilar. Maxsus datchiqlar «sezgi» organi vazifasini o’taydi.


Marketing soxasi
Marketing inglizcha «market» (bozor) so’zidan olingan bo’lib, bozor, savdo soxasidagi faoliyatni anglatadi.

Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va extiyojlarini chukur va xar taraflama o’rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga ko’rish, ikkinchi tomondan esa bozorga, mavjud talab va extiyojga faol ta`sir ko’rsatish, xaridorlarning muayyan mollarga bo’lgan talablarini shakllantirishdan iborat.

Marketingni komp`yuterlarsiz, axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi.

Ishlab chiqarish soxasi

Ishlab chiqarishning deyarli barcha soxalarida komp`yuterlar kullanilib kelmokda. Komp`yuterlar ko’pgina texnologik jarayonlarni boshqarmokda. Ular yordamida yangi maxsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor maxsulot bo’lib chiqkunga kadar bo’lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin.

Maxsulot shaklini konstruktor komp`yuter ekranida chizib, tegishli o’zgartirishlar yasab, kog’ozga chop etishi mumkin.

Maxsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-xarajatlarni xisob-kitob qilishda va boshqa ishlarni bajarishda xam komp`yuter beKaraz yordamchidir.

Maxsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy komp`yuterdan ishlab chiqarish liniyalariga yetkaziladi. U yerda axborotni qabul qilishga tayyor to’rgan robotlar komp`yuter uzatgan dastur asosida maxsulotni yiKa boshlaydi. Tayyor maxsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga junatiladi.




Tibbiyot soxasi
Ma`lumki, shifokorga borishni ko’pchiligingiz xush kurmaysiz. Birinchidan, siz bemorsiz. SoKlom odam u yerga bormaydi. Ikkinchidan, u yerda xamma joyda navbatda turishga to’g’ri keladi. Masalan, registraturada kasallik varaqasi uchun, shifokorlar qabuliga kirish uchun va xokazo. Uchinchidan, shifokor yozib bergan dorilarni dorixonalardan izlash kerak bo’ladi.

Komp`yuterlarning shifoxonalarda va poliklinikalarda paydo bo’lishi ko’p narsalarni, jumladan, yuqoridagi muammolarni xam tubdan uzgartirib yuboradi. Endi siz to’g’ridan-to’g’ri shifokor xuzuriga yul olasiz. Uning ish stolida odatdagi medisina ish kurollaridan tashkari komp`yuter xam joy olgan: uning xotirasida barcha bemorlarning kasallik tarixi yozib kuyilgan. Agar siz oldin xam murojaat etgan bo’lsangiz, sizniki xam bo’ladi. Birinchi bor murojaat etayotgan bo’lsangiz siz xakingizdagi barcha axborotni shu yerning o’zida shifokor komp`yuterga kiritib kuyadi. Kasalligingiz xakidagi barcha ma`lumotlar komp`yuterga kiritilgach, sizning kasalligingiz xakida tashxis qo’yiladi va chop etish qurilmasi yordamida dorilar uchun resept chop etib beriladi. Reseptni olib, boshqa kop`yuter yordamida ushbu dorilarni eng yakin bo’lgan qaysi aptekalardan topish mumkinligi xakida axborot olishingiz mumkin.

Komp`yuter medisinada boshqa ishlarga xam kodir. Masalan, tomograf — ya`ni siljib xarakatlanadigan rentgen apparati insonning ixtiyoriy organi xakida tulik ma`lumot olishi, ulardagi mikroskopik defektlar, chet jins­lar (masalan, buyrakdagi tosh) xakida ma`lumot berishi mumkin. Tomograf uzatgan axborotni tezda qayta ishlash va ekranda ko’rsatish uchun albatta u komp`yuter bilan bog’langan bo’lishi shart.
Komp`yuter va san`at
Komp`yuterning san`atga qanday aloqasi bor? Komp`yuterlar aniq programma asosida ishlaydi. San`at esa — bu ijod, fantaziyadir. Lekin bu soxada xam komp`yuter ijod axliga yordam berishi mumkin. Kompozitor musika yaratishda komp`yuterdan unumli foydalanishi mumkin. Buning uchun kichiq royal` yoki elektroorgan yordamida komp`yuterga ulanib yozayotgan musika notalarini ekranda ko’rib to’rgan xolda yangi asar yaratishi va shu yerning o’zida, shu onda eshitib ko’rishi xam mumkin.

Komp`yuterlar rassomlarga xam xub yokib kolgan. Komp`yuter grafikasi bo’yicha birinchi ko’rgazma 1956 yili utkazilgan. Turli eskizlar, chizmalar va rasmlar chizishda rassomlar komp`yuterdan foydalanib kelmokdalar.

Bundan tashkari, kino va televidenieni xam komp`yuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Uozirgi davrda turli joylarda, mintakalarda, xatto kit`alarda yashaydigan insonlar ishtirokida telekonferensiyalar utkazish an`anaga aylanib kolmokda.

 

Тayanch so’z va iboralar: axborot texnologiyalari, fan va texnika xodisasi, iktisodiy rivojlanish, xujalik sektori, transport, kredit-moliya soxasi, savdo, axborot texnologiyalari, biznes soxasi, kompaniya yoki firma, potensial ta`minotchi, bank soxasi, bank tizimi, robototexnika soxasi, marketing soxasi, komp`yuter va san`at.


Savol va topshiriqlar




  1. Biznes soxasida komp`yuterlardan qanday foydalanish mumkin?

  2. Bank soxasida komp`yuterlardan qanday foydalanish mumkin?

  3. Robotlar xakida gapirib bering.

  4. Marketing soxasida komp`yuterlardan qanday foydalanish mumkin?

  5. Tibbiyotda komp`yuterlar qanday ishlatiladi? Ukiganlaringizga yana nimalarni qo’shimcha qilishingiz mumkin?

  6. San`atning qanday turlarini bilasiz? Ularda komp`yuterlar qanday qo’llaniladi?




Aim.uz




Поделитесь с Вашими друзьями:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə