Bir necha grafikni bitta sohada chizish mumkin. Bu uchun avval funksiyalar yoziladi, keyin esa grafik sohaning o’ng-quyi qismiga funksiya nomi yoziladigan joyda funksiyalar bir-biridan “,” (vergul) bilan ajratib yoziladi.
Misol. f(x,y)=x2+y2 va k(x,y)=x3+y3 funksiyalar grafigini bir sohada yasang.
Bir necha grafikni bitta sohada chizish uchun quyidagi ishlar ketma-ket bajariladi:
f(x,y)=x2+y2 va k(x,y)=x3+y3 funksiyalarni ketma-ket MathCAD ishchi sohasiga kiriting.
Sichqoncha bilan grafik yasash joyini belgilang.
“Ctrl+2” klavishni bosing. Ekranda grafik tekisligi sohasi paydo bo’ladi.
To’rtburchak soha ichidagi quyi-chap burchakdagi ■ belgili bo’sh joyga “f“ ni kiritgach “,” kiritib, “k“ ni kiriting.
Keyin soha tashqarisida sichqoncha chap tugmasi bosilsa, grafik paydo bo’ladi
Biz bir sohada yasalgan bir nechta uch o’lchovli grafik ko’rgazmali bo’lishi uchun avval har bir grafik tasvirini yaratdik.
Biz bir sohada yasalgan bir nechta uch o’lchovli grafiklarni boshqacha burilgan holati.
Berilgan intervalda uch o’lchovli grafiklarni qurish
Biror f(x,y) funksiya berilgan bo’lsin. Bu funksiyani grafigini mos ravishda [a,b] oraliqni n ta bo’lakka bo’lib chizish uchun i diskret o’zgaruvchi olib [a,b] kesmani n ta bo’lakka bo’lamiz. h qadam sifatida 1 ni olamiz. Masalan, o’zgaruvchini va funksiyani quyidagicha aniqlaymiz:
n=20, i=[0,n], j=[0,n], xi=i, yj=j zi,j=sin(xi)+ yj/2
Grafikni chizish uchun quyidagi ishlar ketma-ket bajariladi:
Kursor joyini belgilang.
n:=20, i:=0..n, j:=0..n, xi:=i, yj:=j o’zgaruvchilarni ketma-ket kiriting.
zi,j:=sin(xi)+ yj/2 funksiyani kiriting.
Sichqoncha bilan grafik yasash joyini belgilang va “Ctrl+2” klavishni bosing. Ekranda grafik tekisligi sohasi paydo bo’ladi.
To’rtburchak soha ichidagi quyi-chap burchakdagi ■ belgili bo’sh joyga “f“ ni kiritgach “,” kiritib, “k“ ni kiriting.
Keyin soha tashqarisida sichqoncha chap tugmasi bosilsa, grafik paydo bo’ladi
Grafikdan keyin “x=” va “y=” kiritilsa, diskret nuqtalar qiymati chiqariladi.
“z=” kiritilsa, funksiyaning diskret nuqtalardagi qiymati chiqariladi.
Yuqorida berilgan funksiyani “Панель графиков” panelining “График 3D полос” tugmasini ishlatgan holda yasasak, quyidagi tasvir hosil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |