x=5+7 yozuvi ifoda bo`la oladimi? Uning qiymati nechaga teng?
Tarmoqlanuvchi dastur haqida tushuncha bering.
ifoperatori haqida tushuncha bering.
elsekalit so`zi haqida tushuncha bering.
Tarmoqlanuvchi dasturda bloklarning vazifasi nimadan iborat?
If(x = 3) va if(x = =3) ifodalarning farqi nimadan iborat?
Ichma-ich joylasgan tarmoqlanuvchi jarayon haqida tushuncha bering.
Mantiqiy operatorlar haqida tushuncha bering.
Mantiqiy ko`paytirish operatori haqida tushuncha bering.
Mantiqiy qo`shish operatori haqida tushuncha bering.
Mantiqiy inkor operatori haqida tushuncha bering.
switchoperatori haqida tushuncha bering.
switchoperatorining qo`llanilishini tavsiflang.
C++ ALGORITMIK TILINING TAKRORLASH OPERATORLARI.
Takrorlash operatorlari
Har qanday dasturning strukturasi tarmoqlanish va takrorlanish to`plamining kombinatsiyasidan iborat bo`ladi. Quyidagi savollar paydo bo`ladi:
Takrorlanish nima va ular qanday ishlatiladi?
Takrorlanishni tashkil etishning qanday usullari bor?
Ko`p tarmoqlanuvchi if/else konstruktsiyasi o`rniga boshqa konstruktsiyani ishlatilishi.
Takrorlanishni tashkil etish. Qator masalalarni yechish uchun ko`pincha bitta amalni bir necha marotaba bajarish talab qilinadi. Amaliyotda bu rekursiyalar va iterativ algoritmlar yordamida amalga oshiriladi. Iterativ jarayonlar – bu operatsiyalar ketma-ketligini zaruriy sonda takrorlanishidir.
Takrorlash operatori «Takrorlash sharti» deb nomlanuvchi ifodaning rost qiymatida dasturning ma’lum bir qismidagi operatorlarni (takrorlash tanasini) ko‘p marta takror ravishda bajaradi(iterativ jarayon).
Takrorlash o‘zining kirish va chiqish nuqtalariga ega, lekin chiqish nuqtasi bo‘lmasligi mumkin. Bu holda takrorlashga cheksiz takrorlash deyiladi. Cheksiz takrorlash uchun takrorlashni davom ettirish sharti doimo rost bo’ladi.
Takrorlash shartini tekshirish takrorlash tanasidagi operatorlarni bajarishdan oldin tekshirilishi mumkin (for, while takrorlashlari) yoki takrorlash tanasidagi operatorlari bir marta bajarilgandan keyin tekshirilishi mumkin (repeat-until, do- while).