Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish


Zamonaviy axborot texnologiyalarining hozirgi zamondagi o’rni va rivojlanish istiqbollari hamda ularning fan-texnika taraqqiyotida, jamiyat rivojida tutgan o’rni



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə5/68
tarix07.01.2024
ölçüsü2,02 Mb.
#203361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
M.20Nurullayev20-20Axborot20texnologiyalari20va20jarayonlarni20matematik20modellashtirish[1]

Zamonaviy axborot texnologiyalarining hozirgi zamondagi o’rni va rivojlanish istiqbollari hamda ularning fan-texnika taraqqiyotida, jamiyat rivojida tutgan o’rni


Bugungi kunda, biz kuzatayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida, shubhasiz quyidagilar kuzatish mumkin:

  • yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari shaxsiy kompyuter va internet ixtiro qilinishi sababli, jamiyat hayotiga juda tez, ya’ni bir inson umri davomida kirib keldi;

  • axborotlar bilan ishlash kontseptsiyasining oddiyligi ayniqsa tasvir, ovoz va multimedia bilan ishlashni osonlashtirdi;

  • kommunikatsiya usuli o’zgarib, uning imkoniyatlari kengayishi natijasida, yangi texnologiyalar fan, ta’lim, madaniyat va siyosatga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatishi kuzatildi.

Respublikada kompyuterlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga doir muayyan vazifalar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2002 yil 30 mayda imzolangan “Kompyuterlashtirishni
yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
hamda ularning fan-texnika taraqqiyotida, jamiyat rivojida tutgan o’rni
to’g’risida” gi Farmonida belgilab berilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyun 200-sonli “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora- tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida o’z aksini topgan.

  1. Respublikada axborot-kommunikastiya texnologiyalari sohasidagi Qonunlar.

  • Axborotlashtirish to’g’risidagi qonuni (1993 yil, may.)

  • EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqida (1994 yil, may)

  • Elektron raqamli imzo to’g’risidagi qonun (2003 y.)

  • Elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonun (2004 y.)

  • Elektron tijorat to’g’risidagi qonun (2004 y.)

  • Elektron to’lovlar to’g’risidagi qonun (2005 y.)

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari.

  • Telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruvni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida (2000 y.)

  • Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida (2002 y.)

  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida (2005 y.)

  • O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashkil etish to’g’risida (2005 y.)

  • Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida (2006 y.)

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarorlari va sohaga oid me’yoriy hujjatlari.

  • 2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, “Internet”ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida (2001

AXBOROTLASHGAN JAMIYAT HAQIDA TUSHUNCHA.
yil)

  • Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida (2002 y.)

  • Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida (2005 y.)

  • Davlat va xo’jalik boshqaruvi, Mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro aloqadorligini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida (2007 y.)

  • Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida (2007 y.)

  • Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to’g’risida (2009 y.)

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin