Axborot psixologik xavfsizlikni ta’minlashning asoslari va usullari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə1/4
tarix16.12.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#75384
  1   2   3   4
axborot xavfsizligi slayd

Axborot psixologik xavfsizlikni ta’minlashning asoslari va usullari

ISAQULOVA HILOLA

Contents of This Template

Insoniyat yaralibdiki, uning axborot tizimlaridan tegishli ma’lumotlarni qabul qilishi va shu asosda o’z ijtimoiy “men”ligini shakllantirishga bo’lgan ehtiyoji tobora ortib kelgan va hozir ham shunday davom etmoqda. Bu esa har bir shaxsdagi dunyoqarash, e’tiqod, hissiy holat va o’zgalarga bo’lgan munosabatlar tizimiga keng darajada ta’sir ko’rsatadi. Xuddi ana shu ta’sir ko’lamini o’rganib, tahlil qilib va tegishli muhim xulosalar chiqargan holda, ma’lum tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirish orqali insonni o’zgartirishga qodir bo’lgan ochiq axborotlardan psixologik himoyalanish tamoyillarini yaratish mumkin

. Qolaversa, inson bugun turli xil axborotlar tazyiqidan psixologik himoyalanmas ekan, uning borliqni ob’ektiv anglashga bo’lgan imkoniyatlariga putur etaveradi. U qanchalik mukammal bilim va tajribaga ega bo’lmasin, ma’lum maqsadga yo’naltirilgan axborot tahdidlari uning hissiy kechinmalariga jiddiy darajada salbiy ta’sir etaveradi. Shu boisdan hozirgi paytda inson ongini egallash va shu yo’l bilan turli xil siyosiy maqsadlarni amalga oshirishga intilish tobora kuchayib bormoqda. Chunki bu yo’l juda katta mablag’ talab qilmaydigan, kuchli armiya yoki qurol-yarog’ ishlatmasdan turib muayyan maqsadli natijaga erishiladigan yo’l ekanligini barcha siyosiy oqimlar yaxshi bilishadi. Shuning uchun dunyodagi barcha davlatlar bugun ma’lum kuchlar an’anaviy qurollardan foydalanish bilan bir qatorda inson ongiga manipulyativ ta’sir ko’rsatishlaridan ham tashvishga tushmoqda.

Xozirgi davrda kundalik xalqaro munosabatlarda axborot oqimining keskin oshishi, turli axborot manbalaridan uzatilgan ma’lumotlar dunyo bo’ylab xalqlarga jiddiy ta’sir ko’rsatishi aholini axborot xurujidan himoyalash choralarini ko’rish muhimligini ko’rsatmoqda. Bu ta’sir odamlar ongini, shuurini, dunyoqarashini, qolaversa, mafkurasini axborot uzatuvchilar foydasiga shakllantirishga xizmat qilayotir


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin