“Avestoda”da oila va ayol erki talqini



Yüklə 203,51 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix05.12.2023
ölçüsü203,51 Kb.
#173262
5310-Текст статьи-13140-1-10-20220311



“Avestoda”da oila va unda ayolning tutgan o’rni 
Saidov Javohir Olimjon o’g’li 
Jizzax davlat pedagogika instituti
Tarix va uni o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” 
da oila masalasiga jiddiy e’tibor berilganligi, jamiyat va oiladagi ayollarning tutgan 
o’rni masalalari tarixiy ildizlari xususida muallifning fikr va mulohazalari o’rin 
olgan. 
Kalit so’zlar: Avesto, Oila, Ayol, jamiyat, Ashovan, Axuramazda, Daena, 
Sovasri. 
Tarix fani ibtidoiy davrni o’rganishda mazkur davrdagi xotin – qizlarga 
munosabat, ularni jamiyat hayotida egallagan mavqelari ijtimoiy faolliklarini 
ta’minlovchi omillar: mintaqaviv tabiiy muhit, mehnat turlari, oilaning jamiyatdagi 
o’rni masalasiga alohida e’tibor qaratadi. 
Ma’lumki jamiyat a’zolarining yarmini tashkil qiladigan xotin – qizlar 
barcha zamonlarda moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishda erkaklar bilan bab 
– barobar mehnat qilib kelganlar. Bashariyat tarixi zarvaraqlarida ayol zakovati – 
yu jasorati, karomati – yu matonati borasida juda ko’plab misollar keltirilgan. 
Shuning uchun ham hamma ma’naviyati yuksak yurtlarda ayollar oilaning 
tarbiyachisi – ona, elning teng huquqli a’zosi sifatida e’zozlangan, huquqlari 
doimo himoya qilingan. 
Ko’hna Sharq tarixi haqida ma’lumot beruvchi eng qadimiy manbalardan 
biri bo’lgan “Avesto” da ham oila, uning o’rni, unda ayollarning huquq va 
burchlari, xotin – qizlarning jamiyatda tutgan o’rni, onalarning oiladagi mavqeyi 
kabi masalalarga to’xtalib o’tilgan. Bu be’jiz emas albatta chunki xotin – qizlar 
kelajak avlodni dunyoga keltiruvchi va uni tarbiya etuvchi mo’tabar zotlar 
hisoblanishadi. Shuning uchun ham Zardushtiylik dinida qiz bolaning tarbiyasiga, 
hunar egallashiga alohida e’tibor qaratilgan. Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra har bir 
ota – ona o’z qizini balog’at yoshiga yetguncha o’z zamonasining barcha 
hunarlarini bilishini taminlashi, mol boqish-u ro’zg’or tutishni mukammal 


o’rgatish, e’tiqodda bosiq, pokiza qilib tarbiyalashi zarur qilib belgilangan
1
. Bu 
jihatlar birinchidan qiz bolani saramjomlik, pokizalik va isrofgarchiliksiz hayot 
kechirishini ta’minlasa, boshqa jihatdan yangi hayotda qiynalmasligini va o’sha 
joy odamlarini mehrini qozonishiga ko’maklashadi. 
Buning uchun qiz bola ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan barkamol bo’lmog’i 
zarur. Bunda shubhasizki onaning roli va mavqeyi ancha yuksakdir
2

Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” da baxtli makon haqida so’z 
yuritiladi. Zardusht Axuramazdadan dunyodagi eng baxtli joyni so’raganida u 
“Bunday joy bir Ashovan uy tiklagan makondir. O’sha makonda mo’bad ro’zg’or 
tebratadi. Uy bekasi, farzandlar, sigirlar galasi va suruvlar yashaydi. Bu uyda 
sigirlar galasi yaxshi parvarish etiladi. Uy bekasi baxtiyor, farzandlar shodmon. 
Hamisha olov gurillab turadi”
3
deb javob beradi. Yuqoridagi jumladan ham 
ko’rinib turibdiki, ayol o’zini baxtli sezgan makon dunyodagi eng baxtli makondir. 
Ayol o’zini sevimli yori va bolalari davrasida baxtli bo’lishini hisobga olsak 
shubhasiz eng baxtli joy bu - oila hisoblanadi. 
Xotin – qizlar jamiyatda erkaklar bilan teng hurmat e’tiborda bo’lish bilan 
bir qatorda ular bilan bir safda ta’lim tarbiya olishadi. Biz buni hatto 
Zardushtiylikda Oliy Tangri Axura – Mazdaga qilingan iltijo va murojaatlarda ham 
ko’ramiz: “Axura – Mazda yaratgan yaxshilik g’oyasiga, sog’lom, aql – xushi tetik 
farzandlarga, uzoqni ko’ra biladigan, jasur, dono, turli tillarni biladigan o’g’il – 
qizlarga olqishlar bo’lsin!”
4

Yigit – qizlarning oila qurishi doimo jamoa, ota – ona izmida bo’lgan. Ular
agar kattalarning roziligini olmay turmush qurishsa, butun jamoa oldida merosdan 
mahrum etilganliklari e’lon qilingan. Oila qurishda yigit tomon har doim biror 
hunar biladigan, uy – ro’zg’or sirlaridan xabari bo’lgan va albatta nasli toza 
qizlarni kelinlikka tanlashgan. Agarda yer yuzida inson zurriyotining ko’payishiga 
1
Xomidiy.X. Avestodan shohnomagacha. T.: 2007, 109-bet. 
2
o’sha manba 110-bet.
3
Avesto.(A.Maxkam tarjimasi) – T.: Sharq. 2001, 113-bet 
4
Boboyev X. Xasanov S. “Avesto – ma’navyatimiz sarchashmasi. T.: 2001. 104-bet. 


qarshi chiqib, turmush qurmay yurgan qiz bo’lsa, u qopga solinib, 25 qamchin 
kaltaklangan
5
.
Ayollarning jamiyatda va oilada tutgan o’rni benihoya kattadir. Uning 
jamiyatda, oilada va insoniyat tarixida tutgan o’rniga berilgan eng adolatli baho 
quyidagi fikrdir balki: “Dastlabki kundayoq Axuramazda ayollarga buyurdi: ey 
ayol! Seni e’tiqodli va pahlavon erkaklarni vujudga keltirib, mehr to’la 
og’ushingda parvarish et, deb yaratdim toki ular nodurustlik va nopoklik ildizini 
yer yuzidan yo’qotsinlar
6
”. 
“Avesto”da shu jihati e’tiborliki ayollar nomi ham ramziy, ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Jumladan inson vafot etgandan so’ng ruhni go’zal qiz Daena 
olib ketadi
7
. Bundan tashqari yodgorlik matnida xotinlar “Rita Siyabonu” yoki 
“Oshabonu” deb yuritilib buning ma’nosi quydagichadir “poklik va rostlik 
nuri”dir. Bu jihatdan ko’rinib turibdiki ayollar poklik va haqiqat ramzi 
hisoblanishgan va buni amalda namoyon ham etishgan. Bundan tashqari “Avesto” 
da singil so’zi “Sovasri” tarzida berilgan bo’lib, “Muqaddas va hayrihox” 
ma’nosini anglatgan.
Oilada ayol farzand tarbiyachisi bo’lishi bilan birga mehribon rafiqa hamdir. 
Jamiyatimizda esa ayollar olima, shoira, murabbiy, ijodkor, tadbirkor, mohir 
boshqaruvchi kabi ma’sulyatli ishlarda erkaklar bilan bir qatorda samarali mehnat 
qilib kelmoqdalar. Darhaqiqat ayolga bo’lgan munosabatni birinchi o’ringa 
qo’yish, ayolning hurmat – izzatini joyiga qo’yish, uning mavqeyini yanada 
yuksaklarga ko’tarish davr talabidir. 
Yuqorida takidlangan fikr muloxazalardan shunday xulosa qilish mumkinki, 
hozirgi kunda jamiyat yuksalgan sari tariximizga, milliy qadriyatlarimizga e’tibor 
juda kuchayib bormoqda. Mana shunday milliy qadryatlarimizdan biri ayolga 
munosabat masalasidir. Bu masala eng dolzarb masala bo’lib, jamiyatimiz 
taraqqiyoti bilan bog’liqdir. Chunki oila ayol bilan farovon, tinch, mustahkamdir. 
Oila tinch bo’lsa jamiyatimiz, butun davlatimiz yurtimiz tinchdir. Oila bilan 
5
Xomidov X. “Shohnoma”ning shuxrati. T.: 1991,92-bet. 
6
Xomidiy.X. Avestodan shohnomagacha. T.: 2007, 114- bet. 
7
Sulaymonova F. Sharq va g’arb. T.: O’zbekiston. 1997, 27-bet. 


ayollarimiz erkaklarga nisbatan ko’proq bog’langandir. Muhtaram Birinchi 
Prezdentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Ayol avvalo har bir insonning 
beshigini tebratadigan, oq suti bilan uning yuragiga odamiylik fazilatlarini 
singdiradigan uni hayot bo’ronlaridan asrab – avaylaydigan fidoyi insondir”. 

Yüklə 203,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin