Pinjiga - kimsa yoki narsaga eng yaqin bo'lgan joy, kimsa yoki narsaning yoni, biqini. Jo'jalari tezda uning pinjiga yashirinib olishdi." Uy hayvonlari". (1-sinf o'qish va ona tili savodxonligi 1-qism 64- bet).
Partadosh - bir partada yonma - yon o'tiruvchi (o'quvchi). Matn asosida partadoshiz bilan dialog tuzing." Birinchi kitobim". (1-sinf o'qish va ona tili savodxonligi 2-qism 32-bet).
Q
Qutlug'-Xosiyatli,muborak.Urug'larga jon bag'ishlab,Yomg'irlar ham qutlug' tushdi."Bolalarning sevimli bayramlari".”Navzo'z taronasi” she'ri.Anvar Obitjon .(1-sinf o’qish va ona tili savodxonligi 1 qism 33 bet)
Qo'shni-Uylari,hovli-joylari yonma-yon yoki yaqin bo'lgan kishilar,oilalar,xonadonlar(bir biriga nisbatan).Qo'shnilar,tez ortimdan yuringlar."Mo'jizaviy hasharotlar".(1-sinf o’qish va ona tili savodxonligi 1-qism 53-bet)
Qo'zichoq-Qo'yning emadigan bolasi.O'tgan yili dadam bozordan ikki tangaga qo'zichoq olib berdi."Uy hayvonlari" .(1-sinf o’qish va ona tili savodxonligi 1 qism 69 bet)
Qo'chqor-Sovliqlarni urug'lantirishda foydalaniladigan,bichilmagan erkak qo'y.Mana,bir yil o'tib,qo'zichog'im qo'chqor bo'ldi. "Uy hayvonari".(1-sinf o’qish va ona tili savodxonligi 1 qism 69- bet)
Quduq-suv olish maqsadida vertikal tarzda qazilgan tor va teran chuqurlik;gidro texnika inshoot.Quduqda yashaydigan bir arslon sizga olib kelinayotgan echkini yeb quydi."Ertakdagi qahramon".(1-sinf o’qish va ona tili savodxonligi 2-qism 12-bet)
Qahramon-badiiy asarning bosh ishtirokchisi."Ertakdagi qahramon".(1-sinf o’qish va ona tili savodxonligi 2-qism 6-bet)
R
Ruxsat-Biror ishni bajarish,qilish,amalga oshirish uchun shu ishga taalluqli yoki javobgar kishi,rozilik javobi.Ruxsat bersangiz,oilamiz haqida ikki-uch og'iz so'zlab o'tsam."Mening oilam ".(1-sinf o’qish va ona tili savodxonligi 1-qism 7-bet)