At&t bell Labs korxonasi ishchisi Byarnom Straustrup



Yüklə 42,75 Kb.
səhifə3/6
tarix29.04.2023
ölçüsü42,75 Kb.
#104924
1   2   3   4   5   6
loyiha ishi matni

Kirish va chiqish (Input/Output), yani dasturga kerakli ma'lumotlarni kiritish va ular ustida dastur tomonidan bajarilgan amallar natijalarini olish C++ da oqim ob'ektlari orqali bajarilishi mumkin. Lekin kirish/chiqishni C dagi kabi funksiyalar bilan ham amalga oshirsa bo'ladi. C++ falsafasiga ko'ra har bir kirish/chiqish jihozi (ekran, printer, klaviatura...) baytlar oqimi bilan ishlagandek qabul qilinadi. Yuqoridagi ifoda bajarilganda bizning "Hello World!" gapimiz standart chiqish oqimi ob'ekti cout ga (cout - console out) jo'natiladi. Normal sharoitda bu oqim ekranga ulangandir. C++ da satrlar (string) qo'shtirnoqlar (") orasida bo'ladi. Bitta harfli literalar esa bitta tirnoq - apostrof (') ichiga olinadi. Misol uchun: 'A', '$'. Bitta harf yoki belgini qo'shtirnoq ichiga olsa u satr kabi qabul qilinadi. << operatori oqimga kiritish operatori deyiladi. Programma ijro etilganda << operatorining o'ng tomonidagi argument ekranga yuboriladi. Bunda ekranga qo'shtirnoq ("...") ichidagi narsa bosib chiqariladi. Lekin e'tibor bersak, \n belgisi bosilmadi. \ (teskari kasr - backslash) belgisi mahsus ma'noga ega. U o'zidan keyin kelgan belgi oqim buyrug'i yoki manipulyatori ekanligini bildiradi. Shunda \ belgisi bilan undan keyin kelgan belgi buyruq ketma-ketligida aylanadi. Bularning ro'hatini beraylik.
\n - Yangi satr. Kursor yangi qator boshidan joy oladi.
\t - Gorizontal tabulyatsiya (kursor bir-necha harf o'nga siljiydi).
\v - Vertikal tabulyatsiya (bir-necha satr tashlanib o'tiladi).
\r - Qaytish. Kursor ayni satr boshiga qaytadi, yani yangi satrga o'tmaydi.
\a - Kompyuter dinamiki chalinadi.
\\ - Ekranga teskari kasr belgisini bosish uchun qo'llaniladi.
\" - Ekranga qo'shtirnoq belgisini bosish uchun qo'llaniladi.
return 0; (return - qaytmoq) ifodasi main() funksiyasidan chiqishning asosiy yo'lidir. 0 (nol) qiymatining qaytarilishi operatsion sistemaga ushbu dastur normal bajarilib tugaganini bildiradi. return orqali qaytadigan qiymat tipi funksiya e'lonidagi qaytish tipi bilan bir hil bo'lishi kerak. Bizda bu e'lon int main(){...} edi. Va 0 int tipiga mansubdir. Bundan keyin return orqali qaytarilayotgan ifodani qavs ichiga olamiz. Misol uchun return (6). Bu qavslar majburiy emas, lekin bizlar ularni programmani o'qishda qulaylik uchun kiritamiz.

Yüklə 42,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin