Navoiy kengashga qatnashuvchilaming b a ’zilariga
to ‘n kiydirdi, qolganlariga pul hadya qildi. Hamma
xursand bo‘lib jo ‘nadi. Lekin katta orzu amalga osh-
magani uchun Navoiy qattiq qayg‘urdi. U zoq vaqt
uydan chiqmasdan, biron ishga qo‘li bormay, tanho,
dilgir o ‘tirdi. Kechga yaqin Xo‘ja Afzal keldi. U
g‘amgin, sarosima, parishon edi. Husayn Boyqaroning
farm oni bilan M ajididdin bosh vazir tayin etilib, unga
m u ’tam ad ul-saltanat va m u ’im tan ul-mamlakat1 de-
gan katta unvon berilganini bildirdi. Navoiy o ‘z
do'stiga taskin berib, hodisani oxiriga qadar tetiklik
bilan kuzatishga undadi.
Oqshom dan so‘ng shoiming do‘stlari, yaqinlari
kelishdi. Ham m aning ko'ngli g‘ash, xotiri parishon
edi, ham m a podshohning qarorini m a’nosiz topib,
yurtning samosiga qora bulutlar yopirilishini oldindan
sezar, bezovta bo'lardi. K o‘plar gap orasida podshohni
kinoyali so‘zlar pardasi ostida qattiq haqorat qilar.
M ajididdinni masxaralardi.
Navoiy xafaligini, tashvishini, ichki kechinm alarini
bildirmaslikka tirishsa ham , odamlar uning siymosi-
dan, ko‘zlaridan, harakatlaridan dard va o ‘ksinish
tuyardi. Qizg‘in talashuvsiz, hazil-mutoibasiz, kulgisiz
suhbatdan keyin d o ‘stlar tarqalmoq uchun q o ‘zg‘aldi.
N avoiy bilan xayriasharkan, ham m aning ko ‘zi jiq-jiq
yoshga to ‘lgan, b o ‘yni bukik edi.
Dostları ilə paylaş: