— Koshki uni unutmoq mumkin bo‘lsa! — dard
bilan dedi Sultonmurod. — Dildor go‘zallar samosi-
ning oftobidir!
— U oftobni bulutlar qoplagan!
Sultonmurodning ko‘zlariga yana g‘am toshdi.
Zayniddin unga so‘z kor qilmasligini bilib, qo‘lidan
tortdi.
— Sen hali Hirotning xursandchiliklaridan xabar-
sizdirsen,— dedi u kuyunib.— Keksalar aytadiki, za-
monamizdagi Hirot hayoti Amir Temur va Ulug‘bek
Mirzo davridagi Samarqand hayotiga o‘xshamoqda...
Yur, men seni fohishalar bazmiga emas, ajoyib bir
jamiyatga olib borurmen: shatranj ustodlari bilan tan-
ishtirurmen.
Sultonmurod o‘midan turib, yaqinda bir mulozim
orqali Navoiy yuborgan yangi, qimmatbaho shohi
to‘n-ni kiydi. Qoziqqa ilingan sallani olib, boshiga
o‘rar-kan, dedi:
— Bir vaqtlar Samarqandda hatto shayx ul-islom
o‘z ziyofatlariga parivash ayol sozandalami taklif etar,
may ichar, shatranj o‘ynar ekan. Samarqandda tahsil-
da ekanmen, u vaqtiki hayot to‘g‘risida ajib hikoyalar
eshitmishdim.
Madrasa yonidagi maydonda qalin olomon Hirot
ning mashhur devonasi — mavlono Darvesh Shamrez-
ni qurshagan. Sochlari o‘sib yelkasiga tushgan, ko‘z-
lari yoniq, juldur kiyimli devonaning shuhrati baland
edi. Uni ko‘plar karomat sohibi, aziz odam, deb hur-
mat qilsalar, boshqalar uning go‘zal latifalari, hikmatli
so‘zlari, o‘tkir hajvlari uchun sevar edilar. Devona
baland ovoz bilan chiroyli g‘azallar o‘qir, axloqiy fikr-
lar so‘ylar, ayni zamonda birdan o‘tkir latifa, hazilga
o‘tib, hatto beadab so‘zlami ochiq gapirib, xalqni qat-
tiq kuldirar edi. Sultonmurod bilan Zayniddin devo-
nani qurshagan odamlar orqasida bir qancha vaqt
turib, so‘ngra jo ‘nadilar. Ular Kozargoh'ning katta
yo‘liga, Chashmai Mohiyonga boradigan yo‘lga
tushishdi. Yo‘lning har ikki tomonida bir-biriga tutash
Dostları ilə paylaş: