Ko‘ngillarda qayg‘u jo ‘sh urdi. Aziz xastani mahofaga
yotqizib, Hirot sari yurdik, hakimlar yo‘lda qon
oldilar. Le kin foyda bermadi. Yarim kechada bu mu-
borak manzilga yetib keldik... Ey voh, baqosiz falak!
Xondamir
ko‘z
yoshini
artib,
jim
bo‘ldi.
Hammaning boshi bukik, ko‘ngli siniq edi. Xondamir
hikoyasidan keyin hech kim og‘iz ochmadi. Hamma
dardli, og‘ir sukutga botdi.
Rangida qon qolmagan odamlar ustma-ust kelardi.
Tabiblar benihoyat g‘ayrat ko‘rsatar, yangi-yangilari
kelib, davolashga urinardilar.
Bu dard ilaki o ‘larmen m araz chu zohir emas,
Tabiblar bu baloga ne chora qilg ‘aylar?
Shoir o ‘z kasali haqida to ‘g‘ri aytgan ekan shekilli,
kasal soat sayin og‘irlashardi. Ertasi, yakshanba kuni,
tong chog‘ida shoir hayot bilan vidolashdi.
Bukun — hijriy 906-yil, 12-jumodiloxir — tarixda
ulug‘ motam kuni bo‘ldi. Butun Hirot hasrat bilan
uyg‘ondi. Qora xabar yuraklarga singdi, dardning
olovida ko‘mir bo‘lib yondi. Hamma o ‘z boshida
o‘lim ko‘lkasini sezar, iqror qilar, lekin ulug‘ shoir
uchun buni hatto faraz etishga ham botinmas edi
shekilli! Har bir hirotlik yolg‘iz o ‘z yuragida emas,
butun shaharda, butun mamlakatda qandaydir ezuvchi
bo‘shliq sezardi. G o‘yo hayotga ruh bag‘ishlagan,
narsalarga ma’no bergan nimadir g‘oyib bo‘ldi. Katta
bog‘lar, xiyobonlar, madrasalar, jomelar, maydonlar,
ko‘chalar xalq bilan lim-lim. Lekin butun shahar qan-
1 Podshohning aravasi m a’nosida.
4 8 7
daydir bo‘sh va o ‘ksiz... Qarilaming ko‘rkam soqolla-
Dostları ilə paylaş: |