ichib, goh bir zumgina sheriklariga qarar, mojaroning
tafsilotidan biron gap aytib, yana osharkan, birov
Navoiyning chaqirayotganini xabar qildi. Arslonqul
uch-to‘rt qoshiqni ustma-ust ichib, o ‘midan turdi.
Ustki lab oroyishi enlikkina tarashlangan m o‘ylabini,
qop-qora, qisqa, dag‘al soqolini qudratli dast panja
bilan artdi-da, yirik, hapqat odimlar bilan jo ‘nadi.
Atrofdagi harakat va shovqinlarga tamom beparvo
kabi, o ‘z chodirida nimadir yozib o ‘tirgan chol dil-
dorlik bilan qarshiladi.
— Gapir, sendan qiziq ishlar sodir bo‘lmoqda, —
dedi Navoiy ulug‘vor kulimsirab.
Arslonqul sarguzashtning o ‘tkir, rangli tomonlarini
kamtarlik bilan yashirishga tirishib, oddiy bir voqeani
hikoya qilganday aytib berdi.
— Boshi qani? — so‘radi Navoiy.
Arslonqul ko'zlarini katta ochdi.
— Ishonmaysizmi? Oti, qilichi, kamari dalil bo‘la
olmaydimi? Boshi qursin...
— Ishonamiz... — dedi va kulib davom etdi
Navoiy. — Ammo senga uning boshi qadar oltin
in’om qilmoq kerak edi. Zolimning boshi uchun oltin
bermoq g‘oyat savobli ish.
477
— Bu tomoni hech bir xotiramga kelmabdi-da, —
chayqalib qo‘ydi Arslonqul.
— Boshqa jihatdan hissasini chiqaramiz, — dedi
Navoiy qat’iyat bilan. — Sen qolgan umringni sipohi-
likka baxsh et. Biz xoqonga arz etib, seni yuzboshi
yoki mingboshi tayin ettirurmiz. Sen xalq o ‘g‘lisen.
Inshoollo, xalqqa foydali ishlar qilursen, navkarlami
yaxshi parvarish etib, yurtning osoyishtaligiga g‘ayrat
va himmatingni aslo ayamassen. Bu ñkrimni ma’qul
toparsenmi?
— Otang bolasi bo‘lma, el bolasi bo‘l, deganlar.
Dostları ilə paylaş: |