Asosiy qism



Yüklə 203,5 Kb.
səhifə7/10
tarix04.05.2023
ölçüsü203,5 Kb.
#107631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Evklid algoritmi

6.5. Tug`ma sonlar
Tug`ma sonlar deb quyidagi yo`l bilan hosil qilinadigan ketma- ketlikning chapdan eng birinchi elementiga aytiladi.
Misol: 13 natural sonni olib unga o`zining raqamlari yig`indisini qo`shamiz: 13+(1+3)=17. Bu songa ham o`zining raqamlari yig`indisini qo`shamiz: 17+(1+7)=25 va hokazo, 13 va hosil bo`lgan sonlardan ketma-ketlik tuzamiz.
Natijada 13, 17, 25, 32, 39, ... (1) ketma-ketlik hosil bo`ladi. Bu ketma-ketlikni o`ng tomonga istagancha davom ettirish mumkin. (1) ketma-ketlikning chap tomoniga ham sonlar yozish mumkinmi, degan savol qo`yamiz.
Buning uchun shunday son topish kerakki, u o`zining raqamlar yig`indisi bilan 13 ni bersin. Bunday son 11 dir. Endi shunday son topish kerakki, u o`zining raqamlari yig`indisi bilan 11 ni bersin. Bunday son 10 dir. Endi 10 ham o`z navbatida 5 va 5 ning raqamlari yig`indisidan ibo­rat. Lekin hech qanday son o`z raqamlari yig`indisi bilan 5 ni bera olmaydi. Demak, (1) ketma-ketlikni chap tomon­ga 5 gacha davom ettirish mumkin.
Shunday qilib, 5, 10, 11, 13, 17, 25, 32, 39, .;. (2) ketma-ketlikni hosil qilamiz va berilgan ta`rifga asosan 5 tug`ma son bo`ladi. (2) ketma- ketlikning hamma elementlari 5 dan tashqari ma`lum qoidaga asosan hosil bo`ladi. 5 soni esa «o`zi paydo bo`lganicha» qolib, undan oldin son paydo bo`lmaydi. Shuniig uchun ham uni tug`ma son deyilgan bo`lsa kerak.
Bir xonali tug`ma sonlar 1, 3, 5, 7 va 9 lar ekanligini osonlik bilan ko`rsatish mumkin. Shunday qilib, quyidagi ketma-ketliklarning birinchi hadlari tug`ma sonlardan iborat:
1, 2, 4, 8, 16, 23, 28, 38, 49, ...
3, 6, 12, 15, 21, 24, 30, ...
5, 10, 11, 13, 17, 25, 32, ...
7, 14, 19, 29, 40, 48, …
10 dan 19 gacha bo`lgan ikki xonali sonlarning birortasi ham tug`ma son bo`la olmaydi (o`ylab ko`ring).
Birinchi ikki xonali tug`ma son 20 dir, chunki raqamlarining yig`indisini qo`shganda 20 hosil bo`ldigan natural son mavjud emas. Natijada 20 tug`ma sondan boshlab quyidagi ketma-ketlik hosil bo`ladi: 20, 22, 26, 34, ...; endi 21 dan 30 gacha bo`lgan ikki xonali sonlarning birortasi ham tug`ma son bo`la olmaydi. Ikki xonali tug`ma sonlar quyidagilardir: 31, 42, 53, 64, 75, 86, 97. Bularning tug`ma sonlar ekan-ligini hisoblash bilan aniqlash oson.
Ko`p xonali tug`ma sonlar ham mavjud: 132, 143, 233, 929, 1952, 874531 va hokazo.

Yüklə 203,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin