Asosiy qisim Jomboy tuman "Agrobank" atb faoliyati to’g’risida



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə1/4
tarix17.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#84710
  1   2   3   4
hisobot 202 (3)


Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qisim

1.Jomboy tuman “Agrobank” ATB faoliyati to’g’risida.
2. “Agrobank” ATBning oxirgi uch yildagi moliyaviy xo’jalik faoliyatini tahlil qilish.
3. ATBning keying yillarda rivojlanish tendensiyasiga baho berish.
III. Xulosa
IV Foydanilgan adabiyotlar va internet saytlar


KIRISH
Banklar o‘zining faoliyati jarayonida hujjatlar bilan ish olib boradi. Buxgalteriya hisobida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan hech bir operatsiya hujjatsiz amalga oshirilishi mumkin emas, chunki hujjatlar mol-mulkning talon-taroj qilinmasdan to‘liq saqlanishini ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. Misol uchun, pul mablag‘larini bankka topshirish yoki bankdan olishni to‘liq to‘ldirilgan va oldindan tekshirilgan maxsus hujjatlar asosida amalga oshirilishi mumkin, o‘tkazib bo‘lingan operatsiyalarning naqadar to‘g‘riligi yoki qonuniyligi keyinchalik shu hujjatlar asosida tekshiriladi.
Hujjatlardagi operatsiyaning mazmuni, uni hisobga olish uchun kerak bo‘lgan barcha belgilar hujjatlarning rekvizitlari yoki ko‘rsatkichlari deyiladi. Hujjatlar va korxonalarda buxgalteriya hisobini olib borish haqidagi Nizomga muvofiq barcha hujjatlar uchun majburiy bo‘lgan rekvizitlar o‘rnatilgan. Hujjatlarning asosiyrevizitlari quyidagilar:
1. Hujjatning to‘liq nomi (masalan: to‘lov talabnomasi, to‘lov topshirig‘i)
2. Hujjatning to‘ldirish sanasi va uning nomeri.
3. Mahsulot sotuvchi va mahsulot oluvchi korxonalarning to‘liq nomi.
4. Shu korxona va tashkilotlarning bankdagi hisobvaraq nomerlari.
5. Ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklarning nomi, ularning kodi.
6. Operatsiyaning mazmuni.
7. To‘lanadigan summa (raqamlar va yozma ravishda).
8. Rahbar shaxslarning imzolari va korxonaning muhri.
Har bir hujjat xatosiz, yozuv mashinkalarida bir yo‘la bir necha nusxada to‘ldirilishi yoki komputerda terilishi kerak. Kassa operatsiyalari bo‘yicha ishlatiladigan hujjatlar bundan mustasno, bunday hujjatlar qo‘lda, ruchkalar yordamida to‘ldiriladi.
Bankda ishlatiladigan barcha hujjatlarni biz shartli ravishda 2 qismga bo‘lamiz.
1. Korxonalar tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjatlar.
2. Banklar tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjatlar.
Hujjatlarning asosiy qismi korxona va tashkilotlar tomonidan rasmiylashtirilib, banklarga topshiriladi. Korxona va tashkilotlar tomonidan to‘ldiriladigan hujjatlarga asosan naqd pulsiz hisob-kitob bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar: to‘lov talabnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov talabnomasining ro‘yxati, cheklar ro‘yxati, kassa operatsiyalari bo‘yicha esa pul topshirish haqidagi hujjat (e’lon) pul cheki kabilar kiradi. Har bir hujjatlarga korxona rahbari va buxgalterining imzolari qo‘yilib, ular muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Hujjatlar sodir etiladigan operatsiyalarning hajmiga ko‘ra oddiy va yig‘ma bo‘lishi mumkin. Oddiy hujjatlarda faqat bitta xo‘jalik operatsiyasi aks etadi, yig‘ma hujjatlarda esa bir necha operatsiyalar jamlangan bo‘ladi. Oddiy hujjatlarga to‘lov talabnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, akkreditiv ochish uchun ariza, kirim orderi va pul chekini misol qilish mumkin. Yig‘ma hujjatlarga esa yig‘ma to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov talabnomasining ro‘yxati, cheklar ro‘yxati, kassa kirim jurnali, kassaning chiqim jurnalini kiritish mumkin.
Bundan tashqari bajariladigan operatsiyalarning mazmuniga ko‘ra bank operatsiyalari bo‘yicha barcha hujjatlarni 3 guruhga bo‘lish mumkin:
1. Naqd pulsiz hisob-kitoblarda ishlatiladigan hujjatlar;
2. Naqd pul bilan bog‘liq bo‘lgan kassa hujjatlari;
3. Balansdan tashqaridagi hisobvaraqlarlar bo‘yicha hujjatlar.
Ma’lumki, har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z pul mablag‘larini biror bankda ochgan hisobvaraqda saqlaydi va barcha naqd pulli hamda naqd pulsiz operatsiyalari (pul to‘lash va pul kelib tushishi bo‘yicha) mana shu hisobvaraqlar orqali o‘tkazadi. Pul o‘tkazish mijozning topshirig‘i yoki mol jo‘natuvchi korxonaning to‘lov talabnomasi orqali bank xodimlari tomonidan bajariladi. Bu holda naqd pul ishlatilmaydi. Operatsiyalar hisobvaraqlardan yozuvlar bajarishorqali o‘tkaziladi. Shuning uchun bunday operatsiyalarda ishlatiladigan hujjatlarni naqd pulsiz hisob-kitoblarda ishlatiladigan hujjatlar guruhiga kiritamiz.
Bankda balans ichidagi hisobvaraqlar bilan bir qatorda balansdan tashqari hisobvaraqlar ham yuritiladi. Bunday hisobvaraqlarda asosan qimmatbaho hujjatlar hamda ba’zi bir bank operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar hisobga olinadi. Masalan, to‘lanadigan akkreditivlar, to‘lov muddatini kutayotgan hisob -kitob hujjatlari, o‘z vaqtida to‘lanmagan hujjatlar balans tashqaridan hisobvaraqlar bo‘yicha yuritiladigan hujjatlar jumlasidandir. Bu hisobvaraqlardagi qoldiq bank balansiga ta’sir etmaydi. Shuning uchun bunday hujjatlar balansdan tashqari hisobvaraqlar bo‘yicha hujjatlarga kiritiladi. Bu guruhlarning har biriga korxona va tashkilotlar tomonidan to‘ldirilgan hujjatlar hamda bank tomonidan to‘ldi rilgan hujjatlar kiradi. Bu hujjatlarning har biri haqida bundan keyingi mavzularda to‘xtalib o‘tamiz.
2. Banklarda hujjatlar aylanishini tashkil qilish.
Hujjatlar aylanishi operatsiyalarning qonuniyligi, hujjatlarning haqiqiyligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini hamda ularning hisobda to‘g‘ri aks ettirilishini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni o‘z ichiga oladi.Hujjatlarning rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab ular bo‘yicha operatsiyalar bajarilgunga qadar bo‘lgan vaqt ichidagi tartibli harakatiga bank operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishi deyiladi. Hujjatlar aylanishi bank operatsiyalarining o‘z vaqtida to‘g‘ri va qonuniy tarzda amalga oshirilishida katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun har bir bankda hujjatlarning aylanishi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqti grafiklarda aks ettiriladi.
Bankning har bir ish kunining 5-6 soati bevosita mijozlarga xizmat ko‘rsatishga ajratiladi. Kunning qolgan qismida esa avvalgi kun hisob materiallari tekshiriladi, shu kunning operatsiyalariga yakun yasa ladi va ertangi kun operatsiyalariga tayyorgarlik ko‘riladi. Shu kun kelib tushgan hujjatlar shu kunning o‘zida, kechki payt kelib tushgan hujjatlar esa ertasi kun o‘tkaziladi, chunki hujjatlar kechki pochta orqali kelishi mumkin. Hujjatlar aylanishi aks etgan grafiklarda bank operatsiyalarini bajaruvchi bank xodimlarining bir-biriga hujjatlarni uzatish, banklararo aylanmalar guruhsi, kassaga yoki bankning hisoblash markazlariga, ya’ni komputer bo‘limiga uzatish vaqtlari belgilanadi. Banklarda ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan asosiy talablar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan yo‘riqnomada o‘z ifodasini topgan. Yo‘riqnomada ko‘rsatilgantalabnomalar quyidagilardir:
– Operatsiya kuni davomida, ya’ni ish kunining birinchi yarmida bankka kelib tushgan barcha hisob-kitob, pul hujjatlari shu kunning o‘zida qabul qilinishi, rasmiylashtirilishi va buxgalteriya hisobi varaqlarida qayd etilishi kerak. Operatsiya kuni tugagandan keyin bankka kelib tushgan barcha hujjatlar qoida tariqasida kelasi ish kunida mijozlarning hisobvaraqlariga kiritiladi.
– Shaxsiy komputerlar yordamida fayllarga ishlov berish tartibi va ularniHisob-Markaziga jo‘natish vaqti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklari o‘rtasida elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha hisob-kitoblar yuritish to‘g‘risida”gi Nizom hamda unga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar asosida amalga oshirilishi lozim.
– Operatsiyalarning sifatli o‘tkazilishini tartibga solib turish uchun har bir bank bo‘limida doimiy ravishda bankka katta miqdorda hisob-kitob va pul hujjatlarini taqdim etuvchi asosiy mijozlardan hujjatlar qabul qilish qat’iy grafiklarini tuzish lozim.
– Operatsiya kuni davomida mijozlardan barcha hujjatlarni bevosita buxgalteriya xodimlarining o‘zlari qabul qilib oladilar. Operatsiya kuni tugagandan so‘ng, ya’ni kunning ikkinchi yarmida hujjatlar bankka maxsus qutilar orqali topshiriladi. Ulardagi hujjatlar har soatda olib turilishi kerak.

Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda. Agrobank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.


Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi bo'yicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi. Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat bo’lgan «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich» loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llab-quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit to’g’risida kelishuv imzolangan.
«VISA International» xalqaro to’lov tizimiga prinsipal a’zolikka o’tish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo’lga qo’yildi. Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KfV, YTTB, OTB va Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining (XTTB) kredit yo’nalishlarini jalb etgan. Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, Agrobank S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir. Agrobank Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash Assotsiatsiyasi (APRAKA) hamda Qishloq xo’jaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi (KIKA)ning teng huquqli a’zosi hisoblanadi. 2010 yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yig’ilishi va Ijroiya qo’mitasining 58-majlisi o’tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xo’jaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish bo’yicha konferensiya bo’lib o’tdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010–2012 yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin