Asosiy fondlarni baholash



Yüklə 30,75 Kb.
səhifə10/11
tarix14.12.2023
ölçüsü30,75 Kb.
#177394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
курс иши 2

Texnik to‘xtashlar asbob-uskunalarning buzilishi, texnik nosozligi, avariyaga uchrashi natijasida rejadan tashqari ular to‘xtashi hisoblanadi.
Texnologik to‘xtashlarga texnologik ohimni tozalashdagi tanaffuslar, texnologik oqim va transport uskunalaridagi tiqilishlardagi to‘xtashlar hisoblanadi.
Ko‘pincha, paxtaning navi qanchalik yuqori bo‘lsa, tolaning paxtadan chiqishi ham oshib boradi. Paxtaning namligi qancha yuqori bo‘lsa, uning metall bilan ishqalanish koeffitsienti oshib boradi va bu ko‘rsatkich uskunaning unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Paxtaning ifloslik darajasi qancha ko‘p bo‘lsa, asbob-uskunalarda tiqilish orqali to‘xtab turish ko‘payadi.
Tashkiliy to‘xtashlarga xom-ashyo elektro-energiya etishmasligi, asbob-uskunalar yuklanish darajasining to‘g‘ri tashkil etilmaganligi sababli asosiy oqimning to‘xtab turishidir.
Paxta tolasining mashina (yoki arra) soatda ishlab chiqarilishi miqdori jin uskunasidan foydalanish intensivligini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish intensivligini oshirish korxona ishlab chiqarish quvvatidan oqilona foydalanishning eng muhim amali hisoblanadi.
Paxta tozalash korxonalarida asbob-uskunalardan intensiv foydalanishni oshirish imkoniyatlariga jin bo‘lishi ishlab chiqarish quvvati bilan boshqa bo‘limlar ish quvvati o‘rtasidagi yuklanishning muvofiq kelmasligini bartaraf etish, sermehnat jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish, asbob-uskunalar holatini yaxshilash va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish sanaladi.
Har bo‘limlardagi o‘rnatilgan asbob-uskunalarning yuklanishi o‘rtasidagi tafovut jin mashinasi unumdorligiga salbiy ta’sir qiladi. Ko‘p hollarda bu kabi tafovut ishlab chiqarishga paxta xom-ashyosini uzatishda ro‘y beradi.
Asbob-uskunalar unumdorligini oshirish tadbirlarini amalga oshirish paxta tolasi va boshqa qo‘shimcha mahsulotlar sifatining doimiy oshib borishini ta’minlash bilan uyg‘un ravishda bo‘lmog‘i lozim. Ushbu paxta tozalash korxonalari texnologik jarayonini takomillashtirish, texnologik asbob-uskunalar asosiy qismlari konstruksiyasini yaxshilash paxta xom-ashyosini qurilish va tozalash hamda tola tozalash uskunalarining zamonaviy turlarini yaratish orqali erishiladi. SHunday qilib, paxta tozalash korxonalari ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash quyidagilar orqali erishiladi.
  • asbob-uskunalarni modernizatsiyalash va yangilash;


  • texnologiyalarni takomillashtirish;


  • xom-ashyo va elektroenergiya bilan to‘liq ta’minlash;


  • ishlab chiqarishga me’yor darajasidagi namlik va ifloslikka ega bo‘lgan xom-ashyoni uzatish;


  • doimiy ravishda reja-ogohlantirish ta’mirlash ishlarni tashkil etish va to‘g‘ri arra xo‘jaligi ishini tashkil etish;


  • texnik iqtisodiy rejalashtirish va boshqaruvni takomillashtirish;


  • ishlab chiqarishni tashkil etishga keng miqyosda ilg‘or ilmiy ishlab chiqarishni usullarini qo‘llash ishchilar va muxandis-texnik xodimlar malakasini oshirish.




Yüklə 30,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin