13
fatida, balki yaxlit madaniyat, ma’naviyatning shakllanishida ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U mada-
niyatning ilm-fan, san’at, axloq, siyosat kabi sohalarining rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Bu davrda diniy ilmlar sohalarida mintaqa shuhratini olamga tanitgan imom Buxoriy, imom Termi-
ziy, Nizomulmulk, dunyoviy ilmlar sohasida esa, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino hamda tasavvuf ma’naviy-
ma’rifiy ta’limoti sohasida Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib, Najmiddin Kubro, Ba-
houddin Naqshband va boshqa yirik alloma va mutafakkirlarning jamiyat taraqqiyoti rivojida ma’naviyat
hodisasining beqiyos o‘rni haqidagi qarashlari butun jahon ilmiy va falsafiy tafakkurining ravnaqiga ha-
yotbaxsh hissa qo‘shdi.
Abu Nasr Forobiy (873–950)
jahon ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixida “Sharq Aristoteli” (“Ikkinchi
muallim”) degan unvonga sazovor bo‘lgan mashhur qomusiy olimdir. Forobiy o‘zining ijtimoiy-falsafiy
qarashlarida jamiyatning vujudga kelish sabablarini, axloqning shakllanishi, inson va jamiyatning o‘zaro
munosabatini, insoniylik, adolatparvarlik, tarraqiyot, buyuk jamiyat, komil inson kabi mavzularni ilmiy-
nazariy jihatdan asoslashga harakat qilgan. Forobiy talqinicha, “…haqiqiy baxtga erishish maqsadida
o‘zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan shahar – fazilatli shahardir, baxtga erishish maqsadida
birlashgan kishilar jamoasi – fazilatli jamoadir. Baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam bergan xalq –
fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtaga erishish uchun bir-birlariga yordam bersalar, butun
yer yuzi fazilatli bo‘ladi”.
1
Demak, Forobiy ta’biricha, jamiyat va xalqlarning o‘zaro bir-biriga yordami,
teng huquqlilik, adolatparvarlik tamoyillari fozil davlatning ma’naviy yuksalishga xizmat qiladi.
Ibn Sino (980–1037) jahon xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrining buyuk namoyandasi, Sharqda “Shayx
ur-rais” (olimlar boshlig‘i) degan nom bilan shuhrat qozongan qomusiy olim – mutafakkiridir.
2
U tabib-
gina bo‘lib qolmasdan, o‘z davrining buyuk mutafakkiri, keyingi asrlar fani, madaniyati, adabiyotiga sal-
moqli ta’sir ko‘rsata olgan buyuk siymo edi. Ibn Sino ijodidagi ajoyib xususiyatlardan biri shu ediki, u
asarlarida o‘z davrining juda ko‘p ilg‘or g‘oyalarini aks ettira oldi. Abu Ali ibn Sino kamolotga erishish-
ning birinchi mezoni sanalgan bilimlarga yetishishni da’vat etgan. Chunki ilm-fan tabiat va jamiyat qonu-
niyatlarini ochib, avlodlarga yetkazadi. Bu maqsadga yetishish uchun inson qiyinchiliklardan qo‘rqmas-
ligi zarur, deydi. “Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo‘rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan
bosh tortgan kishi odamlarning eng qo‘rqog‘idir”.
3
Zero, bilimli kishi jasur, o‘limdan ham qo‘rqmaydigan,
faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo‘ladi, deydi u fikrini davom ettirib.
Nizomulmulk (1018–1092)
oqilona va adolatli davlat boshqaruvi tufayli Malikshohning nomi tarix-
da qoldi. U “…davlatu donish va ezgu rasm-u odat yorug‘ shamga o‘xshaydi. Va odamlar shu yorug‘likda
yo‘llarini topib, qorong‘ilikdan chiqadilar”.
4
Asar hozirgi davr siyosatchilari, davlat amaldorlari va mansabdor kishilarga, umuman, o‘tmish tari-
ximizga qiziquvchi barcha o‘quvchilarga ma’naviy ruh va kuch beradi, deb o‘ylaymiz.
Muxtasar qilib aytganda, yuqorida ko‘rib chiqqan ma’naviy yangilanish to‘g‘risidagi mutafakkirlar
fikrlari, nafaqat O‘rta Osiyo, balki jahon xalqlari ma’naviy yuksalish tarixining ajralmas qismiga aylandi.
Ushbu g‘oyalar ijtimoiy muhit, inson munosabatlarini o‘rganish, mavjud olamni bilish va uni o‘zgartishga
bo‘lgan uzluksiz intilish jarayonida shakllanib, rivojlanib borganini va xalqlarning ilmiy tafakkurining
o‘sib borishi, ma’naviy yuksalib borishi, inson kelajagi haqidagi g‘oyalarni olg‘a surish va amalga oshi-
rish uchun xizmat qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: