Aristotelning sotsiologiya faniga qo’shgan hissasi Reja



Yüklə 196 Kb.
səhifə2/5
tarix19.01.2023
ölçüsü196 Kb.
#79717
1   2   3   4   5
Aristotelning sotsiologiya faniga qo’shgan hissasi

O‘rta asrlar. Feodal tuzumi davrida cherkov mafkurasining hukmronligiga qaramay ijtimoiy-siyosiy fikrda jamoatchilik fikriga alohida e'tibror qaratilgan. Aynan klassik feodalizm davrida “jamoatchilik fikri” tushunchasi paydo bo‘lgan. U birinchi bo‘lib ingliz yozuvchisi va davlat arbobi Solsberi tomonidan XII asrning ikkinchi yarmida qo‘llanilgan. U jamoatchilik fikrini parlamentning ma'naviy vqa ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi vositasi sifatida ishlatgan. Garchi mazkur tushuncha, o‘sha davrda keng qo‘llanilmagan bo‘lsada, jamoatchilik fikri fenomeni uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Angliyadan mazkur tushuncha boshqa mamlakatlarga yoyila boshladi va XVIII asrga kelib umum tomonidan qabul qilindi. Fransiyada jamoatchilik fikri (commune opinion) XII — XIII asrlardan boshlab ilmiy adabiyotlarda ishlatilgan
Feodal tuzumning yemirilishi davrida qadimgi yunon mutafakkirlarining jamoatchilik fikri borasidagi qarashlari rivojlanishda davom etadi. Misol uchun XV asrda Italiyadagi gumanistik fikr jamoatchilik fikrining jamiyat hayotidagi ahamiyatini ifoda etib, fuqarolik gumanizmi yo‘nalishi shakllandi. Ularning yorqin namoyondalari L. Bruni, M. Palmieri, A. Rinuchchini hisoblanadi10. Fuqarolik gumanizmi davomchilari Florentiya respublikasining demokratik boshlanishlari uchun kurashishgan. Ular teng huquqli fuqarolarning davlat boshqaruvida bir xil imkorniyatlarga ega bo‘lishlari uchun kurashishgan. L. Bruni11 Aristotel kabi boshqaruvchi sardorni demokratik usulda tanlash tarafdori bo‘lgan. U boshqaruvdagi shaxschlarning tez-tez almashib turishi holatida fuqarolarning tengligini, hamda tironiyadan saqlanish va demokratiyani o‘rnatish usulini ko‘rgan.
Feodalizm davrida ekspluatatsiyaga qarshi bo‘lgan ko‘pgina qarashlar paydo bo‘ldi. Ularning asosini utopik sotsializm va kommunistik g‘oyalartashkil etgan. O‘zining ilk paydo bo‘lish bosqichlarida mazkur g‘oyalar diniy ta'limotlar sifatida yoki ularning ichida, xalq og‘zaki ijodida shakllangan. Ko‘p hollarda ular patriarxal demokratiyaning (T.Myunser, taboritlar, anabaptistlar) tarafdorlari bo‘lgan.
Jamoatchilik fikrini o‘rgangan olim V. Korobeynikovning ta'kidlashicha, feodalizm o‘zining bo‘linish xususiyati tufayli jamoatchilik fikrining guruhlar fikri sifatida qaror topishi va shakllanishida o‘z izini qoldirdi. Bu diniy omillar bilan ham aniqlangan. Jumladan, yevropada katolik cherkovining hokimiyati va nufuzi, siyosiy va jamoatchilik fikrining nisbiy harakatsizligi, fikr almashuvi imkoniyatining cheklanganligi.
Bu davrda jamoatchilik fikri diniy mushohadalar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. O‘rta asrlarning so‘ngida bu holat yacherkovni isloh etish uchun asos bo‘ldi. Feodal davlatning siyosiy tashkiloti jamoatchilik fikri sub'ektiga o‘z ta'sirini ko‘rsatgan. Monarxning fikri dvoryanlar va diniy rahnamolarning manfaatlarini ifodalagan. Misol uchun Lyudovik XIV davrida, G.Tardning yozishicha, “monarxning qarorlari saroy ayonlarining fikrini birinchi navbatda inobatga olgan, shaharning fikriga e'tibor berilmagan, provinsiyalarning ovozi esa umuman yo‘q deb sanalgan”.
“Jamoatchilik fikri” tushunchasining ilmiy jihatdan qaror topishi va ishlab chiqilishi XVII—XIX asrlarga to‘g‘ri keladi. XIXasr so‘ngiga qadar jamoatchilik fikri falsafaning muammosi sifatida ko‘rilgan. T.Mor va T.Kampanellaning bu borada yaratgan asarlari va fikrlarini misol qilishimiz mumkin12
.
T.Mor o‘zining “Utopiya” asarida barcha milliy kulfatlarning sababi sifatida xususiy mulkni ko‘rsatgan. Uning fikricha, bunday sharoitda davlat boshqaruvi adolatli va baxtli bo‘la olmaydi. Ammo shu bilan birgalikda u xalqning erki va fikrlarini jilovlab turuvchi institutlarning mavjudligi yoqlaydi – quldorlik, sotsial ierarxiya, yuqori knyaz hokimiyati va h.k.
Kampanella esa sotsial tenglik tamoyillarini ishlab chiqadi va yigirma yoshdan oshgan barcha fuqarolarning davlat boshqaruvi borasida o‘z fikrlarini bildirishi imkoniyatini yoqlab chiqadi. Uning fikricha, mansayubdor shaxslarning almashinuvi xalq irodasiga asoslanishi lozim.

Yüklə 196 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin