Arduino taraqqiyoti ma’ruza 4 Mavzu: Analog signallarni o’qish


Haroratni sezish uchun analog sensorlar bilan ishlash



Yüklə 398,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix17.09.2023
ölçüsü398,99 Kb.
#144780
1   2   3   4   5
Analog signallar bilan ishlash

Haroratni sezish uchun analog sensorlar bilan ishlash 
Bu oddiy misolda oldingi bo'limda aytib o'tilgan TMP36 harorat sensori ishlatiladi. Biroq, 
har qanday analog sensorni ishlatishingiz mumkin. Loyihani boshlash uchun, RGB LEDni 
sim bilan quyidagi rasmda keltirlgan sxemadagidek ulang. TMP36 sensorining analogli 
signal chiqish pini Arduinoning A0 piniga ulangan. 


Ushbu sxemadan foydalanib, siz oddiy haroratni ogohlantirish tizimini yaratasiz. Harorat 
qabul qilinadigan diapazonda bo'lganda yashil rangda yonadi, juda qizib ketganda qizilga
sovuqda esa ko'k rangga aylanadi.
Birinchidan, siz har bir diapozon uchun chegaraviy qiymatlarni aniqlashingiz 
kerak. Normal xona taxminan 20 ºC ni tashkil qiladi, bu taxminan 143 analog sigal 
qiymatiga to'g'ri keladi. Ushbu holatda, 143/1023 qiymati taxminan 700mV kuchlanishli 
kirishga to'g'ri keladi. TMP36 sensorining ma'lumotlar jadvalidan kelib chiqib, harorat (ºC) 
va kuchlanish (mV) o'rtasida aylantirish uchun quyidagi tenglamadan foydalanish 
mumkin: 
Harorat (ºC) x 10 = kuchlanish (mV) - 500 
Biz yuqori va pastgi chegaralarni 22 ºC va 18 ºC deb belgilaymiz. Yuqoridagi grafikka 
ko’ra ushbu temperaturalar 147 va 139 analog qiymatlarga teng bo’ladi. Shularning 
barchasini inobatga olib, quyidagicha dastur yozamiz. 
//Harorat ogohlantirishi tizimi! 


const int KLED=9; //Ko’k LED – 9-pinda 
const int YLED=10;
// Yashil LED – 10-pinda 
const int QLED=11;
// Qizil LED – 11-pinda 
const int TEMP=0; //Temperatura Sensori A0 pinda
const int QUYI_CHEGARA=139; //Quyi chegara 
const int YUQORI_CHEGARA=147; //Yuqori chegara 
int analog_qiymat = 0;
void setup() 

pinMode (KLED, OUTPUT);
pinMode (YLED, OUTPUT);
pinMode (QLED, OUTPUT);

void loop() 

analog_qiymat = analogRead(TEMP); 
if (analog_qiymat < QUYI_CHEGARA) 

digitalWrite(QLED, LOW); 
digitalWrite(YLED, LOW); 
digitalWrite(KLED, HIGH); 

else if (analog_qiymat > YUQORI_CHEGARA) 

digitalWrite(QLED, HIGH); 
digitalWrite(YLED, LOW); 
digitalWrite(KLED, LOW); 

else 

digitalWrite(QLED, LOW); 
digitalWrite(YLED, HIGH); 
digitalWrite(KLED, LOW); 




Bu dastur hech qanday yangi tushunchalarni ishlatmaydimaydi; aksincha, u atrof -muhit 
bilan o'zaro aloqada kirish va chiqishlardan foydalanadigan tizim yaratish uchun shu 
paytgacha o'rganganlaringizni birlashtiradi. Buni sinab ko'rish uchun harorat sensorini 
qo'lingizda siqib qo'ying yoki qizdirish uchun nafas chiqaring. Sovutish uchun ustiga 
puflang. 

Yüklə 398,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin