Applications in the construction of varnish-paint materials



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.11.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#164107
1   2   3   4   5
Gadoyeva Olmaxon Po’latovna


часть
3
 
«
Научный импульс
»
Мая 
, 2023
1722 
Lok-bo’yoq materiallar deb qurilish buyumlari yoki konstruksiyalarining yuzasiga 
suyuq holatda yupqa qatlam qilib surtiladigan hamda quriganidan keyin qoplab turadigan 
qattiq parda hosil qiladigan tarkiblarga aytiladi. 
Lok-bo’yoq materiallari bo’yoqlarga, loklarga va yordamchi materiallarga bo’linadi. 
Ularning asosiy komponentlari pigmentlar, to’ldirgichlar va bog’lovchi moddalar 
hisoblanadi. 
Pigmentlar va to’ldirgichlar bo’yovchi tarkiblarga ma’lum rang, noshaffoflik berish 
mexanik xossalarini yaxshilash hamda xizmat muddatini uzaytirish uchun mo’ljallangan *2+. 
Mayda tuyilgan, suv va organik eritgichlarda (moy,spirt va skipidarda) va bog’lovchi 
materiallarda erimaydigan lekin ular bilan aralashib bo’yovchi tarkiblar hosil qiladigan 
rangli kukunlarga pigmentlar deb aytiladi. Pigmentlar mineral va organik pigmentlarga 
bo’linadi. O’z navbatida mineral pigmentlar ham tabiiy va sun’iy pigmentlarga bo’linadi *3+. 
Qurilishda asosan mineral pigmentlar ko’prok ishlatiladi. Ular atmosfera ta’siriga 
yaxshi chidaydi, kimyoviy barqaror, yorug’lik ta’sirida tez o’zgarmaydi. 
Tabiiy mineral pigmentlar rangli tog’ jinslarini mexanik ishlov berish ya’ni to’yish yo’li 
bilan olinadi. Eng ko’p tarqalgan tabiiy oq pigment – bo’rdir. Sariq pigmentlarga oxra 
(ozgina miqdorda temir oksidi bor loy) kiradi. Qizil pigmentlar ichida temirli surik (tarkibida 
temir oksidi 75% dan ortiq bo’lgan ruda) va rangi och qizildan to’q jigar ranggacha bo’lgan 
mo’miyolarning nomlarini aytib o’tish lozim. 
Umbra-temir oksidi va marganes bilan bo’yalgan loy, jigar rang pigment hisoblanadi. 
Grafit va marganes rudasi tabiiy qora pigmentlarga kiradi [4]. 
Sun’iy mineral pigmentlar mineral xom ashyoni ximiyaviy yo’l bilan qayta ishlash 
orqali olinadi. Oq pigmentlar ichida ruxli, litoponli va titanli belila keng tarqalgan. Sariq 
pigmentlarga ruxli va qo’rg’oshinli kron (qo’rg’oshinli kron, limon-sariqdan to’q sariqqacha 
bo’lgan ranglarni nozik turlariga ega), qizil pigmentlarga qo’rg’oshinli surik, ko’k 
pigmentlarga ult’ramarin – kaolin, oltingugurt, glauber tuzi, ko’mir va trepel aralashmasini 
kuydirish natijasida hosil bo’ladi. Bo’yoqchilik lazuri temir kuporosi kaliy ferricionit 
K43O[Fe(CN)48O] kislotasining temir tuzidir. Yashil pigmentlarga qo’rg’oshin -xromli yashil 
bo’yoq, xrom oksidi, ruxli yashil bo’yoq ko’prok ishlatiladi. 
Lok-bo’yoq materiallar bino va inshootlar qurilishida ularni bezash va atmosfera, 
agressiv muhitlaridan himoyalash maqsadida ishlatiladi [5]. 
Respublikamiz hududida joylashgan arxitektura yodgorliklari qurilgan vaqtda ichki va 
tashqi tomondan lok-bo’yoq tarkiblar bilan bezak berilgan. Ushbu bo’yoq tarkiblari asosan 
tabiiy moylardan, pigmentlar va bo’yoq xossalarini yaxshilovchi komponentlardan tashkil 
topgan.
Tabiiy bog’lovchilar zig’ir, kanop, masqar va shu kabi o’simliklar moyini qaynatib, 
maxsus ishlov berilib tayyorlangan va ularni qurishini tezlatish uchun maxsus eritmalardan 
foydalanilgan [6].
Bo’yoq tarkiblariga rang beruvchi pigmentlar tabiiy toshlar, giltuproq, tuzlar va 
minerallarga ishlov berib tayyorlangan va shu sababli ular ob-havo, quyosh nuri ta’siriga 


Международный
научный
журнал

10
(100), 
Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin