ONA TILI VA ADABIYOTI
-
Kumush qishdan, zumrad bahordan qolishmaydi kuzning ziynati.
Ushbu gapdagi tobe bog'lanishlar sonini aniqlang.
-
6 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 7 ta
-
Dunyodagi eng ulug' martaba eng ulug' sharaf Vatan ozodligi uchun xizmat qilish deydi A.Oripov
Berilgan ko'chirma gapli qo'shma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda to'g'ri berilgan?
-
“, -”, -. B) “ -” -.
C) “, ”, -. D) “ - ,”, -.
-
Qaysi javobdagi so'zlarning barchasi noto'g'ri yozilgan?
-
laxja, xarorat, majruh
-
laxja, xarorat, majrux
-
laxja, harorat, majrux
-
lahja, xarorat, majrux
-
Sanab sanog'iga yetolmagandi.
Ushbu gapdagi so'zlar tarkibida nechta tovush o'zgarishi yuz bergan?
-
3 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta
-
Paytga xoslik ma'nosini bildiruvchi o'zaro zid ma'noli sifatlarni aniqlang.
-
bugun - ertaga
-
ichki - tashqi
-
kecha - kunduz
-
yozgi - qishki
-
Shuni bilingki, hasharotlar chirindilar orasiga qishlaydi.
Ushbu gapda asosi ismlar guruhiga mansub bo'lgan nechta sodda yasama so'z qatnashgan?
-
3 ta B) 4 ta
C) 1 ta D) 2 ta
-
Qaysi gapda paronimlar bilan bog'liq xatolik mavjud?
-
Bu kasallikning da'vosini topish uchun olimlar astoydil izlanishmoqda.
-
Yo'l yoqasidagi azm yong'oqlar, sizlar ham yaxshi qoling.
-
Mevasini ko'tarolmagan olma shohi qarsillab sinib tushdi.
-
Xalqimiz uchun o'sha davrlarda e'tiqod, islom kabi tushunchalar butunlay yot edi.
-
Ona Vatanga muhabbat, xalq va millat birligi, yurt istiqboli, hayot farovonligi va tinchligini dildan jo'shib, yonib kuyladilar.
Mazkur gapda qaysi bo'laklar uyushib kelgan?
-
kesim; 2) ega; 3) to'ldiruvchi; 4)aniqlovchi; 5) hol.
-
1, 2, 3 B) 2, 3, 4
C) 1, 4, 5 D) 3, 4, 5
-
Qaysi javobdagi gapda hisob so'z ishtirok etmagan?
-
Ovqatga bir qoshiq tuz soldim.
-
Qo'shnimiz tomchi ukoldan keyin ancha o'ziga kelib qoldi.
-
Og'zidagi bir luqma oshni ham yuta olmadi.
-
Ayvonning ustuniga bir shoda qalampir osib qo'yilgan edi.
-
Qaysi gapda ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan ega ishtirok etgan?
-
Bugun Shodiya oq shoyi ko'ylagini kiyib keldi.
-
To'ybekaning tanlovidagi yutug'i hammani xushnud etdi.
-
Shohning dilrabo baytlari misol oh tortib turnalar tizilar gohi.
-
Yelkamizga oftobning tegganligi rost bo'lsin.
-
O'zaro bir xil so'z turkumiga mansub bo'lgan tub so'zlar qatorini aniqlang.
-
toliqmoq, oqarmoq, o'zgarmoq
-
toychoq, kelinchak, bo'taloq
-
changitish, oqarinqiramoq, qayg'urmoq
D) qahqaha, qo'zichoq, pirpirak
-
Bu g'ayratli va ishbilarmon chorvador baquvvat qo'llari bilan dilkash suhbatdoshini beg'uborlik va iliqlik bilan quchib, samimiy ko'rishdi. Berilgan gap tarkibidagi sodda yasama otlar qanday gap bo'lagi vazifasida kelgan?
-
ega, to'ldiruvchi, hol B) ega, to'ldiruvchi
C) ega, hol, kesim D)aniqlovchi, to'ldiruvchi
-
Yasalish asosi ham, yasovchi vositasi ham shakldoshlik xususiyatiga ega bo'lgan so'zni toping.
A)kechik B) quymoq C) bo'g'ma D) qaytim
-
Gapirganda avvalgi baland ovoz bilan emas, shivirlab gapirdi.
Ushbu gapdagi yasama so'zlar haqida berilgan noto'g'ri ma'lumotni toping.
-
Gapda ravishdan yasalgan sifat ishtirok etgan.
-
Gapda taqlid so'zdan yasalgan fe'l ishtirok etgan.
-
Gapda otdan yasalgan fe'l qatnashgan.
-
Gapda sifatdan yasalgan ravish qatnashgan.
-
Qaysi gapda fe'lning barcha vazifa shakllari ishtirok etgan?
-
Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, shuning uchun sha'ningizga dog' tushiradigan ish qilmang, - dedi kuyunib.
-
So'rida ko'rpachani yig'ishtirib olib, mehmonlar kelguncha yakandoz to'shab, joy soldi.
-
Orqa tomonda o'tirgan Dilbar o'zini tutolmay kula boshladi.
D) Necha kundan beri qattiq esayotgan shamol tinavermagach, tog'ga chiqishni qoldirdi.
-
Hamma narsa uylar devorlar daraxtlar qorong'ulikka jimgina cho'kkan Ushbu gapdagi tushirib qoldirilgan tinish belgilarini to'g'ri ketma-ketlikda belgilang.
-
ikki nuqta, vergul, tire, nuqta
-
tire, vergul, tire, nuqta
-
ikki nuqta, vergul, vergul, nuqta
-
tire, vergul, vergul, nuqta
-
O'ch, band, bo'sh, ko'k
Berilgan so'zlardan nechtasi turli turkum doirasida shakldosh bo'la oladi?
-
1 tasi B) 4 tasi
C) 2 tasi D) 3 tasi
-
Quyidagilardan otlashgan sifatlar qatnashgan gaplar sonini toping.
1) Yoshroqlari olovdan uzoqroq o'tirar edi;
-
Bilimli biladi bilim hurmatin;
-
Havo sof, bog' ko'm-ko'k;
-
Ilg'orlarga mukofotlar topshirildi;
-
Katta odamga katta bo'l.
-
2 ta C) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta
-
“Qo'li bog'liq yashashdan o'lim a'lodir, Bosqinchi yov o'limga mahkum balodir”. Ozodlik haqidagi ushbu misralar qaysi adibning asaridan olingan?
-
“Ishonma” (Musa Jalil)
-
“Mardlik afsonasi” (Shuhrat)
-
“Onaginam” (Mirtemir)
-
“Nil va Rim” (Usmon Nosir)
-
“Firoqnoma” muashshari muallifini aniqlang.
A) Uvaysiy B) Nodira C) Fuzuliy D) Lutfiy
-
Ajdahor deganing bitta ilon-da, Bir ilonning nima ham quvvati bor?! Parcha qaysi xalq dostonidan olingan?
A) “Ravshan” B)“Kuntug'mish”
C)“Alpomish” D)“Rustamxon”
-
Yordamga muhtoj odamning yoniga bir zumlik qo'rquv yo'lamagan, mo'rt barg kabi hayot sinovlariga bardosh berolmagan qahramon nomi keltirilgan javobni aniqlang.
A) Akbarali B) Bo'rixon
C) Nizomjon D) Bektemir
-
Asqad Muxtorning qalamiga mansub to'plamni belgilang.
A) “Quyosh maskani” B)“Quyoshni ko'ryapman”
C)“Shoshma, quyosh” D)“Quyosh belanchagi”
-
“Odamning chiqiti bo'lmaydi” kabi mashhur misralar muallifini aniqlang.
A) Abdulla Qahhor B)Cho'lpon
C)Abdulla Qodiriy D)Said Ahmad
-
Odil Yoqubovning hikoyalari berilgan javobni toping.
A) “Chin muhabbat”,“Olma gullaganda”
-
“Dastlabki qadam”, “Ikki muhabbat”
-
“Adolat manzili”, “Diyonat”
D) “Bir koshona sirlari”, “Muzaffar Temur”
-
U vaqtli adabiyotda Julqunboy, Ju-boy, Dumbulboy, Dumbulnisa kabi maxfiy imzolar bilan asarlar bitgan. Ma'lumot qaysi adib haqida?
A) Abdulla Qahhor B) Cho'lpon
C)Abdulla Qodiriy D) Abdurauf Fitrat
-
Qaysi qatorda Mirmuhsinning doston janrida bitilgan asari keltirilmagan?
A) “Nevara” B) “Qamar”
C) “Irmoqlar” D) “Shiroq”
-
Qaysi asarda “Luqmon va uning xojasi” nomli hikoyat uchraydi?
A) “Bo'ston” B)“Qutadg'u bilig”
C)“Qissasi Rabg'uziy” D)“Guliston”
-
Qaysi ijodkor “Bayrog'imga qon bilan yozgan ontim undar olg'a borishga” misralarini o'z she'rida keltiradi?
A) Musa Jalil B)Usmon Nosir
C)Cho'lpon D)G'ofur G'ulom
-
“Taviz ul-oshiqin” devoni muallifini aniqlang.
A) Munis C) Lutfiy
C) Ogahiy D) Xoja