Anor anordoshlar (anorgullilar oilasi)ga mansub, subtropik meva oʻsimligi; boʻyi 2-10 m daraxt yoki buta. Vatani Oʻrta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Afgʻoniston



Yüklə 19 Kb.
tarix18.04.2023
ölçüsü19 Kb.
#100248
Anor – anordosh


Anor – anordoshlar (anorgullilar oilasi)ga mansub, subtropik meva oʻsimligi; boʻyi 2-10 m daraxt yoki buta. Vatani Oʻrta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Afgʻoniston; yovvoyi turlari Oʻrta dengiz atrofi, Oʻrta Osiyoning janubida, Qrim, Kavkaz, Eron, Afgʻoniston, Old Osiyo va Dogʻistonda uchraydi. Oʻzbekistonda Quva, Namangan, Denov va Kitob (Vargʻanza) tumanlari aʼlo sifatli anorlari bilan mashhur.Botanik tavsifi. Barglari mayda, nashtarsimon, shoxlari tikanli (shirin mevalisida tikani kamroq). Iyun-iyulda gullaydi. Gullari ikki jinsli, yirik (diametri 8sm gacha), och qizil, shoxi uchida bitta, ikkita, baʼzan beshtagacha joylashadi. Urugʻchisi (onaligi) normal rivojlangan, koʻzachasimon guli meva tugadi, urugʻchisi qisqa, qoʻngʻiroqsimon gullari odatda meva tugmaydi.Anor chetdan changlanadi. Mevasi yirik, dumaloq, qizgʻish (qizil poʻst) yoki oqish (oq poʻst)boʻlib, ogʻirligi 250-1000 g keladi. Mevasi 6-12 uya (xona) li, doni och pushti yoki toʻq qizil.Taʼmi shirin, chuchuk-nordon va nordon, sersharbat (40-60%), tarkibida 14-21% qand, 0,3-9% limon kislota, tanin, vitamin V, S bor. Poʻsti 29-50%, doni 10–20% ni tashkiletadi. Mevasi, poʻsti, ildiz poʻstlogʻida 28% gacha oshlovchi moddalar bor.Xoʻjalik ahamiyati. Anor asosan,meva sifatida isteʼmol etiladi. Anordan qandolat va tibbiyotda keng foydalaniladi, teri oshlashda va gazlamalarni boʻyashda ishlatiladi. Gulbargi va meva poʻstidan boʻyoq, donidan sharbat tayyorlanadi. Yovvoyisidan limon kislota olinadi. Baʼzi turlari xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladi.Biologik xususiyatlari: anor asosan, qalamchadan koʻpaytiriladi. Unumdor qumoq, nami yetarli tuproqlarda yaxshi oʻsadi. Qurgʻoqchilikka chidamli,lekin namsevar. Yerning unumdorligiga qarab, koʻchat oraligʻi 4×4 va 5×4, tomorqalarda 3×3 m qilib ekiladi. Oʻzbekiston sharoitida kech kuzda xashak, qamish bilan yopiladi yoki tuproqqa koʻmilib, bahorda ochiladi. Vegetatsiya davri 180-215 kun. Yozdan kuzgacha gullaydi.Mevasi 120-160 kunda – sentabrning ikkinchi yarmida pishadi. – 15°, – 17°C sovuqqa chidaydi, – 20°C da yer usti qismi (tanasi)ni sovuq urib ketadi. Anor 3-4 yoshdan meva tuga boshlaydi, 8-10 yoshdan toʻliq hosilga kirib, 30-40 yil meva beradi. Hosildorligi 200 s/ga gacha boradi.Agrotexnikasi: anor koʻchati ekilganidan keyin birinchi yildanboshlab 30-40 sm balandlikda 4-5 ta asosiy shox qoldirib pastboʻyli daraxt koʻrinishida yoki 3-4 asosiy shox qoldirib butasimon shakl beriladi. Har yili qurigan, nimjon rivojlangan, eskirgan oʻzak novdalar kesib turiladi. Vegetatsiya davrida 6-10 marta sugʻoriladi, qator oralari yumshatiladi, begona oʻtlardan tozalanadi, oziqlantiriladi.Navlari. Kolleksiyalarda anorning 69 navi hisobga olingan. Lekin Oʻzbekistonda ixtisoslashgan xoʻjaliklarda asosan achchiqdona va qozoqi anor koʻp ekiladi, qayin anor, qizil anor, oq dona, ulfi va boshqa navlari ham keng tarqalgan. Achchiqdona bu – jaydari nav boʻlib, mevasi 400-600 g, mazasi nordon, sharbati qizil, tarkibida 15-16% qand bor. Poʻsti qalin, 5 oygacha yaxshi saqlanadi. Tupi 30-35 kg hosil beradi. Fargʻona vodiysida keng tarqalgan.Qayin anor – jaydari nav boʻlib, mevasi yirik (500-700 g). Nordon-xushxoʻr, sharbati qizgʻish. Tarkibida 19-20% qandbor. Poʻstining qalinligi oʻrtacha,martgacha saqlanadi. Tupi 35-40 kg hosil beradi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida bor.Qizil anor bu ham jaydari nav. Sharbati tarkibida qand 15-16%, poʻsti yupqa, uzoq saqlashga chidamsiz.Qozoqi anor xalq seleksiyasi yoʻli bilan yetishtirilgan. Mevasi 250-300 g, ayrimlari 600-700 g.Mazasi nordonshirin, sharbati qizil. Tarkibida 18-19% qand bor. Poʻsti qalin, 6 oygacha saqlanadi. Tupi 50-60 kg hosil beradi. Toshkent, Andijon, Surxondaryo viloyatlarida keng tarqalgan.Oq dona (shirin anor) anor – jaydari nav. Mevasi 250-350 g, ayrimlari 500-600 g. Mazasi shirin, sharbati pushti, tarkibida 19-21% qand bor. Poʻsti yupqa yoki oʻrtacha qalinlikda, qizgʻish-pushti, baʼzisi oq, 2-3 oy saqlanadi. Tupi 25-30 kg hosil beradi. Oʻzbekistonning koʻpchilik viloyatlarida oʻstiriladi.Zararkunandalari – mevaxoʻrlar, bitlar, kanalar; Kasalligi – novdalar qorasoni.
Yüklə 19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin