Annotatsiya: Ushbu kurs ishi Eron hududidagi eng qadimgi davlatlarning yuksalishi, rivojlanish bosqichlari, tarixi va hududlari haqidagi ma’lumotlarni yoritib beradi. Denov-2022 mundarij a kirish



Yüklə 150,09 Kb.
səhifə6/7
tarix24.12.2023
ölçüsü150,09 Kb.
#193073
1   2   3   4   5   6   7
og\'abekk

.


2.2.Qadimgi Eron madaniyati
Qadimgi Eron mafkurasida er. avv. I ming yillikda shakllangan diniy ta'limot zardushtiylik muhim o’rin egalladi. Zardushtiylik Midiya podshosi Astiag davridayoq rasmiy dinga aylangan edi. Zardushtiylik dinining koxinlari diniy an'ana urf-odat va rasm-rusumlarni saqlovchi maglar bo’lgan. Zartushtiylik odamlarni qurbonlik qilishni taqiqladi, odamlarni bir-biriga mehribon bo’lishni targ’ib qildi. Doro I er. avv. 520-yil atrofida zartushtiylikni rasmiy davlat dini deb e’lon qildi.
Forsda qadimgi zartushtiylik tabiat xudolari Mitra (quyosh xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik xudosi) va yorug`lik, oy, shamol qabilarni o’zida ifodalagan xudolarga sig`inilgan. Fors podsholari zardushtiylikning afzalligini tan olib, rasmiy din sifatida qabul qilgan bo’lsalarda eng qadimgi xudolardan voz kechmaganlar.
Axmoniylar boshqa dinlarga ham homiylik qilganlar. Doro I Bobil, Elam va Yaxudiyadagi buzib tashlangan ibodatxonalarni qayta tiklashga buyruq beradi. Misr ishgol qilingach, Kambiz Misr urf-odatlari bo’yicha toj kiydi. U Sais shahridagi ma'buda Neyt ibodatxonasida diniy marosimlarga qatnashadi. Doro 1 o’zini ma'buda Neytning o’gli deb e'lon qiladi, xudo Amon va boshqa Misr xudolariga bagishlab ibodatxonalar quradi.
Diniy e'tiqodni markazlashtirish maqsadida Kserks (er. avv. IV asr) Eronda diniy islohot o’tkazadi. U Mitra, Anaxita va Zardusht inkor qilgan boshqa qadimgi ibodatxonalarni yo`q qilmoqchi bo’ladi. Bu islohot o’z maqsadiga erishmaydi, yarim asrdan so’ng, qadimgi xudolarga sig`inish yana keng avj oladi. Ahmoniylar ibodatxonalarni iqtisodiy qudrati haddan tashqari kuchayib ketmasligiga yo’l quymaslik uchun Misr, Bobil va Kichik Osiyodagi ibodatxonalarni davlat soliq majburiyatlarini o’tashga majbur qiladilar.
Ahmoniylar davlati uchun turli xalqlarning madaniyati va diniy qarashlarni sinkretizmi xarakterli edi. Mamlakat turli hududlarining doimiy iqtisodiy – ijtimoiy va siyosiy aloqasi, madaniyatlarining o’zaro ta'siriga ijobiy turtki beradi. Turli xalqlarning yagona davlat hududiga yashab turishi xalqlarning, ilmiy bilimlari, san'at va adabiyotlarning bir-birini boyitishiga olib keldi.
Forslar va boshqa xalq-elatlar Bobil, Misr va Elamning qadimiy madaniyatlarini o’zlashtirib oladilar. Forslarning eng katta madaniy yutuqlaridan biri o’ziga xos mixxatning yaratilishi bo’lgan. Fors mixxati akkad alfavitidan farq qilgan holda bor-yo`g`i 40 belgidan iborat bo’lib deyarli alfavitli yozuv bo’lgan.
Qadimgi fors me'morchiligining ulug`vor inshootlari Pasargad va Suzadagi saroy ansambllari edi. Pasargad shahri maydoni 135000 kv.mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, 12000 kv.m sun'iy maydon hosil qilingan.Tog` qiyaliklarini tekislash bilan bu sun'iy maydonda shaxar uch tomondan devor bilan o’rab olinib, turtinchi tomoni tog` qoyasiga chiqadi. Fors podsholari barpo qilgan Persepol saroyiga 110 zinapoyali keng xashamatli pillapoyadan chiqilar edi. Doro I ning saroyi (apadana) 3600 kv.m. katta, tomining balandligi 20 m bo’lgan 72 ustunli zali bilan mashhurdir. Zinapoyaning bir tomonida rel'yeflar bilan 33 qaram xalqlarning xiroj olib kelayotgani tasvirlangan. Bu haqiqiy etnografik muzey, qaysiki bu yerda turli xalq va qabilalarning o’ziga xos kiyimlari, qurollari va ularning kasblarini ifodalaydigan tasvirlari toshga o`yib tushirilgan. Persepolda boshqa ahmoniy podsholarning saroylari ham joylashgan.
Persepoldan 3 km. o’zoqlikda Naqshi Rustam deb nomlangan qoyalarda Doro I va boshqa fors podsholarining rel'yeflar bilan bezatilgan qabrlari mavjud. Doro I davrida Suzada katta qurilishlar olib borilgan. Qurilish ashyolari 12 mamlakatdan olib kelingan. Doro 1 ning yozuvlarida shunday deyilgan: «Kedr daraxti Livan tog`laridan olib kelingan, Suzaga uni kariylar, bobilliklar olib kelishdi. Yegoch Gandxara va Karmaniyadan olib kelingan. Bu yerda ishlatilgan oltin Lidiya va Baqtriyadan olib kelingan. Feruza Xorazmdan, kumush, eban daraxti Misrdan, saroy devorlari uchun bezaklar Ioniyadan, fil suyagi Efiopiya va Kariyadan olib kelingan edi. Tillakor ustalar midiyalik va misrliklar edi. Yog`ochga naqsh beradiganlar misrliklar bo’lgan. Ahmoniylarning saroylari fors davlatining kuch-qudratini ramziy ma'noda aks ettirishi kerak edi.
Qadimgi fors san'ati, Eron madaniyati an'analari Bobil, Misr, Osuriya va boshqa xalqlarning badiiy an'analari va texnika usullarining sintezi edi. Qadimgi fors san'ati namunalari ichida nozik did bilan ishlangan toshdan ishlangan vazalar, metall qadah, fil suyagidan yasalgan riton qadaxlar, zeb-ziynat buyumlari, lazurit haykallar mavjud. Badiiy buyumlar ichida agat, xalqidon, yashma kabi qimmatbaho toshlardan ishlangan silindrsimon muhrlarda podsholar, afsonaviy qahramonlar va afsonaviy
mavjudotlar tasviri tushirilgan. Ular nihoyatda mohirlik bilan yasalgan bo’lib, haqiqiy san'at asari xisoblanadi. Fors san'atida ayniqsa o’simlik va xayvonlarni hayotiy tasvirlari bo’lgan badiiy buyumlar bizni hozirgacha hayratga soladi.

XULOSA
Eron bepoyon tog`li va ko’p cho`llardan iborat kontinental iqlimli mamlakat. Dehqonchilik uchun qulay vodiylar, tog` oldi hududlari juda ko’p. Shimolda Elburs tog’ tizimi va unga Turkman, Xuroson tog`lari qo’shiladi. G`arbdan va janubdan Zagros va janubiy Eron tog`lari o’rab turadi. Janubiy g`arbiy Eronda (Xuziston) Korun va Kerxa daryolari vodiysida yuqori hosil beradigan yerlar mavjud.
Qadimgi g`arbiy Eronda elam, lulubey, qutiy (gutiy) va kassit hind-yevropa tillarida so’zlashadigan qabilalar yashagan. Eron so’zi «ariana» - oriylar mamlakati degan ma'noni bildiradi. Er.avv. II ming yillikda oriy qabilalari Eron, Hindiston, Markaziy Osiyo va Kavkaz ortiga tarqalgan.
Eron tarixining alohida davrlari turli xil yozma manbalarga boy. Yozuvlardan eng qadimgilari er.avv. III-I ming yilliklardagi janubiy-g`arbiy Eron hududi bo’lgan Elam tarixini yoritadi: ular podsho yozuvlari, huquqiy hujjatlar, bag`ishlov matnlari, davlatlararo shartnomalardir.
Qadimgi fors davlati tarixi bo’yicha manbalar xilma-xil: bu xo’jalik hujjatlari, tarixiy yozuvlar, amaldorlarning rasmiy yozishmalari. Hozirgi vaqtda qadimgi fors tilida elam va akkad tillariga tarjima qilingan 200 ga yaqin (podsholar) mixxat yozuvlari chop etilgan. 1972 yilda fransuz arxeologlari Suzada Doro I ning ulkan haykalini topdilar. Haykal qadimgi fors, elam, akkad va misr iyeroglif matnlari bilan qoplangan. Qadimgi Eron poytaxtlari Persepol yoki Pasargadda, podsho Kserks yozuvlari nusxalari topilgan. Persepolda er.avv. III ming yillikka oid elam tilida mixxat bilan yozilgan 800 ta hujjat topilgan.
Fors qabilalarini Old Osiyo chegaralaridagi harakati to’g`risida er.avv. IX-VII asrlarga oid Osuriya yezuvlari ma'lumot beradi. Bobil tarixiy xronikasi Mesopotamiyani forslar tomonidan bosib olinishi haqida hikoya qiladi. Forslar davriga oid loy taxtachalarda yezilgan 10000 ming bobil xususiy huquqiy va ma'muriy xo’jalik hujjatlari mavjud.
Shuningdek, Misrdan forslar davriga oid turli xil ma'muriy xo’jalik hujjatlari, podsho Kumbizning Misr ibodatxona mulklarini cheklash to’g`risidagi dekreti, Doro I ning Misr qonunlarini kodifikasiya qilish to’g`risidagi farmoni katta qiziqish uyg`otadi.
Midiya va Eron tarixi bo’yicha ma'lumot beradigan manbalardan biri bu yunon mualliflarining asarlari hisoblanadi. Gerodot (er.avv. V asr)ning tarixi, Fukidid (er.avv. V asr) tarixi, Ksenofontning «Yunon tarixi» asari, uning «Anabasis» memuari, sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy kutubxona»si kabi asarlar qadimgi fors tarixiga oid boy siyosiy, ijtimoiy, harbiy-diplomatik ma'lumotlar beradi.



Yüklə 150,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin