Shu sababli tashqi savdo, xizmatlar, kreditlar, investitsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar hamda davlatlararo to‘lovlardagi muhim shartlardan biri bo‘lib to‘lovchi yoki benefetsiar shaxs tomonidan xorijiy valyutani sotib olish yoxud sotish shaklidagi bir valyutani boshqa bir valyutaga ayirboshlanishi hisoblanadi.

Jahon valyuta, kredit, moliya va sug‘urta bozorlari shartnomaning ob‘yekti pul kapitali hisoblangan bozor munosabatlarining o‘ziga hos jarayoni bo‘lib hisoblanadi. Ular xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi asosida shakllangan. Amal qilish nuqtai nazaridan ushbu bozorlar takror ishlab chiqarishning uzluksizligi va rentabelligini ta’minlash maqsadida jahon miqyosidagi moliyaviy oqimlarning to‘planuvi hamda ularning qayta taqsimotini ta’minlovchi bozor munosabatlarining tizimi bo‘lib xizmat qiladi
Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari rivojlanishining ob‘yektiv asosi bo‘lib amaldagi kapitalning doiraviy aylanish qonuniyatlari hisoblanadi.
Jahon bozorining ayrim uchastkalarida vaqtincha bo‘sh bo‘lgan kapitallar paydo bo‘lsa, uning boshqa bir joylarida mazkur kapitallarga doimiy talab paydo bo‘ladi. Kapitalning harakatsizligi uning tabiati va bozor qonuniyatlariga ziddir. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari ushbu qarama-qarshilikni umumjahon xo‘jaligi miqyosida hal etadilar. Vaqtincha bo‘sh bo‘lgan pul kapitallari bozor mexanizmi yordamida takror ishlab chiqarishning uzluksizligi va tadbirkorlarga foydani ta’minlagan holda kapital doiraviy aylanishi jarayoniga yana jalb etiladi. Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari taalluqli milliy bozorlar negizida paydo bo‘lgan va milliy bozorlar ular bilan yaqindan munosabatdadir.