Andijon davlat tibbiyot instituti «kelishildi»


Ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolari kasalliklari radiologiyasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə225/231
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#47866
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   231
Даволаш-АДТИ Магистратура имтиҳон дастури 2021

Ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolari kasalliklari radiologiyasi

O‘pka va ko‘ks oralig‘i radiologik tekshirish uslublari - rentgenografiya, kompyuter va magnit-rezonans tomografiya, ultrasonografiya, izotop skanirlash, bronxografiya. Ko‘krak qafasi normal anatomiyasi va variantlari, o‘pka, plevra, diafragma va ko‘ks oralig‘i. Patologik holatlar, sinishlar va kovurga destruksiyasidagi ko‘krak kafasi deformatsiyalari. Bir va ikki tomonli diafragma gumbazlari joylashishi o‘zgarishlari. Plevra kasalliklari - plevritlar, plevra empiemasi, qalinlashishi, plevra o‘smalari. Oldi ko‘ks oralig‘i kasalliklari – retrosternal buqoq, timus o‘sma/kistalari, dermoid, lipoma. O‘rta ko‘ks oralig‘i kasalliklari – aorta yoyi anevrizmasi, bronxogen kistalar, qizilo‘ngach patologik tuzilmalari, limfotugunlar kattalashishi. Orqa ko‘ks oralig‘i patologik tuzilmalari - neyrogen o‘smalar, umurtqaga metastazlar, spondilitlar. Mediastenit, fibroz. O‘pka ildizlari kengayishi. Respirator kasalliklar va emfizema. Bronxoektatik kasallik. Atelektazlar. O‘pka o‘smalari. O‘pka tuberkulezi. O‘pka infeksiyalari. O‘pkaning diffuz tarqalgan kasalliklari - shish, o‘pka fibrozi, alveolit, pnevmokoniozlar, silikozlar, sarkoidoz, kollagen kasalliklari. Ko‘krak qafasi jarohati. Operatsiyadan so‘ng patologik holatlar. Yurak kameralari kattalashishi sindromi. Yurak qopqoqlari orttirilgan nuqsonlari: mitral, uch tabaqali, aortal va o‘pka arteriyasi. sianozsiz va normal o‘pkadagi qon oqimi bilan tug‘ma yurak nuqsonlari. sianotik va o‘pka qon oqimi ortgan yurak tug‘ma nuqsonlari. Yurakning ishemik kasalligi, stenokardiya, miokard infarkti. Perikard kasalliklari: kistalar, o‘smalar. Perikarddagi suyuklik sindromi, perikarditlar. Intervension muolajalar: fibrinoliz, valvuloplastika, perikard drenajlash. Arteriya va venalar kasalliklari. Disfagiyalar diagnostikasi – og‘iz-xalqum va qizilo‘ngachli. Neyromushak funksional kasalliklari. Xalqumning struktur patologiyasi (to‘siqlar, cho‘ntaklar va divertikullar, o‘smalar va yot tanalar). Qizilo‘ngach motorikasi buzilishlari. Qizilo‘ngach strikturalari. Qizilo‘ngach xavfsiz va xavfli o‘smalari. O‘sma jarayoni bosqichini aniqlash. Ezofagit, qizilo‘ngach yarasi. Gastroezofageal refluks. Divertikullar, axalaziya va qizilo‘ngach venalari varikoz kengayishi. Qizilo‘ngach diafragma teshigi churralari. Oshqozon yara kasalligi. Oshqozon karsinomasi, tashxislash, bosqichini aniqlash. Submukoz o‘smalar, shilliq poliplar, oshqozon limfomasi. Gastritlar. Operatsiyalangan oshqozon. O‘n ikki barmoq ichak kasalliklari: duodenit, yara kasalligi, divertikullar. Ingichka ichak kasalliklari: Kron kasalligi, tuberkulyoz, enterokolit. Malabsorbsiya sindromida rentgenologik tekshiruvlar. Ingichka ichak o‘smalari. Ichak tutilishi. Ingichka ichak qon tomir kasalliklari: o‘tkir va xronik ishemiya. Yo‘g‘on ichak kasalliklari: divertikulez, kolitlar. Kolorektal zona o‘smalari: diagnostika, bosqichini aniqlash. Anorektal evakuatsiya buzilishlari: ich ketmasligi, axlat ushlolmasligi. O‘tkir oshqozon ichakdan qon ketishlar: ichaklarning yuqori va pastki qismidan: diagnostika va intervension davolash muolajalari. Qorin bo‘shlig‘i parenximatoz a’zolari va o‘ yo‘llari radiologik tekshirish usullari. Jigar, o‘t yo‘llari, oshqozon osti bezi va taloq normal nurli anatomiyasi. Jigarning xavfsiz o‘smalari: gemangioma, adenoma va fokal tugunli jigar giperplaziyasi, kistalar. Xavfli o‘smalar: gepatoma va gepatotsellyulyar karsinoma, jigarning metastatik shikastalanishi. Jigar abssessi, gematoma. Jigar parenximasi kasalliklari: yog‘li distrofiya, gepatitlar, jigar sirrozi. Intervension muolajalar: abssesslar drenajlash, embolizatsiya, biopsiya, qon ketishini to‘xtatish. O‘t tosh kasalligi. Xolesistitlar. O‘t qopi karsinomasi. Giperplastik xolesistozlar. O‘tkir va xronik pankreatit. Oshqozon osti bezi o‘smalari, kistalar va psevdokistalar. Splenomegaliya, infiltratlar, abssess.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin