«Analogdan» 5Gga qadar va undan keyingi rivojlanish: mobil aloqasining qisqacha tarixi



Yüklə 417,85 Kb.
səhifə3/3
tarix06.06.2020
ölçüsü417,85 Kb.
#31793
1   2   3
1G dan 5G gacha

4G avlodi mazmun-mohiyatiga ko‘ra juda erta ma’lum qilindi. Avlodning taqdim etilishi davrida — 2008-yil — statsionar modem tezligi 1 Gbit/s., mobil qurilmalarda esa — 100 Mbit/s. darajasida bo‘lishi kerak deb kutilgandi. Aslida, bir operator bunday tezlikka erisha olmas edi. Bundan tashqari, to‘rtinchi avlod texnologiyasiga HSPA+ standarti kiritilgandi, bu esa ras­man uchinchi avlod ma’lumotlar uzatish texnologiyasiga tegishli edi. Faqat besh yildan keyingina texnologiyalar belgilangan ko‘rsatkichga yaqinlasha boshladi. Bunga LTE (Long Term Evolution) va WiMAX standartlari evaziga erishish mumkin bo‘l­di. Mazkur standartlar zamonaviy tezligi 100 Mbit/s.dan 1 Gbit/s.gacha yetishi mumkin, biroq bu mamlakatlar, shaharlar va tarmoq operatorlari rivojiga juda ham bog‘liq. 4G tarmog‘ida bir necha texnologik o‘zgarishlar amalga oshirildi: tarmoq sig‘imi oshirildi, qurilma trafikka, IPga, turli mamlakatlar standartizatsiyasiga muvofiqlashtirildi. Shu bilan birga, avlod almashtiri­lishi haqida ma’lum qilish yangi qurilma va xizmatlarning sotuviga yo‘naltirilgan juda yaxshi marketing sifatida amalga oshiriladi. Foydalanuvchilar ko‘pincha LTE dan 4 yoki 3G+ ga o‘tishni sezmay qoladilar, sababi deyarli tezlik o‘zgarmaydi, biroq taraqqi­yotdan ortda qolishni ham istamaydilar.

5G — yaqin kelajak texnologiyasi

Oldinda turgan — 5G beshinchi avlod uchun marketing faoliyati yanada qiziqarli bo‘ladi. Agar to‘rtinchi avlod texnologiyasi sifatini oshirishga chiroyli yondashuv mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 5G uchun asoslar hali mavjud emas. Beshinchi avlodga o‘tish uchun tezlikni 200–500 marta oshirish va 10–50 Gbit/s.gacha tezlikka erishish zarur. Tezlik­ning bunday ko‘rsatkichlari uchun apparatlar takomillashuvi ham shart bo‘ladi. Bu beshinchi avlod ma’lumotlarini uzatish uchun juda zarur.

  «Aqlli» antennalar. Zamonaviy tar­moqlar allaqachon qurilma signalini ku­chaytirish uchun bir necha antennadan foydalana oladilar, biroq istalgan o‘tkazish qobiliyati uchun ma’lum bir vazifa va diapazonlarga moslasha olish, shuningdek, yuklamalarga ko‘ra, o‘zaro aloqadorlikda ishlay oladigan ko‘plab antennalarni muvofiqlashtirishga to‘g‘ri keladi.

  Yangi to‘lqinlar. Hozirgi vaqtda 3,5 GGts diapazonidagi to‘lqinlardan foydalanil­moqda, yangi tarmoqni ishga tushirish uchun esa yangi diapazonidagi to‘lqinlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Vaziyatdan chiqishning variantlaridan biri — o‘nlab gigagerts to‘lqinlardan chiqishdan iborat. Buning uchun signalni uzatishda yangi baza stansiyalari talab etiladi. Operatorlar bunday kuchli baza stansiyalarini sog‘liqqa zarar yetkaz­maydigan qilib, qanday quradilar, bu hozircha ma’lum emas, biroq usbu jarayon uzoq vaqt talab etishi va qimmatga tushishi aniq.

Energiya iste’moli. Agar masala «aqlli» antennalarni moslashtirish va joriy etish bo‘yicha bo‘lsa, uni hal etish mumkin, biroq uning o‘lchami hamda energiya iste’moli haqidagi masalani hal etishga to‘g‘ri keladi. Demak, 5G-tarmog‘i energiya iste’moli­ga yondashuvni butkul o‘zgartirishi zarur bo‘ladi.

Device-to-device. Beshinchi avlod texnologiyasida ko‘zda tutilgan xususiyatlaridan biri — bu o‘nlab metr masofada bo‘lgan ikki qurilmaning biridan ikkinchisiga ma’lumotlar uzatish bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan birga, operatorning o‘zi faqat tarifikatsiya uchun «signalli trafik» olishi mumkin, ma’lumotlar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilmalararo joylashishi mumkin. BlueTooth texnologiyasi va hatto NFCdan voz kechish imkonini berishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q, biroq ko‘p narsalarni va’da qilayotgandek tuyulmoqda.

5G dan keyin



Internetda «5G» so‘rovi bo‘yicha texnologiyani testdan o‘tkazilayotgani haqida ko‘plab yangiliklarni topish mumkin, biroq yangi avlod faqat nazariy jihatdangina mavjud xolos. Odatda mutloq yangi tex­nolo­giyalar har yigirma yilda paydo bo‘l­moqda, ya’ni rasmiy jihatdan «20 yil qoidasi» amal qiladi. Ba’zan bunday yangiliklar bu muddatdan ilgariroq paydo bo‘lishi ham mumkin. Ha, allaqachon 10, 15 va hatto 25 Gbit/s. tezlikka ega texnologiyalar mavjud, biroq avlodlar alma­shinuvi uchun puxta standartizatsiya, baza stansiyalarining hamda mobil qurilmalari­ning ommaviy yangilanishi zarur bo‘ladi. Shu sababli texnologiyalar rivoji va sifat jihatidan yangi cho‘qqilarni zabt etishga umid qilish qoladi xolos. Yaqin oradagi yangiliklarni Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida o‘tkaziladigan qishki Olimpiada o‘yinlari davrida kutish mumkin: KT Corporation mahalliy operator 2018-yilda hamma joyda joriy etiladigan 5G haqida ma’lum qilgan.

5G texnologiyalari kelajakda «aqlli» uylar asosiga aylanadi



Biroq marketologlar tinch o‘tirganlari yo‘q: allaqachon 6G alodi haqida xabar bermoqdalar. Mazkur avlod asosida — yo‘ldosh orqali ma’lumotlar uzatish, ya’ni baza stansiyalaridan to‘liq yoki qisman voz kechish va butun Yer kurrasini aloqa bilan qoplash maqsadi yotadi. Bundan keyingi yangiliklar — «aqlli» uy va shahar­larning barcha yo‘ldosh tizimlari, navigatsiya va boshqalar bilan integratsiyasi kabi ma’lumotlar aslida, chuqur ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga sabab bo‘lsada, allaqachon hayratga solmay qo‘ydi. Texnologiyani joriy etishning taxminiy vaqti — 2030–2040 yillar etib belgilangan. Faqat industriya yangiliklaridan hayratlanib, yangi yo‘ldoshli asrni o‘z ko‘z­larimiz bilan ko‘rishni orzu qilishimiz mumkin.
Yüklə 417,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin