Analitik kimyo fani va uning usullari. Reja: Analitik kimyo- mustaqil kimyoviy fan sifatida



Yüklə 150,13 Kb.
səhifə6/7
tarix16.10.2023
ölçüsü150,13 Kb.
#156247
1   2   3   4   5   6   7
1-Mavzu uchun slayd

Makro hamda mikro usullardan tashqari yarim mikro usul ham qo’llaniladi. Bu usul bilan analiz qilish uchun qattiq moddadan 10-50 mg, eritmadan esa 0,1-5 ml olinadi. Reaktsiyalar tubi kichraytirilgan analitik probirkalarda o’tkaziladi. Cho’kmalarni eritmalardan ajratish uchun aksariyat hollarda tsentrifugalardan foydalaniladi. Qizdirish maxsus hammomda, bug’latish esa chinni kosachalarda suv hammomi yoki mikrogorelka bilan isitish orqali asbestlangan tur ustida o’tkaziladi. Kimyoviy analiz yarim mikro usulda bajarilganida reaktivlar kam sarflanadi. Kichik hajmli idishlardan foydalanish ham mumkin bo’ladi. Bunda reaktivlar tejaladi va umuman analiz o’tkazish qulay bo’lib qoladi. Agar analiz to’g’ri bajarilsa yarim mikro usul juda aniq natijalar beradi. Shuning uchun moddalarni sifat jihatdan kimyoviy analiz qilishda asosan yarim mikro usuldan keng foydalaniladi.

5. Analitik reaktsiyalarni o’tkazish usullari. Anorganik kimyo kursida o’tkazilgan reaktsiyalarning ba‘zilarini analitik reaktsiyalar qatoriga kiritish mumkin. Kuzatish mumkin bo’lgan effekt sodir bo’ladigan kimyoviy reaktsiya analitik reaktsiya deb ataladi. Effekt deyilganda cho’kmaning hosil bo’lishi yoki uning erishi, eritma rangining o’zgarishi, ayrim gazsimon moddalarning hosil bo’lishi tushiniladi. Har bir kimyoviy reaktsiya «ho’l» va «quruq» usulda o’tkazilishi mumkin. 1. Agar reaktsiya eritmada bajarilsa, u «ho’l» usulda bajarilgan bo’ladi. Modda suvda, qislota yoki ishqorda eritiladi, hosil bo’lgan eritmadan esa izlanayotgan ionlar tegishli reaktivlar yordamida topiladi. Masalan, Fe2+ ionining eritmada mavjudligini aniqlash uchun Fe2+ tuzi eritmasidan probirkaga 1-2 tomchi solib uning ustiga K3[Fe(CN)6] tuzi eritmasidan 1-2 tomchi qo’shiladi. Ko’k rangli cho’kma Fe3[Fe(CN)6] hosil bo’lishi ko’zatiladi. 2. Erituvchilardan foydalanmagan holda fakat quruq moddalarning o’zi bilan bajariladigan analiz usullari «quruq» usullar deb ataladi. Ba‘zan moddalarni eritma holatiga o’tkazmasdan turib, quruqligicha analiz qilish mumkin. Bu yerda moddalarni ezib ishqalash va pirokimyoviy yo’llar qo’llaniladi.


Yüklə 150,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin