Amir Temur davriga oid manbalar


Amir Temur davlatida xalqaro munosabatlar, diplomatiya va tashqi siyosatning asosiy tamoyillari



Yüklə 217,59 Kb.
səhifə12/48
tarix20.12.2022
ölçüsü217,59 Kb.
#76673
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48
Amir Temur davriga oid manbalar (3)

13.Amir Temur davlatida xalqaro munosabatlar, diplomatiya va tashqi siyosatning asosiy tamoyillari.
Amir Temur dastlabki siyosiy faoliyatidan to vafotiga qadar o‘z qudratining o‘ndan to‘qqiz qismiga diplomatik salohiyati tufayli erishgan. Sohibqironning vorislari Shohrux, Mirzo Ulug‘bek, Husayn Boyqaro, Bobur kabi yirik davlat arboblari ham ichki va tashqi aloqalarda Amir Temurning diplomatik merosiga amal qilib, uning bu boradagi siyosatini davom ettirganlar. Tinchlik, tomonlar manfaatdorligi, raqibiga shavqat qilish va unga imkon yaratish, har qanday sharoitda ham elchini qadrlash, tashqi siyosat va diplomatiya qoidalariga qat’iy amal qilish, inson hayoti daxlsizligi – Amir Temur tashqi siyosati va diplomatiyasining asosi hisoblangan. Chunonchi, Amir Temur maktublaridan birida, “Elchiga o‘lim va bandilik yo‘qdir, elchining gardanidagi vazifa buyruqni aniq yetkazishdan boshqa narsa emasdir”, – deb yozadi. Shubhasiz, Amir Temurning tashqi siyosatidagi asosiy yo‘nalishlardan biri – Movarounnahrning xavfsizligini ta’minlash bo‘lgan. Xorazmdagi So‘fiylar sulolasi, Fors viloyati hokimi Shoh Shujo, Arzinjon va Arzirum hokimi Tohirtan, Mo‘g‘uliston hokimi Qamariddin, Oltin O‘rdadagi To‘xtamishxon kabilar bilan bo‘lgan munosabatlar zamirida ham ana shu maqsad yotardi. Amir Temur davridagi diplomatik munosabatlar ham Sohibqironning qat’iy tamoyillariga javob bergan. Shu o‘rinda Amir Temurning Misrdagi mamluklar davlati bilan o‘zaro munosabatlarga ham e’tiborni qaratish lozim. Az-Zohir Sayfiddin Barquq (1382-1399) hukmronligi davrida Misr, Suriya, Hijoz hamda unga yondosh hududlarda joylashgan mamluklar davlati musulmonlarning muqaddas shaharlari bo‘lmish Makka va Madinani ham egallagan holda kuchli davlatga aylandi. Sohibqiron tomonidan 1385-1405 yillar oralig‘ida jami 20 marotaba elchilik va choparlik guruhlari Misrga jo‘natilgan. Xitoydagi Min davlati (1368-1644) bilan o‘zaro munosabatlar tarixi 1387 yilga borib taqaladi. O‘sha yili Amir Temur va Xitoy imperatori Min Chju-Yuan-Chjan (1360-1398)lar o‘rtasida elchilik almashuvi bo‘lib o‘tdi. Yaponiyalik tadqiqotchi X.Vatanabe 1387 yildan 1397 yilga qadar Amir Temur tomonidan Xitoyga olti marotaba elchilik missiyalari jo‘natilganligini qayd etadi. Birinchi elchilik guruhiga Mavlono Hofiz bosh bo‘lganligi ham aytib o‘tiladi. Elchilar ko‘p holda imperatorga mahalliy uchqur otlarni hadya etishar, o‘z navbatida bu otlarga imperator va umuman xitoylik zodagonlar judahavasmand edilar. Xususan, 1394 yili Amir Temur imperatorga 200 nafar uchqur, nasli toza otlarni hadya etgan. Xitoy manbalarida shu davlatdan yuborilgan 6 ta elchilik hizmati guruhiga Fa-An boshchilik qilganligi ta’kidlangan. Mazkur elchilar, jumladan uch marotaba Samarqandda bo‘lishgan.1395 yili Xitoy elchilari Samarqandda ko‘plab e’tiborga molik joylarni borib ko‘rishgan, Temur davlati, uning boshqaruvi to‘g‘risidagi savollariga yetarli javob olishgan. Fa-An guruhi shuningdek Tabriz, Isfahon, Sheroz, Hirot va boshqa saltanat shaharlarida ham bo‘lishgan. 1394-1399 yillar oralig‘ida Konstantinopol (Vizantiya) imperatori ikki marotaba o‘z elchilarini Amir Temur huzuriga jo‘natdi. Birinchi elchilik maqomida Fransua ismli rohib bo‘lib, u bilan Sandron degan shaxs ham bo‘lgan. Sandron Genuya nomidan kelgan bo‘lib, o‘zi bilan Genuya homiysi, Fransiya qiroli Karl VI maktubini ham olib kelgan edi. Ikkinchi elchilik guruhi ham o‘zi bilan birga Fransiya qiroli maktubini olib keldi. Ushbu elchilik guruhlari tashrifidan ko‘zlangan maqsad shundan iborat ediki, Amir Temurning Boyazidga qarshi kurashida Sharqiy O‘rta yer dengizi havzasida joylashgan davlatlar tomonidan unga yordam bermoqchi bo‘lganlar. O‘z navbatida Amir Temur ham 1402 yil iyul oyining boshlarida Konstantinopolga o‘sha rohib Fransuani tegishli noma bilan jo‘natgan. Tez orada Amir Temurga kata umid bog‘lagan Konstantinopol ham uning oliy hukmronligini tan oldi. Shu davrda Yevropada katta mavqega ega bo‘lgan davlatlardan biri Ispaniya (Kastiliya va Leon) bo‘lgan. Ispan qiroli Genrix III 1402 yil iyul oyida Amir Temur huzuriga o‘zining birinchi elchilari – Payo de Sotomayor va Ernan Sanches Palasueloslarni jo‘natdi. Amir Temur ushbu elchilarni alohida hurmat bilan qabul qilib, 1402 yil avgustida ularga o‘z elchisi Xo‘ja Muhammad qozi al-Keshiyni qo‘shib Ispaniya qiroli huzuriga yo‘lladi. Klavixo o‘z asarida ushbu elchini “Magomet Alkagi” deya ataydi. Ispaniya (Kastiliya va Leon) elchisi Rui Gonsales de Klavixo G‘arb bilan elchilik munosabatlarida oxirgi vakil bo‘lib qoldi. Yevropa hukmdorlari Amir Temur va uning davlati, salohiyatiga yuqori baho berib, yuksak ehtirom bilan unga munosabatda bo‘lganlar. Xususan, ularning Sohibqironga murojaatlarida Amir Temurning nomi katta hurmat ila tilga olinib, “Oliy nasab va g‘alabalar keltiruvchi hukmdor”, “Buyuk va qudratli hukmdor Temurbek”, deya e’tirof etilgan.

Yüklə 217,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin