Amaliyot hisoboti



Yüklə 2,87 Mb.
səhifə1/5
tarix25.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#148415
  1   2   3   4   5
Nilufar hisobot




TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI


MKT fakulteti 51-18 guruh MSM yo`nalishi talabasi Mirrahimova Nilufarning
AMALIYOT HISOBOTI





R E J A:


1. NEW STYLE MEBEL MChJ haqida ma’lumot
2. Mebellarni ishlab chiqarish usullari
3. Mebellar assortimenti
4. Mebellar sifatini tekshirish
5. Mebel standartalari
6. Xulosa
7. Foydalanilgan adabiyotlar










NEW STYLE MEBEL
Yuridik nomi : NEW STYLE MEBEL MChJ

Ushbu korxona 2005 yil tashkil etilib, Xakimov M.M. boshchiligida 5 kishidan iborat brigada tomonidan stul ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. 2008 yilda stol va stul ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan, o'sha paytda ish o'rinlari 25 nafarga etgan. 2011 yilda yumshoq mebel to'plamlari ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgach ish o'rinlari 49 nafarga ko'paytirilgan.


Mebel kundalik ehtiyoj tovari bo‘lish bilan birga xonadonning ko‘rki hisoblanadi. Shu sababli respublikamizda mebel sanoati keng rivojlangan. Mebel ishlab chiqarishda, asosan, yog‘och taxtasi, faner, yog‘ochpayraxa va yog‘och-tola va lok ishlatiladi.
Mebel uchun ko‘pincha oq qayin (beroza), qora qayin (buk), qayraqoch (vaz), akats (akatsiya), qandaqoch (olxa), xaraqay (sosna), tut, nok, eman (dub), qizil daraxt tilqoch (listvennitsa), terak, yonqoq, shumtol (yasen), oq xaraqay (pixta) va zarang (klon) ishlatiladi.
Yog‘och taxtalari kesilishi bo‘yicha uch turga bo‘linadi: ko‘ndalang, bo‘ylama va qiya kesilgan taxtalar. Ularda yil qalqalari tegishli tarzda aylana, uzunchoq va botiq shakllarda joylashgan. Fanerlar bir yoki ko‘p qatlamli bo‘ladi. Bir qatlamli fanerlar (shponlar) daraxtlar qo‘lalarini bo‘ylamasiga tarashlash yoki aylanasiga shilish yo‘li bilan olinadi. Tarashlab olingan shponlar ko‘p qatlamli faner, arzon yog‘och va yog‘ochpayraxa taxtalarining yuza tomoni uchun va shilish yo‘li bilan olingan shponlar ko‘p qatlamli faner hamda yog‘och payraxa taxtalarning ichki qatlamlari hamda teskari tomonini qoplash uchun qo‘llaniladi.

Shponlar daraxt turiga qarab ikki guruxga bqlinadi. Birinchi gurux shponlar oq, qora qayin, qayraqoch, grab, akats, kandaqoch, xaraqach va tutdan, ikkinchi gurux oq qayin, nok, eman, osiyo qayraqochi, kashtan, qizil daraxt, tiloqoch, terak, shumtol daraxtlaridan olinadi. Mebel ishlab chixarishda yog‘och shponi o‘rniga qoplama uchun melaminoformaldegid qatroniga botirib olingan qoqoz, polivinilxlorid, alkid, aldegid, poliefir va epoksid pardalaridan ham foydalaniladi. Ba’zan oq qayin shponi yoki qatronli qoqoz qoplangan yuzaga qimmatbaqo yog‘ochlarga o‘xshatib naqsh solinadi. Yog‘och payraxa taxtalari yog‘och payraxalariga melaminoformaldegid qatroni qo‘shib presslash yo‘li bilan olinadi. Sirti yog‘och shponi yoki melaminoformaldegid qatroniga botirib presslangan ko‘p qavatli qoqozdan bo‘lgan getinaks bilan qoplanadi.
Yog‘och tola taxtalari yog‘och tolalari va qoqoz qiyqimlarini 2400S da presslab tayorlanadi. Yog‘och tarkibidagi pektin moddalari yelim vazifasini bajaradi. Loklash uchun nitrotselluloza, karbamidoformaldegid, poliefir va poliuretan loklari ishlatiladi. Bulardan poliefir loklari tiniqroq hamda issiqqa chidamliroq, karbomido-formaldegid loklari qattiqroq va poliuretan loklari pishiqroq bo‘ladi.
Loklangan yuzalar tashqi ko‘rinishi bo‘yicha uchga bo‘linadi:
1. Yuzasi oynasimon yaltiroq. Savdoda polirovka qilingan yuza deyiladi.
2. Yuzasi silliq. Mayda chiziqchalar, pufakchalar va qadir-budirliklari bo‘lishi mumkin. Bu polirovka qilingan yuza hisoblanadi.

3. Yuzasi yaltiroq emas. Pardozlashda boshqa materiallar bilan o‘yib naqsh solish usuli keng qo‘llaniladi. Masalan, tuzilishi romli mebellar anodlangan alumin tunukasi ishlatilib qimoyalanadi. Yog‘och taxtachalari yoki sadaf bo‘lakchalari bilan pardozlansa, ular intarsiya va marketri nomlari bilan yuritiladi.




Rangi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha yog‘ochlarni olti guruxga bo‘lish mumkin:
1. Oqish rangli (oq qayin va oq xaraqay).
2. Och sariq (xaraqay, eman, tiloqoch)
3. To‘q sariq (shumtol va zarang)
4. Och qo‘nqir (qayraqoch va qora qayin)
5. To‘q qo‘nqir (yonqoq, tut va nok)
6. qizil, limon va qora daraxt yog‘ochlari.



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin