Amaliy mashg`ulotlar reja odam fiziologiyasi fanining predmeti, maqsadi vazifalari. Odam fiziologiyasi fanining metodlari



Yüklə 251,21 Kb.
səhifə6/8
tarix12.09.2023
ölçüsü251,21 Kb.
#142742
1   2   3   4   5   6   7   8
1-AMALIY MASHG\'ulot

Abu Ali Ibn Sino
(980-1037)
X-XI asrlarda O’rta Osiyo halqlarining Ovrupada Avisenna nomi bilan shuhrat qozongan ulug’ tabibi, mutafakkir va olim Abu Ali ibn Sino yashagan. Ibn Sino 980 yili Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida tug’iladi. U 450 dan ortiq asarlar yozib qoldirgan bo’lsa ham bizgacha ularning 242 tasigina yetib kelgan. Shulardan 43 tasi tabobatga oid.
Bulardan barcha tibbiy sohalarni qamrab olgan asar «Tib qonunlari» hisoblanadi. Bu asar beshta katta kitobdan iborat. Birinchi kitob – tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning umumiy masalalari haqida ma’lumot beradi. Ikkinchi kitob o’sha davr tabobatida qo’llaniladigan dori-darmonlar haqida zaruriy ma’lumotlar bayon qilingan mukammal majmuadir. Uchinchi kitob – inson tanasining a’zolarda yuz beradigan «xususiy» yoki «mahalliy» kasalliklari haqida ma’lumot beradi. To’rtinchi kitob – kishi a’zolarining birontasiga xos bo’lmagan «umumiy» kasalliklarga bag’ishlangan. Jumladan, turli isitmalar, kasallik davridagi buxronlar, shishlar, toshma-jarohatlanishi, bosh suyagi, ko’krak qafasi, umurtqa va qo’l-oyoqlarning shikastlanishi kiritilgan. Beshinchi kitob –farmokologiya bo’lib, unda murakkab tarkibli dori-darmonlarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari bayon qilingan.
Ibn Sinoning tib qonunlaridan tashqari «Tabobat haqidagi urjuza»si alohida ahamiyatga molikdir. Urjuza she’riy asar bo’lib, Ibn Sino qalamiga mansub she’riy asarlarning eng barkamoli va ulug’idir. Ibn Sino bundagi g’oyalarning halqqa tezda yetib borishini istaganligi haqida shunday dedi: «Men bu «Urjuzaga» kamolot to’nini va husn saruposini kiygizdim, uni o’rganish osonroq, mashaqqati kamroq bo’lsin deb, to’qilishini oson, vaznini yengil qildim». Buni natijasida, – deydi Ibn Sino, kimki unga idrok ko’zi bilan qarasa, bu hajmni kichik asar tufayli katta ilmga erisha olishi mumkin. "Tib qonunlari" asarlarida Ibn Sino sport tibbiyotiga taalluqli ko’pgina fikrlarni bayon etgan. U kishilarning sog’ligini mustahkamlashda va har xil kasalliklarning oldini olishda jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatning ahamiyatini alohida ta’kidlab o’tgan. Masalan, «Sog’liqni saqlashning asosiy tadbiri va uyqu ta’biri» yoki «Mo’’tadil ravishda va o’z vaqtida badantarbiya bilan shug’ullanuvchi odam buzilgan xiltlar tufayli kelgan kasalliklarning va mijoz hamda ilgari o’tgan kasalliklar tufayli keluvchi kasalliklarning davosiga muhtoj bo’lmaydi».
Bundan ming yil muqaddam jismoniy mashg’ulotlarni shug’ullanuvchilarning shaxsiy xususiyatlariga qarab tuzish haqidagi olimning yuritgan fikrlari xozirgi kunda ham kishini ajablantiradi. «Har bir odam uchun o’ziga xos harakatlar tanlanishi kerak», «kuchsiz kishilarning badatarbiyalari yengil, kuchlilarniki esa zo’rroq bo’lishi kerak», «agar uzviylar juda mo’’tadil bo’lsa, ular uchun mu’tadil badantarbiya muvofiq keladi», «tez va shiddatli harakatlar yengillari bilan birga qilinadi. Harakatlarni turlicha qilib almashtirib turish va bir harakat ustida to’xtab qolmaslik kerak» va hakazo». Badantarbiyaning davomiga kelsak, - deydi Ibn Sino – quyidagi uch narsaga e’tibor beriladi: birinchisi- terining rangi, agar u yaxshilana borsa, harakatlarni hali davom ettirish mumkin, ikkinchisi –harakatlarning yengilligi, agar ular hali yengil bo’lsa, ularni tamomlash muhlati hali kelmagan bo’ladi: uchinchisi-uzvlarning holati, agar ularning ko’pchishi davom qilsa, harakatni davom ettirish mumkin. Agar bu holatlar yo’qolib, chiqqan ter tomchi-tomchi bo’lib oqa boshlasa harakatlarni to’xtatish kerak».
Shunday qilib, Ibn Sinoning cheksiz ilmiy qarashlari, tibbiyotga kiritilgan yangiliklari o’rta asrlarda Sharq va G’arb olimlari dunyoqarashiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Ibn al-Nafis to’liq ismi Alouddin Ali Abu-l Xaram al Qarshiy (1288 yili vafot etgan) bo’lib, tabobat tarixidan kichik (o’pka) qon aylanishini, birinchi kashf qilgan tabib sifatida joy olgan.
Yusuf Xaraviy (to’liq ismi Yusuf ibn Muhammad ibn Yusuf at-tabobal-Xaraviy (1544 yil vafot etgan) bo’lib, u o’zining «Daloil al-Nabz» (tomir urushining dalillari») risolasida tomir urushining asosiy xillari, ularning almashinib turishlari va ularni vujudga keltiradigan sabablarning tahlili berilgan. Tomir urushi ikkita jadvalda bayon qilingan. Bu risola 1536 yili yozib tugatilgan bo’lib, uning 6 ta qo’lyozma nusxasi bizgacha yetib kelgan. Ulardan biri Buxoroda 1864 yili ko’chirilgan.
Bositxon Ibn Zohidjon Ibn Sodiqxon Shoshiy (1878-1959) Toshkentda tug’ilgan. Bizgacha Bositxon Shoshiyning o’zbek tilida o’z qo’li bilan yozgan uchta tibbiy asari yetib kelgan. Ulardan biri «Qonun al-Mabsut» («Keng qonun») yoki «Qonuni Bositiy» Ushbu asar 1942 yilda yozib tugatilgan bo’lib, kirish va beshta maqolani o’z ichiga oladi. Shundan ikki maqola «Inson badan a’zolarining anatomiyasi haqida», qolgan uchtasi «Inson badan a’zolarining har xil ahvoli, hamda bunday holatlarini keltirib chiqaradigan sabablar va ularni bildiradigan belgilari haqida» ya’ni fiziologiya haqida Bositxon tibbiy kitoblaridagi ko’rsatmali materiallarning ko’pligi hozirgi zamon tibbiyotida qo’llanilayotgan uslubga yaqin yozilganligidan darak beradi.
XVI asrning o’rtalarida ijod qilgan va tibbiyotda ko’pgina yangiliklar yaratgan mashhur anatom A.Vezaliy Ibn Sino asarlarini o’rganib, uning anatomiya sohasidagi ma’lumotlari aniqligini tan olgan. A.Vezaliy dunyoda birinchi bo’lib hayvonlarda tajriba o’tkazishga bag’ishlangan qo’llanmani yaratdi. Bu kitob olimlar o’rtasida tajribaga bo’lgan qiziqishni uyg’otdi, keyingi asrlar davomida bu qiziqish tobora orta bordi.
Eksperimental tadqiqot usulini tatbiq etadigan fiziologiya fani ingliz shifokori, anatom va fiziologi Uilyam Garvey ishlaridan boshlanadi.



Yüklə 251,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin