Amaliy mashg’ulot savollari


Oʻzbekistonda investitsiyalar manbalarining tahlili



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə4/5
tarix03.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#106984
1   2   3   4   5
6- mavzu Amaliy mashg

4.Oʻzbekistonda investitsiyalar manbalarining tahlili.
Mamlakatimizda investitsion siyosat islohotlarning dastlabki bosqichida
iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirishga yo‗naltirilgan edi.
Shu maqsadda har yili Davlat investitsiya dasturlari ishlab chiqilib, ular amalga
oshirilmoqda. Mazkur dasturlarga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi
natijasida mamlakat yalpi ichki mahsulotning o‗sish sur‘atlarini barqarorlashtirish
imkonini berdi. 2008-yilda boshlanib, hozirgacha davom etayotgan jahon
moliyaviy–iqtisodiy inqirozi sharoitida ham O‗zbekistonda YaIMning o‗sish
sur‘atlari 2015-yilgacha 7-8%dan pastga tushmadi.
2016-yilda O‗zbekistonda YaIM 2015-yilga nisbatan 7,8 foizga o‗sdi va 2017
yilga YaIMning o‗sishi 2016 yilga nisbatan 7,8 foizga o‗sishi prognozlashtirildi.
Sanoat mahsuloti hajmlari — 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari — 12,5 foizga,
chakana savdo aylanmasi — 14,4 foizga, xizmatlar — 12,5 foizga o‗sdi. Davlat
budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi.
Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi ta‘minlandi. Inflyatsiya darajasi
prognoz parametrlaridan oshmadi va 5,7 foizni tashkil etdi. Iqtisodiyotni
erkinlashtirish bosqichida amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va strategik maqsadlarini belgilash,
O‗zbekistonning xalqaro iqtisodiy hamjamiyatdagi roli va o‗rnini aniqlash
imkonini berdi.
Respublikamiz iqtisodiyotida investitsiyalarning so‘nggi olti yildagi o‘sish
sur‘atlari turlicha bo‘lib, bunda oldingi yillardagiga nisbatan o‘sish va pasayish
tendentsiyalari kuzatilmoqda.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, 2016 yilda milliy iqtisodiyotda asosiy
kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 49,5 trln. so‗mni tashkil etdi.
Investitsiyalarning umumiy hajmida markazlashgan investitsiyalar 21,1 foizni,
investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 25,1 foizni tashkil etgani
ham mamlakatimizda investitsiya jarayonlarining jadal faollashib borayotganini
ko‘rsatadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilayotan investitsiyalar manbalari va
ulardan foydalanish borasida ijobiy sifat o‘zgarishlari ro‘y bermoqda.
Moliyalashtirish manbalari tarkibiga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2016 yil yanvar-dekabr
oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmida aholi va
korxonalar mablag‘lari 49,4 %ni, xorijiy investitsiya va kreditlar 23,3%ni, bank
kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari 11,8%ni tashkil etgan. Byudjetdan tashqari
jamg‘armalarning investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 2006 yildagi 6,9
26 O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
3940
%dan 2016 yilda 6,0% bo‘ldi. Shu bilan birgalikda byudjet mablag‘larining ulushi
12,3%dan 4,2 %ga kamaydi. Mazkur holat mamlakatimizda investitsiyalarni
moliyalashtirish manbalarining diversifikatsiyalash darajasining oshirilganligi
hamda mahalliy va xorijiy tashkilotlarning investitsion jarayonlardagi ishtirokining
faollashganligi bilan izohlanadi.

Yuqoridagi rasm ma‘lumotlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, 2012 yilda 11,7
milliard dollarga teng miqdorda yoki 2011-yildagiga qaraganda 14 foiz ko‗p
investitsiyalar jalb etildi. Barcha investitsiyalarning 22 foizdan ortig‗ini yoki 2,5
milliard dollardan ortiqni xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, ulardan 79 foizdan
ortig‗i to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalardir. Buni quyidagi 2.1.2-rasmda
ko‘rishimiz mumkin.
2013-yilda Investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida mamlakatimizda
13 milliard dollar qiymatidagi kapital qo‗yilmalar o‗zlashtirildi, bu 2012-yilga
nisbatan 11,3 foizga ko‗pdir. O‗zlashtirilgan kapital qo‗yilmalar umumiy
hajmining deyarli yarmini, ya‘ni 47 foizini xususiy investitsiyalar – korxonalar va
aholining shaxsiy mablag‗lari tashkil etgani alohida e‘tiborga loyiqdir.



2014 yilda iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 14 milliard
600 million AQSH dollarini tashkil etdi. Bunda jami kapital qo‗yilmalarning 21,2
foizdan ortig‗i yoki 3 milliard dollardan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar
tashkil qildi. Ularning ¾ qismi to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalardir. 2014
yilda xorijiy investitsiyalar hajmi 3095,2 million AQSH dollarini tashkil etilgan
bo‗lsa, shundan 2321,4 million AQSH dollari, ya‘ni 75 foizidan ko‗prog‗i
to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalardir. Demak, xorijiy investitsiyalarning
milliy iqtisodiyotimizga izchil kirib kelishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin