«alpomish» dostoni – badiiy barkamol asar



Yüklə 10,61 Kb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü10,61 Kb.
#164504
  1   2   3
Alpomish dostoni

«ALPOMISH» DOSTONI – BADIIY BARKAMOL ASAR

TAYYORLOVCHI:SAMATOVA MADINA

“Alpomish”- qadimiy dostonlardan biridir. U qahramonlik, mardlik, vatan’arvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi sevgi va sadoqat, oila mustahkamligini kuylovchi ulkan eposdir. Unda bir oila taqdiri misolida vaziyat taqazosi bilan bo‘linib ketgan qadimiy bir o‘zbek urug‘ining qayta birlashishini badiiy aks ettirish orqali millat birligi g‘oyalari, uning qahramonona shon-shuxrati va istiqboli, el-yurt farovonligi, oila baxti va Vatan ravnaqi uchun kurash baralla kuylangan. Qahramonlik dostonlarimiz asrlar mobaynida xalqimizga juda katta ruhiy va ma’naviy quvvat berib kelayotir. Shuning uchun ular ma’naviy qadriyatlarimizning alohida tarkibiy qismi sanalanadi.

  • “Alpomish”- qadimiy dostonlardan biridir. U qahramonlik, mardlik, vatan’arvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi sevgi va sadoqat, oila mustahkamligini kuylovchi ulkan eposdir. Unda bir oila taqdiri misolida vaziyat taqazosi bilan bo‘linib ketgan qadimiy bir o‘zbek urug‘ining qayta birlashishini badiiy aks ettirish orqali millat birligi g‘oyalari, uning qahramonona shon-shuxrati va istiqboli, el-yurt farovonligi, oila baxti va Vatan ravnaqi uchun kurash baralla kuylangan. Qahramonlik dostonlarimiz asrlar mobaynida xalqimizga juda katta ruhiy va ma’naviy quvvat berib kelayotir. Shuning uchun ular ma’naviy qadriyatlarimizning alohida tarkibiy qismi sanalanadi.

Alpomish nomi aslida yosh avlod shuuriga onalarning allalari orqali juda yoshlikdan singib boradi. Shu bilan u ajdodlar yodi, faxru g`ururi vositasiga aylanadi. Bu doston turkiy xalqlar patriarxat hayotining o’ziga xos poetik ko’zgusidir. Bu doston bir qancha turkiy va ularga yaqin yashagan ayrim turkiy bo’lmagan xalqlar orasida juda keng tarqalgan. Uning o’zbek, qoraqalpoq, qozoq, oltoy versiyalari doston holida; tojik, tatar, boshqird, O’rta Osiyo arablari versiyalari ertak va rivoyatlar tarzida mashhurdir. O’rta asr o’g`iz eposining muhim yodgorligi «Kitobi Dada Qo’rqut» tarkibidagi «Bamsi Bayrak» asari o’zining syujeti va kompozistion qurilishi jihatidan «Alpomish» dostoniga juda ham yaqin turadi. «Alpomish» dostoni o’zbek xalqi orasida ikki versiya va ko’plab variantlarda juda keng tarqalgan.

  • Alpomish nomi aslida yosh avlod shuuriga onalarning allalari orqali juda yoshlikdan singib boradi. Shu bilan u ajdodlar yodi, faxru g`ururi vositasiga aylanadi. Bu doston turkiy xalqlar patriarxat hayotining o’ziga xos poetik ko’zgusidir. Bu doston bir qancha turkiy va ularga yaqin yashagan ayrim turkiy bo’lmagan xalqlar orasida juda keng tarqalgan. Uning o’zbek, qoraqalpoq, qozoq, oltoy versiyalari doston holida; tojik, tatar, boshqird, O’rta Osiyo arablari versiyalari ertak va rivoyatlar tarzida mashhurdir. O’rta asr o’g`iz eposining muhim yodgorligi «Kitobi Dada Qo’rqut» tarkibidagi «Bamsi Bayrak» asari o’zining syujeti va kompozistion qurilishi jihatidan «Alpomish» dostoniga juda ham yaqin turadi. «Alpomish» dostoni o’zbek xalqi orasida ikki versiya va ko’plab variantlarda juda keng tarqalgan.

Fozil Yo’ldosh o’g`li «Alpomish» dostonini butun umr bo’yi kuylab kelgan. Atoqli shoir Hamid Olimjonning obrazli iborasi bilan aytganda, bu doston uning shoirlik beshigi bo’lgan. Binobarin, “Alpomish” dostonida ham buning yorqin guvohini ko’rish mumkin. Rus folklorshunosi B.Putilov “Epos va marosim” masalasiga alohida e’tibor qaratar ekan, ularning birbiriga bog`liqligini alohida ta’kidlaydi.Darhaqiqat, dostonlar syujetiga nazar tashlansa, B.Putilovning haq ekani ko’rinadi. Bunda garchi olim o’z ilmiy xulosasini, asosan, rus eposchiligi nuqtai nazaridan ilgari surgan bo’lsa-da, uning bu fikrini hatto o’zbek dostonchiligi ham tasdiqlay oladi. Chunki qaysi bir o’zbek xalq dostoniga e’tibor qaratmaylik, unda, albatta, biror-bir oilaviy-maishiy marosim badiiy ifoda etilganligining, ya’ni tasvirlanganligining guvohi bo’lish mumkin

Yüklə 10,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin