Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari



Yüklə 23,59 Kb.
tarix17.06.2023
ölçüsü23,59 Kb.
#131880
Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari


Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari

  1. Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va in-sonparvarlik masalalari. 

  2. Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi. 

  3. Navoiyning oqituvchi (mudarris) to’grisidagi fikrlari. 

Alisher Navoiy xalqimizning ongi va taffakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha’n -u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda tirkiy va forsiy tilde so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. “Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”, I.Karimov.


Sharq xalqlarining adabiyoti qanchalik chuqur o‘rganilsa, bu xalqlar orasidagi adabiy aloqalar ham shunchalik ravshanroq ko‘rina boradi. Adabiy aloqalarning o‘rganilishi esa dohiy san’atkorlarning, adabiy maktab vakillarining ijodiy qudratini , ta’sir doirasini aniqlash uchun to‘laroq tasavvur beradi. Bu jihatdan Navoiy merosini o‘rganish alohida ahamiyatga egadir.
Navoiy merosini o‘rganish yolg‘iz o‘zbek olimlarininggina vazifasi emas. Navoiy buyuk bir adabiy maktab boshlig‘i sifatida dohiy Nizomiy kabi bir qancha xalqlarning adabiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatganligidan uning ijodini o‘rganish ham keng bir sohani tashkil etadi. Dunyo sharqshunoslari Navoiy merosini o‘zbek xalqining adabiyotini o‘rganish maqsadida tekshirsalar, sharq xalqlari tadqiqotchilari butun hayotini xalq baxt-saodatiga bag‘ishlagan bu ulug‘ san’atkorning hayoti va ijodini o‘z madaniyatlarini o‘z adabiyotlari tarixini chuqur o‘rganish, o‘zaro mushtaraklik tomonlarini aniqlash maqsadida o‘rganishgan. Chunki Navoiy tojik, eron, hind madaniyatida buyuk bir madaniyat homiysi sifatida mashhur bo‘lsa, ozarbayjon, turkman, qozoq, tatar, turk, qoraqalpoq xalqlari adabiyotida esa o‘zining kuchli ta’siririni ko‘rsatgan1.
Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakilidir .Chunki hech kim bu til va adabiyotning ravnaqi uchun uningdek xizmat qila olgan emas. Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho‘qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilde bunchalik ko‘p va xo‘p (Bobur) yozmagan edi. Navoiy barcha xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u o‘zini “Xito(y)dan to Xuroson” gacha yoyilgan turkiy qavmlarning o‘z shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog‘i ostida birlashtirdi, “yakqalam” qildi.Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga buyuk ta’sir ko‘rsatdi.
Navoiy asarlarining umuminsoniy g‘oyasi - insonparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik, do‘stlik, tinchlik, mehr va sadoqat, pok sevgi va vafo, ma’rifatlilik kabi go‘zal tuyg‘ularning yuksak badiiy shaklda ifodalashi orqali o‘zbek adabiyoti shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqdi. Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bo’lsa ham, o’zining bu haqidagi fikrlarini turli ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiy o’zining umuminsoniy tarbiya to’g’risidagi fikrlarini badiiy asarlarida barkamol inson obrazini yaratish yo’li bilan bayon etdi.
Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g’oyalari bosh o’rinda turadi. Alisher Navoiyning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiy o’z davridagi barcha sof vijdonli insonlarning manfaatini himoya qildi. U inson uchun zarur bo’lgan umuminsoniy axloq qoidalarini o’rgandi, asar qahramonlari obrazida o’z qarashlarini aks ettirdi. Alisher Navoiy odamlarni axloqli va odobli bo’lishga da’vat etadi hamda axloqni bunday ta’riflaydi: “ Ahloq shaxsning og’ir baqolig’ libosidir va libos jismning sangin debosi. Shuning bilan birga odamni bezaydigan ham axloqdir”.
Alisher Navoiyning fikricha, inson uchun toj, davlat va boshqalar emas, balki eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir. Alisher Navoiy xalqqa ish bilan ham, so’z bilan ham foyda keltirish kerakligini aytadi. U xalq manfaati uchun ishlaydigan, xalqning baxt-saodati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy odam deb biladi:
Odami ersang demagil odami,
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
Xalqqa yordam berishni istamaydigan, xudbin, qora ko’ngil odamlarni Alisher Navoiy eng yomon odam, xalqqa zarar yetkazadi deb ta’riflaydi.
El qochsa birovdin el yomoni bil oni,
Ahvolida idbor nishoni bil oni.
Fe’l ichra ulus bolam joni bil oni,
Olam elining yomoni yomon bil oni.
Insonlar bir-birlari bilan do’st-inoq va hamjihat bo’lib yashamas ekanlar, o’z orzu-niyatlariga yeta olmaydilar, yakkalik, yolg’izlik bilan hech qanday ish qilib bo’lmaydi, shuning uchun ham u hamma insonlarni do’st bo’lib yashashga chorlaydi. Alisher Navoiy do’stlikni ulug’laydi, shu bilan birga soxta, g’araz bilan do’st bo’luvchi kishilarni qoralaydi.
Navoiy ilm-ma’rifatni qadrlagan va unga homiylik qilgan. Shoir insonning ma’naviy kamolotini, avvalo, uning ilm va donish sohibi bo‘la olganligida deb biladi. Ilm o‘zidan o‘zi bo‘lmaydi, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ilmga ega bo‘la oladi, deb hisoblaydi.Alisher Navoiy hikmatlarida olam- olam ma’no mujassamdir. Uning hikmatlarida ilm-ma’rifat, mehr- oqibat, insoniylik kabi masalalar markaziy o‘rinni egallaydi.
Birovkim qilsa olimlarga ta’zim,
Qilur go‘yoki payg‘ambarga ta’zim.
Shoir olim ahlini qadrlaydi, ulug‘laydi.Olimlarga ta’zim qilish- payg‘ambarga ta’zim qilsh bilan barobar ekanligini ta’kidlaydi. Jumladan:
Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,
Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
Navoiy kishi bilimga ega bo‘lishi uchun oz-ozdan o‘rganib borishi lozimligini, bilimlari yig‘ilib ma’lum ko‘nikmaga ega bo‘lishi mumkinligini yozadi va buni tomchi-tomchi sivlar yig‘ilib daryoga aylanishiga o‘xshatadi.
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado aning haqin yuz ganj ila.
Ushbu jumlalarda birinchi ustoz haqida gap boradi. Ilk ustoz tolibiga savod chiqarishida ko‘maklashadi, bu bilan uning hayot yo‘lini- to‘g‘ri yo‘lni belgilab beradi.Ustozning bu xizmatini yuzlab xazinalar bilan ham to‘lay olmaslikni Navoiy shu ikki misrada bayon qiladi.
Alisher Navoiy insonga birinchi navbatda hayotdagi amoliga qarab baho beradi. Odamiylikning mezoni bu -porsolik (taqvodorlik), pokdomonlik va haqparastlikdir. Uyg‘oq qalb sohibi nazdida har qanday holatda ham to‘g‘ri so‘zni ayta olgan, haqiqat tarafida turib harakat qilgan kishigina inson nomiga munosib. Aksincha, sharoitga qarab o‘zgaraverish, o‘z shaxsiyatini asrab, haq gapni aytishdan qo‘rqish -bu imonsizlik belgisi. Yaxshilikka davogarlik qilgan holda yomonlar hayliga ham sherik bo‘lib ketaverish -bu munofiqlik namunasidir.
Aytish lozimki, Navoiy insonga tanbeh berar ekan, avvalo o‘z hayotiy kuzatishlariga asoslanadi. Pok e’tiqodi, ijtimoiy qarashlari taqozosiga ko‘ra mulohaza yuritadi. Ulug‘ inson tafakkurining hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan xulosaviy fikr -mulohazalari xalqning “Yaxshiga yondosh, yomondan qoch”, “yaxshi bilan yurding yetding murotga, yomon bila yurding, -qolding uyatga”, “Yaxshi odam yo‘ldoshidan bilinar”, “Do‘sting kimligini aytsang, sening kimligingni aytaman” kabi maqollar bilan butunlay mushtarakdir.
Uyg‘oq qalb sohibi nazdida yaxshi inson yoki yaxshilik tushunchasining ma’nosi nihoyatda keng bo‘lib, unda imon va etiqod, odat va hayo kabi inson zotini bezaydigan go‘zal fazilatlar jamuljam bo‘lgan. Odamiylikning mezoni bu faqat o‘zi uchun emas, balki, o‘zgalar manfaati , xalq g‘am- tashvishi bilan yashashdir. Binobarin, axloq targ‘ibotchisining navbatdagi tanbehi ham yaxshilik xususida:
“Baxlning andoqki, butun topqoni zaxira bo‘lg‘ay, tong va qabri ham bu kungi maoshi uyidek tiyra bo‘lg‘ay.Zuhdu taqvo barcha vaqtda dilpisanddur, ulug‘lar nazarida arjumandroq . Yaxshiliq va yomonliqni kim qildikim, jazo ko‘rmadi. Saloh va fasod tuxmin kim ekdikim, o‘rmadi”.
Shoir insonga xos qusurlar va hislatlar haqidagi fikrini quyidagi bayt bilan yanada oydinlashtiradi va qissadan hissa chiqaradi:
Yaxshiliq tuxmin sochg‘ilkim budur dehqong‘a so‘z,
Har nekim ekding bugun borin hamon tut oning ko‘z.
Alisher Navoiy ilm o'rganishga intilishni inson kamolotini ta'minlash uchun xizmat qiluvchi eng zarur fazilatlardan biri deb biladi. Ilmni insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqazuvchi omil sifatida ta'riflaydi. Asarlari mazmunida ilgari surilgan g'oyalar yordamida kishilarni ilmli va ma'rifatli bo'lishga undaydi. Mutafakkir ilm o'rganishni har bir kishining insoniy burchi deya e'tirof etadi. Zero, ilm o'rganishdan maqsad ham xalqning farovon, baxtli-saodatli hayot kechirishini, mamlakatning obod bo'lishini ta'minlashga hissa qo'shishdir, deya ta'kidlaydi. Bilimli va dono kishilar hamisha o'z xalqining manfaati hamda mamlakatining ravnaqi yo'lida faoliyat olib borishlariga ishonadi.
Mazkur o'rinda Mirzo Ulug'bekni ana shunday xislatga ega bo'lgan kishilardan biri bo'lganligiga urg'u beradi hamda uning nomi tarix sahifalarida abadiy saqlanib qoladi, deb hisoblaydi. Alisher Navoiy orzu qilgan komil inson faqat ilmli bo'lish bilan qanoatlanib qolmaydi. Uni yetuk inson sifatida ta’riflash uchun unda, yana shuningdek, sabr-qanoat, saxiylik, himmat, to'grilik, rostgo'ylik, tavoze, adab, vafo va hokazo sifatlarning ham mavjud bo’lishi taqozo etiladi.
Mutafakkir axloqlilikning eng muhim mezoni odob deb hisoblaydi. Odobli, axloqli bo'lish insonga atrofdagi kishilar o'rtasida muayyan mavqe hamda hurmatga sazovor bo'lishga yordam beradi. Odobga ega bo'lishning inson hayotidagi rolini ko'rsatib berar ekan, Alisher Navoiy shunday fikrlarni ifoda etadi: “Adab kichik yoshdagilarni ulug'lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umrbod bahramand bo'ladi. Adab, kichkinalar mehrini ulug'lar ko'ngliga soladi va u muhabbat ko'ngilda abadiy qoladi”.
Alisher Navoiyning asarlaridagi Farhod, Shirin, Layli, Dilorom, Qays, Shopur kabi ijobiy qahramonlar umuminsoniy tarbiya asosida tarbiyalanganlar, kamtarin, odobli, or-nomusli insonlardir. Bu qahramonlar orqali yoshlarni ulardan ibrat olishga chorlaydi.
Alisher Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina hisoblanadi. U o’z asarlarida har bir so’zdan unumli va o’rinli foydalana olgan. Har bir hikmati biz uchun ibratlidir. Alisher Navoiyning hayoti va merosi yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashda bizga har tomonlama namuna bo’ladi. Ulug’ shoir o’zining ta’lim-tarbiyaga oid fikr-mulohazalari bilan barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa qo’shdi, umuminsoniy fazilatlar to’g’risidagi fikrlari hozirgi davrimiz uchun ham muhimdir. Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bo`lsa ham, o`zining bu haqidagi fikrlarini deyarli barcha ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’limtarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g`oyalari bosh o`rinda turadi. Uning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina hisoblanadi. U o`z asarlarida har bir so`zdan unumli va o`rinli foydalana olgan. Har bir hikmati biz uchun ibratlidir. Alisher Navoiyning hayoti va merosi yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashda bizga har tomonlama namuna bo`ladi. Ulug` shoir o`zining ta’lim-tarbiyaga oid fikr-mulohazalari bilan barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa qo`shdi, umuminsoniy fazilatlar to`g`risidagi fikrlari hozirgi davrimiz uchun ham muhimdir. Har bir o`qituvchi- pedagog faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta’lim-tarbiyasining yanada samarali bo`lishi uchun o`z ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini o`stirishi, o`quvchilar bilan bo`ladigan munosabatlarni puxta o`ylab, ularning ko`ngliga ozor yetkazmasdan ish olib borishi lozim. Muomala madaniyati, o`zini tuta bilishini nazorat qilishi kerak. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi uning muomalasida namoyon bo`ladi. Muomalaning asosiy vositasi – tildir. Xalqimizda shunday naql bor “Bola – shirin so`zning gadosi”. Shunday ekan, tarbiyachi muomala jarayonida juda ehtiyotkor bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi: “Shirin so`z ko`ngillar uchun bamisoli asaldir”. Shuning uchun ham o`qituvchi har on nutq madaniyatiga qattiq e’tibor berishi, o`zining psixologik, estetik, jismoniy, axloqiy jihatlarini namuna holatda namoyon etishi muhim. O`qituvchi o`zining pedagogik faoliyatida to`g`riso`z bo`lishi, ishlarni adolat bilan olib borishi kerak. Bu xislat tarbiyachi bilan o`quvchi o`rtasida yaqinlikni oshiradi, chunki adolat insonlar xulqini baholovchi muhim mezondir.Hazrat Alisher Navoiy aytganidek: “Loaqal bir harf o`rgatgan ustozning haqqini yuz ming ganj-u xazina bilan ham uzib bo`lmaydi”. Biz ulardan umrbod qarzdormiz.Alisher Navoiy yoshlarga chuqur bilim berish uchun muallimlar, mudarrislar va ustoz-murabbiylarning o`zlari ham bilimli va tarbiyali bo`lishi zarurligini uqtiradi. U nodon mutassib johil domlalarni tanqid etadi va o`qituvchi ma’lumotli, o`qitish yo`llarini biladigan muallim bo`lishi zarur, deydi. Masalan, “Mahbub ul-qulub” asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar ekan, ularni o`ta qattiqqo`l, jo-hil va ta’magirliklarini qoralaydi. Darhaqiqat, johil muallimlar gunohsiz yosh bolalarga jafo qiluvchidir. U yosh bolalarni azoblashga, kaltaklashga o`rgangan, g`azabli, qoshi chimirilgan,gunohsizlar bilan achchiqlanishga odatlangan. Ularning ko`pchiligida ko`ngil qattiqligi va ta’b xastaligi oshkor. Buning ustiga ular aql kamligiga ham giriftor. Ular qiynash yo`li bilan bolalar ko`nglini o`zlariga rom qilmoqchi va kichkintoylarning beqaror tabiatini do`q-po`pisa bilan tartibga solmoqchi bo`ladilar. Ulardagi ko`rinib turgan qo`pollik, yosh bolalardagi kelishmagan xattiharakatni silliqlashga yirik egovdir. Ular ishi odam qo`lidan kelmas, odam emas, balki dev qila olmas.Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qiladi. Lekin ustoz bolaga ilm va odob o`rgatadi. Darhaqiqat, mu-allim bu kabi hollarda yuzlab mashaqqat chekadi. Shu jihatdan olganda bolalarda uning haqi ko`p, agar shogird ulg`aygach podshohlik martabasiga erishsa ham o`z muallimiga qulluq qilsa arziydi. Ayni o`rinda o`qituvchi mehnatining mashaqqatli ekanligini ta’kidlab o`tadi: “Uning ishi odam qo`lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to`da bolaga ilm va adab o`rgatadi, ko`rkim bunga nima yetsin. Shunisi ham borki, u to`dada fahm-farosati ozlar bo`ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo`ladi. Har qanday bo`lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko`pdir. Alisher Navoiy inson tafakkuri, aqli, bilimini va ilmiy bilimlarini yuksak qadrlagan. U “Bilimva donishmandlik insonning bezagidir”, deb yozadi. Alisher Navoiy farzand tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, tarbiyalanuvchini “hayot chirog‘i” deb ta’riflaydi. Farzand oilaga baxt va saodat keltiruvchi ziyodir. Uning fikricha, shaxsga kichik yoshligidanoq bilim, ma’lumot va tarbiya berishlikni ko‘rsatib, o‘g‘il-qizlarni 6 yoshdan tarbiyachiga, muallimga berish lozim, deb hisoblaydi. Shuningdek, Navoiy hayotda o‘zilmiga amal qilish, o‘rganganlarini hayotga tadbiq etish masalasiga alohida e’tibor beradi. Masalan, u “Mahbub ul-qulub” asarida ilm Bunday muallimlar shogirdlarni yonida yuzlari yorug‘ bo‘lib, doimo izzatda, hurmatda bo‘ladilar, deb ta’kidlaydi. Shunday qilib, biz Alisher Navoiyni pedagog-mudarris deb atashimiz mumkin. Chunki ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berib, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko‘rsatib o‘tadi. U ta’limda ilmiylik, asoslanganlik, tarixiylik kabi talablarni asos qilib olgan buyuk pedagogdir.Chunki boqiy hayotga intilgan Navoiy fikricha, dono inson o`zining kuchquvvatiga aql-u zakovatiga ishonadi. Shuning uchun Navoiy ilm-fanning ahamiyatini yoritib berar ekan, ilmni qorong`ulikni yoritadigan chiroq, hayot yo`lini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning haqiqiy qiyofasini ko`rsa-tadigan olim sifatida ta’riflaydi. Bu fikrni “Nazm ul-javohir” asarida: Kim olim esa nuqtada barhak de oni, Gap bazm tuzar bihishti mutlah de oni, Har kimsaki yo`q ilmga anga ahmoq de oni, Majlisdaki ilm bo`lsa uchmas de oni. Yoki ilmli, aqlli odam o`z maqsadiga erishish uchun har qanday qiyinchilikka ham chidaydi, kim ilmni o`ziga tayanch qilib olsa, u hech qachon qoqilmaydi, xor bo`lmaydi va ilmning vazifasi inson baxt-saodatiga xizmat qilishdir, deb ta’kidlaydi.Demak, Alisher Navoiy o`zining badiiy asarlari bilan bir qatorda ta’limiy–axloqiy asarlarida o`zi orzu etgan komil insonga xos axloqiy fazilatlari deb qanoat, adolat, saxovat, himmat, muruvvat, vafo, to`g`rilik, rostgo`ylik va boshqalarni tushungan, ana shu xislatlar tarkib topgan insonga yomonlik razillik bo`lmasligi, bunday inson yashagan jamiyat ham ravnaq topishi, barcha xalq baxt-saodatga erishish mumkin, deb hisoblagan.Alisher Navoiy odamlarni axloqli va odobli bo`lishga da`vat etadi hamda hamda axloqni bunday ta`riflaydi . “Ahloq shaxsning og`ir baqolig` libosidir va libos jismning sangin debosi . Shuning bilan birga odamni bezaydigan ham axloqdir ” Alisher Navoiyhikmatlaridan olam –olam ma`no mujassamdir . Uning hikmatlarida ilm – ma`rifat , mehr – oqibat , insoniylik kabi masalalar markaziy o`rinni egallaydi . Birov kim qilsa olimlarga ta`zim , Qilur go`yoki payg`ambarga ta`zim . Shoir olim ahlini qadrlaydi , ulug`laydi . Olimlarga ta`zim qilish – payg`ambarga ta`zim qilish bilan barobar ekanligini ta`kidlaydi . sochib hosildan bahra olmaganga o‘xshaydi, deydi. Ilm o‘qib qilmagan amal maqbul, Dona sochib ko‘tarmadi mahsul. Olim bilim olishda barcha fanlarni o‘rganishni targ‘ib etadi. Bunda u olim-u fozillarni yig‘ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi.Alisher Navoiyning fikricha, bilimlarni tinmay uzluksiz o‘rganish zarur, bunda har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tish muhimligini, qunt bilan ishlash, tirishqoqlik bilan harakat qilish, izchillik bilan kurash, uni oxirigacha yetkazish, chidam va sabot bilan o‘rganishni ta’kidlaydi. Demak, buyuk alloma ilm olish tamoyillarini o‘z davrida to‘g‘ri ifodalab, hatto ta’lim tizimini belgilab beradi: ya’ni Alisher Navoiy ta’lim tizimini o‘z davrida o‘quv muassasasi, madrasalarda o‘qish, olim, hunarmand, san’atkorlarga shogird tushib yoki mustaqil holda ilm olish imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etadi. Alloma yoshlarga chuqur bilim berishda muallimning, mudarrislar hamda ustoz murabbiylarning o‘zlari ham bilimli va tarbiyali bo‘lishi zarurligini uqtiradi.
Bunday muallimlar shogirdlarni yonida yuzlari yorug‘ bo‘lib, doimo izzatda, hurmatda bo‘ladilar, deb ta’kidlaydi. Shunday qilib, biz Alisher Navoiyni pedagog-mudarris deb atashimiz mumkin. Chunki ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berib, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko‘rsatib o‘tadi. U ta’limda ilmiylik, asoslanganlik, tarixiylik kabi talablarni asos qilib olgan buyuk pedagogdir.Chunki boqiy hayotga intilgan Navoiy fikricha, dono inson o`zining kuchquvvatiga aql-u zakovatiga ishonadi. Shuning uchun Navoiy ilm-fanning ahamiyatini yoritib berar ekan, ilmni qorong`ulikni yoritadigan chiroq, hayot yo`lini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning haqiqiy qiyofasini ko`rsa-tadigan olim sifatida ta’riflaydi. Bu fikrni “Nazm ul-javohir” asarida: Kim olim esa nuqtada barhak de oni, Gap bazm tuzar bihishti mutlah de oni, Har kimsaki yo`q ilmga anga ahmoq de oni, Majlisdaki ilm bo`lsa uchmas de oni. Yoki ilmli, aqlli odam o`z maqsadiga erishish uchun har qanday qiyinchilikka ham chidaydi, kim ilmni o`ziga tayanch qilib olsa, u hech qachon qoqilmaydi, xor bo`lmaydi va ilmning vazifasi inson baxt-saodatiga xizmat qilishdir, deb ta’kidlaydi.Demak, Alisher Navoiy o`zining badiiy asarlari bilan bir qatorda ta’limiy–axloqiy asarlarida o`zi orzu etgan komil insonga xos axloqiy fazilatlari deb qanoat, adolat, saxovat, himmat, muruvvat, vafo, to`g`rilik, rostgo`ylik va boshqalarni tushungan, ana shu xislatlar tarkib topgan insonga yomonlik razillik bo`lmasligi, bunday inson yashagan jamiyat ham ravnaq topishi, barcha xalq baxt-saodatga erishish mumkin, deb hisoblagan.Alisher Navoiy odamlarni axloqli va odobli bo`lishga da`vat etadi hamda hamda axloqni bunday ta`riflaydi . “Ahloq shaxsning og`ir baqolig` libosidir va libos jismning sangin debosi . Shuning bilan birga odamni bezaydigan ham axloqdir ” Alisher Navoiyhikmatlaridan olam –olam ma`no mujassamdir . Uning hikmatlarida ilm – ma`rifat , mehr – oqibat , insoniylik kabi masalalar markaziy o`rinni egallaydi . Birov kim qilsa olimlarga ta`zim , Qilur go`yoki payg`ambarga ta`zim . Shoir olim ahlini qadrlaydi , ulug`laydi . Olimlarga ta`zim qilish – payg`ambarga ta`zim qilish bilan barobar ekanligini ta`kidlaydi .

Adabiyotlar ro`yxati


Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat –yengilmas kuch . T Ma`naviyat ,2008 y Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to`plami.Yigirma jildlik. 16-jild. T.: “Fan”, 2000. B. 26. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to`plami.Yigirma jildlik.14-jild.Т.: “Fan”, 1998. – B. 83. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub.Asarlar. O`n besh jildlik. 13-jild.– T.: “Badiiy adabiyot” nashriyoti, 1966. – B. 189-190 Rahmatova, F. (2020). THE WAYS OF UTILIZING PROBLEMATIC STUDY IN ENHANCING THE MATHEMATICAL MINDOF THE UPCOMING PRIMARY EDUCATION TEACHERS. Архив Научных Публикаций JSPI. Rahmatova, F. (2021). Бўлажак бошланғич синф ўқитувчиларининг математик тафаккурини ривожлантиришда интерфаол таълим методларидан фойдаланиш. Журнал инновации в начальном образовании, 2(3). Rahmatova, F. (2020). METIIODS OF INNOVATION TECHNOLOGIES IN PRIMARY EDUCATION. Архив Научных Публикаций JSPI. Rahmatova, F. (2020). Main Features of Mathematical Subjects at Primary Schools. Архив Научных Публикаций JSPI. Rahmatova, F. (2020). FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS IMPROVING MATHEMATICAL THINKING. Архив Научных Публикаций JSPI. Rahmatova, F. (2020). ТАЛАБАЛАРНИНГ МАТЕМАТИК ТАФАККУРИНИ ЮКСАЛТИРИШДА АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ИМКОНИЯТЛАРИ. Архив Научных Публикаций JSPI.
Yüklə 23,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin