Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Bahrlar va ulardan hosil bo‘luvchi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Bahrlar va ulardan hosil bo‘luvchi 

vaznlar qiyosi

1

Aruz tizimida ruknlar birlashib, bahrlarni hosil qiladi. «Bahr» 

so‘zi arab tilida «dengiz» degan ma’noni bildiradi. Manbalarda 

bahrning dengiz bilan aloqadorligi xususida deyarli ma’lumot 

keltirilmagan,  faqat  Sayfiy  ushbu  so‘zni  istiloh  bilan  bog‘liq 

holda quyidagicha talqin qiladi: «Bahr «dengiz» degan ma’no­

ni bildiradi; ammo forsiy tildagi atamalarda u she’riyatdagi bir 

qancha turlarni ichiga olgan vaznli o‘lchovlarning to‘plam yoki 

sinflarining biri ma’nosini anglatadi. U dengizga solishtiriladi, 

chunki  dengiz  narsalarning  turlarini,  marjonlar,  o‘simliklar, 

hayvonlar va boshqalarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, she’rlar 

ham  izohlanayotganidek,  turli  bahrlarda  yaratilgan  bo‘ladi. 

Ba’zilar bundagi o‘xshashlikni joylashuvda deb aytadilar, kishi 

suv tubiga yiqilganda gangiydi va chalkashadi, she’riyat den­

giziga yiqilganda ham vaznlarning ko‘plab o‘zgargan shaklla-

riga duch keladi»

2

. Ko‘rinadiki, Sayfiy «bahr» so‘zining lug‘aviy 



va  istilohiy  ma’nolari  orasidagi  bog‘liqlikka  e’tibor  qaratar 

ekan,  aruz  tizimidagi  hech  bir  atama  tasodifiy  bo‘lmasdan, 

muayyan asosga ega ekanligini ta’kidlamoqchi bo‘ladi.

«Navoiy ham, Bobur ham o‘z risolalarida zihof va rukndan 

keyin  turuvchi  asosiy  masala  vazn  emas,  balki  bahr  ekanini 

alohida ta’kidlab o‘tganlar. Bu holat o‘zbek aruzshunosligiga 

arab va fors aruzshunosligidan an’ana sifatida o‘tgan»

3

. Dar­



haqiqat,  temuriylar  davrigacha  yaratilgan  barcha  risolalar, 

jumladan bu davr aruzshunosligi uchun asos bo‘lgan nazariy 

manbalarda ham asliy ruknlar va zihoflar masalasidan so‘ng 

bahrlar tavsifiga o‘tilgan.

Юсупова Д. Темурийлар давридаги арузга доир рисолаларнинг қиёсий таҳлили. 



Монография. – Тошкент: Ta’lim-media, 2019.

Сайфий. Арузи Сайфий / Нашрга тайёрловчи Ҳ.Блошман. – Калькутта, 1872. – С.15.



Тўйчиев У. Ўзбек поэзиясида аруз системаси. – Тошкент: Фан, 1985. – Б.74.



Ramal (ar.»bo‘yra to‘qish»; «tuyaning lo‘killashi») – turkiy 

va  forsiy  she’riyatda  keng  qo‘llanilgan  aruz  bahrlaridan  biri. 

Undagi  vatadi majmu’lar  (V–)  va  sababi  xafif’lar  bir-birining 

orasida joylashgani va bu xuddi bo‘yrani arqon bilan to‘qish­

ni eslatgani uchun shunday atalgan. Ba’zi aruzshunoslarning 

fikriga  ko‘ra,  bu  so‘z  tuyaning  lo‘killab  chopishini  anglatu­

vchi ramalon kalimasidan olingan, chunki uni o‘qishdan kelib 

chiqa digan ohang tuyaning lo‘killashini eslatadi

1

. Shuningdek, 



ba’zi  rivoyatlarda  aytilishicha,  ramal  qo‘shiq  nomlaridan  biri 

bo‘lib, u mazkur vaznda yozilgani uchun shu nom bilan atal­

gan. Ramal bahri foilotun (– V – – ) asliy ruknining baytdagi tak­

roriga asoslanadi. Asosan musamman va musaddas, ba’zan mu-



rabba’ ruknli vaznlarni o‘z ichiga oladi. «Funun ul-balog‘a»da 

Ramal bahrining 8 ta musamman ruknli, 3 ta musaddas ruknli

bitta murabba’ ruknli va bitta mutatavval (jami 13 ta) vaznlari 

keltirilgan.  E’tibor  qaratilsa,  Ramal  bahri  asarda  hazaj  bahri 

singari  batafsil  emasligini  sezish  mumkin.  Buni  olim  quyi-

da gicha izohlaydi: «Bilgilkim, biz yuqori aytib erdukkim, uch 

bahrni sharh etoli deb. Emdi bu bahr (Ramal bahrining – D.Yu.)

ning muzohifotining tarkibin va tartibin hazaj bahrindin qiyos 

qilsoq, ma’lum bo‘lurkim, har bahrg‘a ne miqdor shu’ba lozim 

bo‘lur. Agar barchasin bitir bo‘lsoq, bu kitob aning ehtimolin 

qila olmas...»

2

. Shu tariqa muallif endi Ramal bahrining faqat 



«matbui mashhur va mu’tabar» vaznlariga to‘xtalib o‘tadi.

Alisher Navoiy «Mezon ul-avzon»da ushbu bahrning yetti­

ta musamman ruknli vaznlarini, to‘rtta musaddas ruknli vazn­

larini va ikkita murabba’ va bitta mutatavval ruknli (jami 14 

Шамс Қайс Розий. Ал-мўъжам / Муаллифи сарсухану тавзеҳот ва ҳозиркунандаи чоп У. 



Тоиров. – Душанбе: Адиб, 1991. – С.65; Сайфий. Арузи Сайфий / Нашрга тайёрловчи Ҳ.Блош-

ман. – Калькутта, 1872. – С.47 (форс тилида); Муҳаммад Ғиёсуддин. Меърож ул-аруз. 

Шайх Аҳмад ибн Худойдод Тарозий. Фунун ул-балоға (Бодлиан кутубхонасида 



сақланувчи Eliott №-127 рақамли қўлёзма). – Б.115а.


86

87

ta) vaznlarini sanab o‘tadi. Bobur o‘z risolasida Ramal bahri­



ga mansub 59 ta vaznni keltirib, ulardan 38 tasi musamman, 

13 tasi musaddas, 6 tasi murabba’ va 2 ta mutatavval ruknli 

ekanini  ta’kidlaydi.  Ushbu  vaznlardan  31  tasi  musta’mal,  28 

tasi  muxtara’,  12  tasi  musta’mali  matbu’  vaznlardir

1

.  Abdu­


rahmon  Jomiyning  «Risolai  aruz»  asarida  Ramal  bahrining 

jami 14 vazni keltirilgan bo‘lib, shulardan 7 tasi musamman, 

5 tasi musaddas va 2 tasi murabba’ vaznlardir. Mazkur bahr 

vaznlarini keltirish jihatidan Navoiy va Jomiy risolasida o‘zaro 

yaqinlik bor. Atoulloh Husayniy Ramal bahri aslida arablarda 

musaddas  shaklda  bo‘lishini,  juzvlari  olti  marta  foilotundan 

iborat  ekanini,  forsiy  she’riyatda  esa  musamman  shaklida 

qo‘llanilishini  aytish  bilan  cheklanadi,  unda  bahrdan  hosil 

bo‘ladigan vaznlar keltirilmagan. «Aruzi Sayfiy»da esa ushbu 

bahrning 19 vazni keltirilgan, ularning 12 tasi musamman, 7 

tasi musaddas ruknli vaznlardir. Ramal bahrining risolalardagi 

o‘rni va vaznlar miqdorini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin: 




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin