Oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik
shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Bakalavriat dasturi tugallangandan so‘ng bitiruvchilarga davlat
attestasiyasi yakunlariga
binoan kasb bo‘yicha ―bakalavr‖ darajasi beriladi va davlat
tomonidan tasdiqlangan
namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Magistr darajasini beradigan davlat malaka attestasiyasi magistrlik dasturining
intihosidir.
Oliy ta‘limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: bakalavr va
magistr darajasi uchun davlat ta‘lim
standartlarini ishlab chiqish;
professor-o‘qituvchi kadrlar tayyorlashni chet ellardagi yetakchi o‘quv yurtlarida tashkil
etish;
oliy ta‘limda tarkibiy o‘zgarishlar o‘tkazish;
oliy ta‘lim boshqaruvini takomillashtirish, mustaqilligini kuchaytirish, jamoat nazorat
kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini
tashkil etish;
ta‘limning fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasini ta‘minlash
va joriy etish;
o‘qishni individuallashtirish va distansion ta‘lim texnologiyasi
vositalarini ishlab chiqish;
xalqning boy ma‘naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida
ta‘limning insonparvarlik yo‘nalishini ta‘minlash va hokazo.
Dostları ilə paylaş: